Asosiy mavzular
1 yanvar 2024

2023 yil Eltuz videolarining top o‘ntaligi

Eltuzning Yutubdagi kanali orqali o‘tgan yil davomida eng ko‘p tomoshabinlar e'tiborini tortgan videolar o‘ntaligini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, ular Yutub statistikasi yordamida tanlandi va u erdagi ustivor mavzu jinoyat olamiga ekani oydin bo‘ldi. Xolbuki Eltuzning o‘tgan yilgi so‘rovlarida Eltuz muxlislari ko‘proq davlat siyosati, madaniyat va san'atga oid ko‘rsatuvlari tomosha qilish istagini bildirishgan edi.

Demak xalq sevgan bosh qahramon siyosiy muxolifat lideri, iqtidordagi prezident, yozuvchi, shoir, san'atkor yoki boshqa biror madaniyat arbobi emas. Shunchaki O‘zbekistonning o‘g‘riboshisi Baxtiy Tashkentskiydir. Chunki aynan u haqda tayyorlangan xabarlar Eltuz videolari o‘ntaligini egalladi.

Biz qanchalik istamaylik, na davlat siyosati va iqtisodi, na madaniyat, na diniy  yoki boshqa mavzularga oid ko‘rsatuvlar bu o‘ntalikka kirmadi.

Demak, ketdik. Eltuzda eng ko‘p ko‘rilgan  yilning to‘p o‘ntaligi:

Birinchi o‘rinni Toshkentda o‘g‘rilar sxodkasi o‘tganiga oid may oyidagi xabar egalladi. Eltuz tayyorlagan ushbu video 3 013 303 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rildi. Unga 31 ming layk, 2 739 izoh qoldirildi.

O‘tgan yilning 29 mayida Grand Mir mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston jinoyat olami vakillarining sxodkasiga oid xabarni birinchi bo‘lib Eltuz e'lon qilgan. Ayni videoda Toshkent smotryashiysi, Baxti Tashkentskiy laqabi bilan tanilgan «qonundagi o‘g‘ri» Baxtiyor Qudratullaev, o‘zidan ko‘chinskiy yasab olganlarni, jumladan Murod Bildingni ogohlantirgan.

“Man Bilding bilan shaxsan tanishmasman, nima deb interda mutit qilvotti?! Sakramay, jim yursin! Unga va boshqa chala sportsmenlar va boshqa sistema ko‘rgan biznesmenlarga aytib qo‘ylaring, mazasini qochiraman, shaxsan o‘zim so‘rab olaman” degan edi o‘shanda Baxti Tashkentskiy.

Bu topshiriqni bajarishni u Shukur Yangibazarskiy zimmasiga yuklagan.

40 yashar Murod Nazarov O‘zbekistondagi eng yirik qurilish shirkatlaridan biri – “Murad Building” asoschisi va rahbaridir. 

“Sxodka” soat ertalabki 2 dan 4 gacha davom etgan va unda O‘zbekistonning turli mintaqalaridan 100 ga yaqin “jinoyat olami” vakillari, Andijondan Husan “Epchil”, Marg‘ilondan Mansur Margilanskiy, Yangibozordan  Shukur Yangibazarskiylar qatnashgan, unga onlayn tarzda Turkiyadan Ravshan Zolotoy ham qo‘shilgan.

Bu haqdagi videoni Eltuz 30 may kuni yutubga joylagan edi.

To‘p o‘ntalikda ikkinchi o‘rinni Murod Xonto‘raevga suiqasd uyushtirganlarning IIBdagi krishalari ushlanganiga oid navbatdagi kriminal xabar egalladi.

Eltuz o‘tgan yilning uchinchi dekabrida e'lon qilgan ushbu video 2 002 903 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga 21 ming layk qoldirilgan.

Eltuz, 1 dekabr kuni DXX amaliyotida Toshkent shahar IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limining boshlig‘i va uning  uch nafar xodimi ushlangani haqida xabar bergan edi. Ularning mashhur bokschi Murod Xonto‘raev suiqasdiga aloqadorligi iddao qilinmoqda.  

Eltuz to‘p o‘ntaligi paradidagi uchinchi o‘rinni qonundagi o‘g‘ri Baxti Tashkentskiy «srok» olishi ehtimoli haqidagi dastlabki video egalladi.

Eltuz 3 dekabrda efira uzatgan ushbu video 1 767 152 tomoshabin tomonidan ko‘rildi. Unga 17 ming layk qoldirildi. Bu vaqtda hali jinoyat ishi haqidagi biror rasmiy hujjat e'lon qilinmagan edi.

Videoda 15 sutkaga hibsga olingan Baxtiyor Qudratillaev o‘zining srok olishini taxmin qilgan. «Bir ikki yil uyda bo‘laman. Zonalarni tartibga solishga to‘g‘ri kelayapti» degan edi. O‘g‘rilar tilida esa uy deganda qamoq tushiniladi.

Eltuz o‘ntaligidagi to‘rtinchi o‘rinni Moskvada ikkita odamning kallasini olganlikda ayblanib qamalgan 22 yashar  o‘zbek gastarbayteri haqidagi video egalladi. 18 plyus sirasiga kiruvchi bu videoda O‘zbekistondan Rossiyaga uchib kelgan Xasanboy Muhammadjonovning bir kunda ikkita odamning kallasini olish kabi jinoyatga qo‘l urgani haqida hikoya qilingan.

Eltuz o‘tgan yilning uchinchi dekabrida e'lon qilgan ushbu video 1 251 552 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga 10 ming layk qoldirilgan. Biroq 18 yoshga to‘lmagan va asabi bo‘sh shaxslarga bu videoni ko‘rishni tavsiya etmaymiz.

Eltuz o‘ntaligidagi beshinchi o‘rinni Toshkentdagi «razborka»da nomi tilga olingan senator Qudratilla Rafiqov shaxsiga oid video egalladi.

Videoda 5 noyabr kuni kriminal avtoritet G‘ofir Rahimov Toshkentdagi uyida Rossiya o‘g‘rilar olamining ikki choparini kutib olgani, ular kimsan qonundagi o‘g‘ri Shakro Molodoyning salomini olib kelgani haqida Eltuz insayderlaridan iqtibos keltirib hikoya qilingan edi.

O‘tgan yilning sakkizinchi noyabrida e'lon qilingan bu video 1 475 507 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga hozirga qadar 8 mingdan ziyod layk qoldirilgan.

Eltuz o‘ntaligidagi oltinchi o‘rinni Umraga borgan o‘zbek ayollarining o‘g‘irlangani va zo‘rlangani haqidagi video egalladi.

Video haj va umra ziyoratiga borgan kamida ikki o‘zbek kelinning o‘g‘irlab ketilgani va qizi xamroxligida borgan 40 yashar nogiron o‘zbek xotinning Saudiyada jinsiy zo‘rlab tashab ketilgani haqidagi guvohlar audiosiga asoslangan.

O‘tgan yilning ikkinchi mayida e'lon qilingan ushbu video 942 918 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga hozirga qadar 8 mingdan ziyod layk qoldirilgan.

Eltuz o‘ntaligidagi yettinchi o‘ringa Toshkentlik avtoritet Salimboyning Saidaziz Medgorodokni Toshkent smotryashiysi qilishga uringani haqidagi video chiqdi.

Eltuz o‘tgan yilning sakkizinchi fevralida e'lon qilgan ushbu video 937 093 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga hozirga qadar 7 mingdan ziyod layk qoldirilgan.

Sakkizinchi o‘rinni Salimboyning ushlangani va G‘opirboyning qidirilayotgani  haqidagi navbatdagi video egalladi.

Ikkinchi dekabrida ya'ni bundan ikki hafta burun e'lon qilingan ushbu video 902 396 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga hozirga qadar 13 mingdan ziyod layk qoldirilgan.

To‘qqizinchi o‘rinni prezidentning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniev o‘tkazgan 2023 yilgi paxta mavsumiga bag‘ishlangan yig‘ilish  haqidagi navbatdagi video egalladi.

Eltuz o‘tgan yilning o‘n sakkizinchi sentyabrida e'lon qilgan ushbu video 894 208 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga hozirga qadar 7 mingdan ziyod layk qoldirilgan. Unda asosan paxta terimiga yanada ko‘proq terimchi jalb qilish haqida gap boradi. Va bu video Eltuzning paxta terimi, davlat siyosati va iqtisodiyotiga oid o‘tgan yilgi videolari orasida o‘ntalikka ilingan yagona videodir.

Va nihoyat so‘nggi o‘ninchi o‘rinni tag‘in Baxti Tashkentskiy, Salimboy va ularni nima kutayotganiga oid tahliliy video egalladi.

Eltuz o‘tgan yilning to‘rtinchi dekabrida e'lon qilgan ushbu video 864 211 nafar tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Unga hozirga qadar 7 mingdan ziyod layk qoldirilgan. Videoda har ikkala ayblanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida gap boradi.

Shunday qilib, yil natijalariga ko‘ra, Baxti Tashkentskiy va Salimboylarni istaymizmi, istamaymizmi Eltuzning yutub kanalidagi yilning qahramonlari deya atash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tanlov 2023 yil holati bo‘yicha Eltuzning yutubdagi kanaliga qo‘yilgan ikki mingdan ziyod videolar asosida o‘tkazildi. Shu paytgacha kanalimizga 587 ming odam obuna bo‘lgan, tomoshabinlarning umumiy soni esa 58 399 440 ni tashkil etgan.

Videolarimizga layk bosishni, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.  

Tag‘in o‘qing
18 noyabr 2015
Obid qoriga suiqasd qilgan Jukovskiy buyruqni Toshkentdan olgani haqidagi ayblov xulosasini Shvetsiya prokuraturasi tergovchisi Krister Petersson 17 noyabr kuni ...
8 avgust 2021
rassom Kirpi
1 oktyabr 2016
O‘zbekistonning bir qancha viloyat va tumanlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda bu yil 18 yoshga yetmagan bolalar paxtaga chiqarilganini eltuz.com o‘z manbalari ...
15 may 2022
Tilshunos olim, akademik Alibek Rustamiy bilan tanishish menga 1997 yilda nasib etgan edi. O‘shanda Xo‘janddagi bojam, filolog domla Nasrullo ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...