Asosiy mavzular
9 yanvar 2024

Sud fermerlar kooperativini xonavayron qildi

Joriy yilning 4 yanvar kuni Nukus shahar xo‘jalik sudi “Oltin Tola Bo‘ston” paxtachilik kooperativ fermerlarning appelyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, kooperativ faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Kooperativ Ellikqal'a tumanida 2022 yil boshida paxta va tola ishlab chikarish uchun tashkil qilingan edi.

Bir oy avval Eltuz bu bema'ni ish haqida ma'lumot bergan edi.

Ishning qisqacha mazmuni shundan iborat. Tushunarsiz sabablarga ko‘ra, Ellikqal'a tumani hokimi va agroinspektsiya 40 dan ortiq fermerlarni birlashtirgan muvaffaqiyatli kooperativ faoliyatini to‘xtatishga bor kuchi bilan harakat qilmokda. 2022-yil davomida fermerlar o‘z mablag‘lari hisobidan paxta yetishtirgan va ularning na klasterdan, na davlatdan qarzdorligi yo‘q. Fermerlarning qo‘shtirnoq ichidagi birgina “aybi” o‘zlari yetishtirgan paxtani o‘z mablag‘lari hisobidan qayta ishlab, bozor narxida sotmoqchi bo‘lganligidadir. Axir buning nimasi yomon?!

Bozor iqtisodiyoti xaridorning erkin tanloviga asoslanadi. Agar siz tadbirkor bo‘lsangiz va biron bir mahsulot, masalan, sut yoki ip ishlab chiqarsangiz, mahsulotingiz uchun eng yaxshi to‘laydigan xaridorga o‘zingizga qulay narxda sotasiz.

Ammo, kariyb 30 yil davomida O‘zbekiston paxta sanoati bozor munosabatlariga o‘ta olgani yo‘q.

“Oltin Tola Bo‘ston” paxtachilik kooperativi faoliyatining tugatilishi rasmiy sabablariga qaytamiz. O‘tgan yilning sentyabr oyida Agroinspektsiya sudga bergan da'vo arizasida go‘yoki Prezidentning “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan paxta klasteri va paxta kooperativi bir hududda faoliyat yurita olmasligini anglatishini ta'kidlagani g‘alati.

Oddiy qilib aytganda, Agroinspektsiya har bir fermer paxta yetishtirgach, uni faqat tumandagi klasterga, h klaster belgilab bergan narxda sotishga majbur deb biladi. Ya'ni fermer, o‘zining mablag‘iga yetishtirgan paxtasiga xo‘jayin emas.

Ellikalladagi sud va Nukusdagi appelyatsiya sudi xam shuni ta'kidlab, kooperativ yopilsin deb qaror chiqardi.

“Oltin Tola Bo‘ston” kooperativi ta'sischilaridan biri Murodjon Rahimovning Eltuz muxbiriga aytishicha, sudning so‘nggi qaroriga aynan prezidentning so‘nggi farmoni asos qilib keltirilgan.

Prezidentning 4633-farmonida ham, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi qonunda ham kooperativlarning bir tumanda klasterlar bilan yonma-yon faoliyat yuritishi aniq taqiqlanmagan. Kooperatsiya to‘g‘risidagi qonunda esa “kooperativ, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta'qiqlanganlaridan tashqari, faoliyatning har qanday turi bilan shug‘ullanishga haqlidir”, deyilgan.

Shunisi e'tiborga loyiqki, kooperativni yopish to‘g‘risidagi qaror prezidentning yaqindagina, 2023 yil dekabr oyida e'lon qilingan navbatdagi farmonidan keyin qabul qilingan.  “Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yangi qaror paxtachilikda tub o‘zgarishlarga olib kelishi dargumon.

Huddi avvalgidek fermerlar o‘zlari uchun daromadli bo‘lmasa ham, paxta yetishtirishga majbur bo‘lib qolmoqda.

Muvaffaqiyatli kooperativni yopish to‘g‘risidagi qaror esa mutasaddilarning paxta sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishiga karshiligi, aksincha fermerlarni noqonuniy ravishda klaster tizimi changalida ushlab turish uchun bor kuchini sarflayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2016
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning janozaci uning mulozimlari va mehmonlari ishtirokida Camarqandning Registon maydonida o‘qildi. Janozadan so‘ng uning jasadi so‘nggi ...
8 oktyabr 2018
O‘zbekistonda plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatuvchi monopolist – UzCard 5 oktyabr kuni yana bir muddat ishlamay qoldi. So‘nggi vaqtlarda bunday ...
8 avgust 2020
Britaniyaning Hertfordshire Press nashriyoti keng o‘quvchilar e'tiboriga o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin ko‘zyoshlar” deb nomlangan she'riy to‘plamini taqdim etdi. ...
15 iyun 2020
Respublika maxsus komissiyasining hayratga soladigan so‘nggi qarori: «Agar xo‘jalik yurituvchi sub'ektning belgilangan sanitariya-gigiena talablariga rioya etmagani natijasida koronavirus aniqlansa, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...