UzPoster
12 yanvar 2024

Er o’risda – xotin «zapal»da!

Mana azizlar, yana sizlar bilan yuzma yuzman. Sizlarga yaxshi gap aytgim keladi. Ëmon gap aytib kimningdir ko‘ngliga ozor berganimdan ko‘ra, shirin shakar gaplar aytib, sizga yaxshi ko‘ringanim ma'qul. Lekin, yaxshidir achchiq haqiqat, shirin yolg‘onni netayin.

MS: Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Ëshi kichchi, yoshi ullig‘o solom. Shorlovuqdagi kadila nichikizla?

RT: Odam yaxshi gapni unutmaydi. Mana stolim ustida shayx Sirojiddin Matchoyining

 “Tiynatul Niso ” kitobi turibdi.

MS: O‘qing og‘o.

Bir xotin  eridan: «Negativ xarakterlarimni qog‘ozga  yozib bering, siz ishga ketgach o‘qiyman», – dedi.  Chunki xotin  o‘sha salbiy sifatlarni ijobiysiga o‘zgartirmoqchi edi. Eri esa qog‘ozga quyidagilarni yozdi: «Men xotinimni  qanday bo‘lsa, shundayligicha sevaman, uning biror negativ joyi yo‘q. Buning ustiga eng chiroyli xuriliqo». Ushbu satrlarni bitgach, qog‘ozni ikki buklab xotiniga uzatib ishga ketdi.

Kechqurun  er uyga kelsa, xotini  uni eshik oldida qo‘lida bir dasta atirgul bilan sevinchdan ko‘z yoshi to‘kkan holda kutib oldi. Chunki  xotin o‘zini shallaqi va hunuk deb o‘ylar, erining qog‘ozga bitgani xotin  uchun kutilmagan edi.

MS: Ovong og‘o. Ursang eti qotodi, so‘ksang beti. Ëxshi gap bilan ilon ininnan chiqadi, yomon gap bilam misilmon diyninnan chiqadi. Ëxshi gap durg‘ondo yomon gapni so‘llasak do‘g‘ri bo‘lmiydi og‘o.

Musappa osmon nyus

«Uch yil oldin juda dag‘al, bir ish qilib eding menga! Ko‘rsataman endi senga»

Ekvator chizig‘ida dam olayotgan pop yulduzi Munisa o‘zbek mullabachchasi Abrorga «chora ko‘raman» dedi.

+++

Oltiariq-Marg‘ilon temiryo‘lidan kesib o‘tish uchun izn kutib turgan Damasning orqasidan Cobalt kelib qarsillatib urdi. Damas avtomobili zarbidan poezd vagonlariga urilib ontarildi. Shopr shu xahoti o‘ldi.

Cobalt haydovchisi Damas haydovchisiga yordam bermasdan voqea joyida yashiringan.

MS: Tutdilomi qorsildop uchib gursildap singonni?

Hozirda Cobalt avtomobili haydovchisi ushlab qamoqqa olingan.

MS: O‘mri qomoqda churisin shu yetimni. Sichonni bolosi xolto do‘shadi.

Toshkent shahrida  yashovchi 20 yoshli qiz  o‘z uyida hammomda bo‘lgan vaqtida qaynoq suv solingan bak yorilib ketgan. Natijada, qiz qaynoq suvda kuyib o‘ldi.

+++

Namangandagi tungi klubda 21 yoshli yigit 27 yoshli tanishini urib o‘ldirib qo‘ydi.

MS: O‘lganlara deravarsin, qolg‘onlara o‘mr varsin. Og‘o quri o‘lgan qotqonni oytovarasiz. Ëxshi gapdanam so‘llang oxir

Dang‘aralik jurnalist hamkasbim Rahmatjon o‘z dalasida ishlaydigan xotinlarga bir mashinadan o‘tin sovg‘a qilibdi.

OShINLARIM

Mening oshinlarim qahraton qish kunlari yarim kechasi eshakaravaga minib, to‘qayga o‘tin o‘g‘irlikka borardi. Qishlog‘i to‘qayga yaqin bo‘lmasa ham, uzoq emasdi.

Oshinlarim – biri Gulyuz. Uchta farzandi bor. Bari maktabda o‘qirdi. Gulyuzning eri alkash edi. Mast holatda betonariqqa kallasi bilan yiqilib o‘lgan.

Oshinlarimning yana biri Gulbahor. Devday keladigan eri dangasa va nashavand edi. Xotini oshin ishlab topgan pulga aroq ichib, sigaret chekardi.

Oshinlarim – yana biri Baxtigul edi. Eri o‘risga ishga ketib bedarak ketgandi, na o‘ligi, na tirigidan xabar yo‘q edi.

Shu uchta oshinim qanaqib sovuq va qorong‘u kechada qalin kiyinib, bolta va arra olib to‘qayga o‘tin o‘g‘irlagani borishlarini gapirib berardi.

To‘qayning qorovuli bor, o‘tin o‘g‘irlasangiz jarimaga tortadi.

Mahalladan arzon yoki bepul ko‘mir tarqatmadimi?  deb so‘rasam:  Rais arzon ko‘mirni o‘zining qarindoshlariga tarqatadi, derdi.

Qishloqlaringda ehsontalab boylardan yo‘qmi, sizlarga ko‘mir olib bersa, deb so‘rardim.

Qishlog‘imizning boyi ham kambag‘al, deb javob berardi.

Men ularga o‘zimdan bor o‘tinlarni, ko‘p bo‘lmasa ham,  bo‘lib berardim.

Bu yil ham ikkita oshinga Gaz-53 moshinada o‘tin berdim. Bepul.

Qishdan bir amallab chiqib olamiz-da.  Qadimgi kitoblarda ham yozilgan-ku inson hayoti mashaqqat deb.

MS: Bu gullikchi xotinlani ustindagi ari  yotibdi o‘yinda serial go‘rip. Shu arkaklani anasi o‘g‘il do‘g‘dim yirtilip dap moxttonso garak. Og‘o, shu nimkalo chmo arkaklara ara borish naya garak adi. Ikki yolongoch bir xommomo yoroshodi. Plli pl topodi plsiz dardisar topodi. Ochdon qoch dayan zomon.

RT: Dang‘aralik jurnalist Rahmatjon bu mardikor xotinlarning erini mana bunday tasvirlaydi.

Baxtibek to‘rt marta uylangan va har bir xotinidan ikkitadan farzandi bor.

U allaqachon hech qaysi xotini bilan yashamaydi.

Chamamda hech qaysi xotiniga aliment to‘lamaydi. Agar uning hamma xotiniga to‘lashi kerak bo‘lgan alimentlar hisoblansa, O‘zbekistonning  tashqi qarzidan ham oshib ketsa kerak.

Baxtibek qishloqning o‘zida mardikorchilik qiladi va topgan puliga aroq ichadi, somsa,  kabob yeydi, puli tugasa qarzga somsa yeydi.

Boya shu inson menga shikoyat qildi:

– Moddiy yordamni yo‘q qiptimi?

– Bilmadim. Men moddiy yordam to‘g‘risida hech narsa bilmayman,- dedim.

– Ha, yo‘qqipti. Mahalla raisiga kirsam, moddiy yordam yo‘q bo‘ldi, dedi.

– Siz moddiy yordam olarmidingiz? – deb so‘radim  hayron bo‘lib. Axir Baxtibek hamma xotinlarini haydab bir o‘zi yashaydi, mehnat qobiliyatini yo‘qotmagan. Topgan puliga aroq ichadi.

– Ha, – dedi u, – 370 ming olardim.

– Zo‘r-ku. Somsa bilan aroqqa yetadi, – dedim.

– Sabzga boray-chi, moddiy yordamni o‘shalar hal qilyaptiykan. Agar ular ham yo‘q desa, sizga kelaman, tepaga xat yozib beras, – dedi Baxtibek.

– Menga kelishiz shartmas, men ham siz o‘qigan maktabda o‘qiganman, o‘qituvchilar sizga bergan bilimdan ortig‘ini bermagan menga ham, – dedim hazil ohangida.

– Sabzga boray-chi, – dedi  u yana.

Men unga shunday maslaxat berdim:

– Sabzga jo‘n bormang. Artist  bo‘ling. Odam ayyorlikniyam bilishi kerak.

Sabzga borayotganda loy ishiga kiyadigan arzon rezina etik kiying, uyam yangi bo‘lmasin,  chiriganidan kiying, ariqlarning ichini qarasangiz suvda oqib kelgan eski rezina etiklar bo‘ladi, shulardan bitta toping, xotinlarning qizil rezina etigi topilsa yanayam yaxshi…

–  Ariqda oqib kelgan eski  rezina etiklarni  bakalashka yig‘ishtiradiganlar terib ketyapti, – dedi Baxtibek norozi ohangda.

– Loylarni tagini qarasangiz bitta sizga loyig‘i chiqib qolar. Keyin. Sabzga borayotganda  shimniyam eskisini, orasi katta yirtilganini kiying, ko‘ylagiz ham eski, iplari titilgan va bitta yengi ikkinchisidan kalta bo‘lsin.

Ho‘p. Endi yuzingizga yetib keldik. Uch kun betizi yuvmang, kirlar yuzingizdagi  cho‘tir teshikchalarni to‘ldirsin, shunda  ikki betizda katta qora dog‘ paydo bo‘ladi va sizni ko‘rgan odam jigari kasal, qoni aynigan ekan, tez orada o‘lsa kerak, deydi. Rahmi keladi.

Sabzga kuchizi ko‘rsatib dalil kirib bormang, ko‘rganlar sog‘lom ekan, deb moddiy yordam bermaydi. Ayyor bo‘ling dedim-ku.

Bitta qo‘l bilan devorni ushlab, inqillab, sinqillab  kirib boring sabzga, iloji bo‘lsa bitta qo‘lingizga terakshoxdan xassa olvoling. Sabzni boshlig‘iga moddiy yordam so‘rab gapirayotganda ovozingiz baland bo‘lmasin, uch kunlik umri qolgan bemordek, so‘zlar og‘zingizdan arang chiqsin.

Endi muhim gapga keldik. Badaningiz sassiq xid taratishi kerak. O‘lgan it qanaqa sasishini bilasiz,a? Sizi tanangizdan chiqayotgan badbo‘y xid o‘lgan itning xididan kam bo‘lmasligi zarur. Sabzni boshlig‘i sassiq xidingizdan bezor bo‘lib ham moddiy yordam yozvoradi yoki  sossig‘izdan tezroq qutilish uchun cho‘ntagidan naqd pul chiqaradi. Tushindingizmi? Men aytgan shu ishlarni qilsangiz yana moddiy yordamga muhtojlar ro‘yxatidan o‘rin olasiz.

– Shunaqa qilsammikan, – dedi u ko‘zlarini kattaroq ochib.- Agar shundayam moddiy yordam bermasa nima qilay?

– Boshliqning xonasida o‘zizi o‘lganga solib yotib oling,  natija bo‘ladi. 

– Rostdan natija bo‘larmikan,  – dedi u ishonqiramay.

– Oxirgi chora shu,  agar buyam yordam bermasa ketmonni yelkaga olib yonimga kelsangiz  dalamdan ish torib beraman. Xullas, och qolmaysiz, – deb tushuntirdim.

Baxtibekdek sog‘lom erkak moddiy yordamdan umid qilayotganiga hayron bo‘ldim. Odam ham shunaqa boqimanda bo‘ladimi. Bir joyda yotib qolgan shol odam bo‘lsa ekan,  boshqa gap,  moddiy yordam haqida o‘ylasa bo‘ladi.

– Ilgari moddiy yordam olardim, dedingiz. Nimani asos qilib sizni muhtojlar ro‘yhatiga qo‘shishgan? – deb so‘radim.

– Yolg‘iz yashayman-ku! Bitta o‘zim yashayman! Qarovchim,boquvchim yo‘q! Oxirgi xotinim oshin ishlab pul topardi. Uyam ketib qoldi. Boquvchisiz qoldim, – deb tushintirdi u.

Men unga:

– Siz o‘lsangiz, xotiningiz boquvchisiz qoladi, lekin xotiningiz o‘lsa siz boquvchisiz qolgan hisoblanmaysiz,- deb  tushintirmoqchi bo‘ldim.

MS: Indi chushundim navchun  Dang‘aradagi qizlo karislaga ara borishini.

RT: Xo‘sh bu qiz juvonlar karisga tegmay O‘zbekistonda qolsa nima variantlar bor?

1.      Erga tegadi. Bir oydan keyin eri qarzni to‘lash uchun Rossiyaga yo‘l oladi. Kelin 45 yoshli yobr terorist qaynota va yalmog‘iz qaynona bilan qoladi.

2.      Erga tegib bitta tug‘adi. Eri xaydavoradi bolasi bilan ko‘chaga. Qizlik uyidagi akalar ham kema bu yerga deydi. Bu ayol bolasi bilan ko‘chada qolib Eltuz va portalga uy so‘rab yalinadigan moxovga aylanadi.

3.      Erga tegib 8 yil kaltak yeydi. Oxiri bo‘q yeb, qo‘li sinib, ikki bolasini olib qochib yuradi.

4.      Ishsiz dangasa Absattorga erga tegadi. Eriga poprs puli olish uchun oshin (mardikor) bo‘lib dalada ketmon chopadi.

5.      Imomberdi biradga to‘rinchi xotin bo‘ladi

6.      Milisaboyga soderjanka bo‘ladi

7.      Qatortolda jalaplik qiladi

8.      Erga tegmay qari qiz pirduxtor bo‘lib, kechqurunlari baqlajon bilan sevishadi.

Yana qanday variantlar bo‘lsa sizlar yozinglar.

Og‘a  ishitdingizmi Toshkentda mut poltun olomon dap xolq qirilip getibdi.

«Tekin bo‘lsa lo‘m yut» deydi dono xalqimiz. Yunusoboddagi do‘kon 300 ta paltoni tekin beraman deb e'lon  bergani ortidan O‘zbekistondagi million-million odam do‘kon oldiga mo‘r malaxday oqib kelib, bir-birining ustiga mingashib ketdi. Hatto tiqilinchda bir ikki xotin bo‘g‘oz bo‘pqopti. O‘zbekiston aholisining aksari bir nuqtaga yig‘ilgani uchun muvozanat buzilib Namongonda yeram qimirladi. Talotumda oyoq ostida qolib ketib, erga qog‘ozday yopishib qolgan odamlarni kapkir bilan qirib olishdi. Bannisalar lat yegan odamlar bilan to‘ldi.

Rasmiy xabar esa mana bu:

«4 yanvar kuni Yunusobod tumanida joylashgan “Brend rows” nomli savdo do‘konida erkaklar uchun 300 dona qishki paltoni tekin beramiz, “Tekinga palto 300 dona” deb reklama qildi.  Natijada, ko‘plab fuqarolar ushbu do‘konga  oldiga yopirilib kelib, do‘kon oldida tartibsizliklar yuzaga kelgan. Shu hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari aralashuvi bilan jamoat tartibi saqlanib, vaziyat nazoratga olingan. 9 nafar do‘konchiga va 9 nafar O‘zbekiston qashshog‘iga jarima solindi.     

Yunusobod  Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan eslatma: Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi.

MS: Muta qorop yuguradi bi mongloyi qorolo.  Doyim nonboy pil varsam non baradi. Og‘a bir  sovol siza, navchun ari o‘ris yurta getgan toza galinla bozordon boyimjon bilan bodring olovaradi. Yerikmi yo?

RT: To‘yidan bir hafta o‘tib, erini Rossiyaga uzatib, yolg‘iz yostiq quchoqlaydigan baxtiqaro kelinlar. Eri uchun  dil rozlarini telefon aynagiga aytadigan suluvlar. Yalang‘och videoga tushib «maskopdagi yoriga» jo‘natadigan nedotraxlar fojeasi. Bu fojealar haqida na o‘zbek adabiyoti va na vizual san'atida tuzuk quruq asar yo‘q. O‘zbek rassomlari anor tagidagi eshshaklar rasmini chizish bilan band. Shoirlar esa hech kim tushunmaydigan tasavvuf sektantlariga aylangan. O‘zbekistondan ancha uzoqda, AQShning Floridasida ijod qiladigan 34 yashar rassom qiz Amanda Oleander asarlaridagi qayg‘u va ironiya o‘zbek xotin qizlari turmushini aks ettirgandek.

Ko‘pincha, mehnat migrantlari bola chaqa boqaman, deb Rossiyaga ketishadi. Ammo bola chaqalar otasini telefonda ko‘rib ulg‘aymoqda. Ota bo‘lsa bir suri parazitni boqish, to‘y, umra kabi pakazuxalarni moliyalash uchun butun umri chetda o‘tmoqda.

Jadidlar aytgan edi, bizni yemiradigan illatlar to‘y tomosha va azaga pul sarflash deb.

MS: Og‘o shu gunlarda utikni toka diqsongom jadid-jadid diydon bo‘ldi.

Fayzulla Xo‘ja tug‘ilgan uy devoridagi yodgorlik lavhani olib tashlaganlar, Xamza nomini tarixdan o‘chirmoqchi bo‘lganlar, Ayniy uy muzeyini yopib, Davlat Rizaev nomini maktab internatdan olib tashaganlar bugun «jadid bobolarimiz» deb og‘iz qavartirmoqda. Barcha telekanallar, xatto bolajon telekanali ham jadid-jadid deya bilsa-bilmasa gapirib yotibdi. Jadidlikning ziddi bo‘lgan Karimovning naftalin karnaychisi Iqbol Mirzoning «Jadid» gazetiga rahbar bo‘lishi jadidlik g‘oyasi ustidan kulgan kabi bo‘ldi.

1937 yil otib tashlangan jadid, masalan, shoir Cho‘lponni eslab yozish bugun moda. Ayni paytda bu behavotir ish. Xo‘sh bugun tirik bo‘lgan va surgunda yurgan jadid shoir Muhammad Solih haqida ikki og‘iz yoza olamizmi? Masalan, o‘sha «Jadid» gazetasida. Yo‘q albatta. Aytmoqchi bo‘lgan gapim shu. Hech qaysingiz o‘zgarmadingiz. O‘sha qo‘rqoq va tubanlikcha turibsiz. Sizga «sayra» dayilgani uchun jadidlar haqida sayrayapsiz.

MS: Oyniqso, shoir zoti yomon go‘ttini yirtdi. Blo bir voxtlor Lenin bovom dap, keyin Islom poshshom dap, xozir asa Sho‘kataka dap sher yozodan potxolim yetmaklar. Garakmi shulo.

Shoir nega kerak?

Bu rasmda «hokim bo‘laman» degan jo‘qi shoir, «Hayyomona xo‘rsiniqlar» kitobi muallifi, o‘zbek shoirasi Sanobar Mehmon va barcha zamonlarning eng buyuk shoiri Pol Elyuar tasvirlangan. Bu uchalasini ham tarmoqdagi o‘zbek segmenti jiddiy qabul qilmadi. Bittasini o‘ta sayoz dedi, yana bittasini yozganini tushunmadim desa, Pol Elyuar degan daho borligidan umuman behabarligini aytishdi.

Asnoda savol o‘rtaga chiqdi. 

Shoir nimaga kerak?

Kimningdir Hayyomga taqlid qilib xo‘rsinganidan menga nima?

Aytaylik, O‘zbekistondagi barcha shoirlar bir kunda ichburg‘idan o‘lsa jamiyat buni sezadimi?

Masalan, ko‘cha tozalaydigan musorchilar uch kun ishga chiqmasa darrov yo‘qligi bilinadi.

Ammo, o‘zlarini jamiyatdagi eng ilg‘or qatlam deya iddao qilgan, davlatdan imtiyoz, uy va tekin qatiq kutgan shoirlar uch kun she'r yozmay qo‘ysa hech kim bilmaydi ham.

Er nima uchun kerakligini, xotin nimaga zarurligini, tonirovka va rastamojkani  muhokama qilgan jumbul jamoatga savol. Shoir nega kerak?

MS: Potxolimlik uchun garak

Ana, shair nimaga kerak degan savolimga javob topildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Suxrob Xamroev shoirlikni prokurorga laganbardorlik qilish deb chin yurakdan ishonar ekan. Mana bu shair bachchani yozg‘oni.

Mislsiz kuch-qudrat unda mujassam,

Temur tug‘in mahkam tutgan zotdir u.

Mazlum fuqaroga nigohi – malham,

Iqbolga yetaklar uchqur otdir u.

Adolat yo‘lida mayoq – prokuror,

Yumushi ibratu saboq – prokuror.

Yursa, qadamidan o‘t chaqnar odam,

So‘zidan haqiqat turar ufurib.

Oliy rahnamoga chin tirgak, hamdam,

Haq tomon yuzlarni qo‘yadi burib.

O‘z ahdiga sodiq, ilg‘or – prokuror,

Millatning dardini ilg‘ar – prokuror.

Uyg‘oq qalbi aro inmasin g‘ubor,

Baxti Ko‘hi Qofdek ulug‘vor kelsin.

Adolat deganda, takror va takror,

Xalqning ko‘z o‘ngida shu shunqor kelsin.

El bilan hamnafas, safdor – prokuror,

Bedorlar ichida bedor – prokuror.

Suhrob Hamroev,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi

Matchon suqilishdan dakki:

Xato qildi sani otang, qalam birla dovot olg‘och.

Yaxshi bo‘lgay erdi balkim ketmon birla lapot olg‘och.

Yangi O‘zbekistonni zinjirina dosh girib sakib yotibdi. Tormoz korochchiy. Og‘o sizam bosing tormozni. Uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2016
eltuz.com saytiga, IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 7 yil ozodlikdan maxrum qilingan Jizzaxlik fermer, armani millatli Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov ...
16 mart 2017
Mirziyoevning Karimov xotirasini abadiylashtirish haqidagi qaroriga bir nechta o‘zbek ziyolilarning qarshi chiqishi ortidan tarmoqda ularni badnom qilishga urinishlar boshlandi. ...
15 may 2024
Ma'lum qilinishicha, 15 may kuni Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga ...
5 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...