Asosiy mavzular
16 yanvar 2024

Moskvada o‘zbek mardikor o‘ris o‘ynashini zo‘rlab o‘ldirdi

Salom qadrli muxlislar, bugun 16 yanvar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Rossiyada mardikorlik qilgan 35 yashar o‘zbek Shexnazar Ishbaev joriy yilning 9 yanvar kuni Moskvada 42 yashar Veronikani zo‘rlab o‘ldirib, jasadini qopga solib qurilish maydonidagi devor tagiga tashab ketganlikda ayblanmoqda.

Shexnazar Ishbaev 10 yanvar kuni Moskvadan O‘zbekistonga uchib ketgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi O‘zbekistonga rasmiy so‘rov yuborgan.

Nima bo‘lgan edi?

Veronikaning yo‘qolib qolgani haqida 9 yanvar kuni xabar topishdi. Bu haqda uning qizi politsiyaga xabar berdi. Varonika eridan ajrab qizini yolg‘iz katta qilgan.

Qizning aytishicha¸ onasi Nazar (Shexnazar) ismli o‘zbek yigit bilan tanishgan.

Kuzatuv kameralaridagi tasvirlarga qarab Veronikaning Shexnazar bilan uchrashuvlarini politsiya aniqlagan.

Veronika o‘limidan sal oldin o‘z xushtori Shexnazar bilan «Pechatniki» metro bekatida uchrashgan. Bu Veronikaniing kvartirasiga yaqin metro edi.

Shexnazar bilan Veronika Moskva sharqidagi «Pervomayskaya» bekatidan birga chiqishadi. Yo‘lda magazinga kirib konfet, meva cheva olishadi.

Keyin Shexnazar bu xotinni uyiga taklif qiladi. «Uy» bu aslida bino podvali edi. Podvalga tushayotib Veronika qiziga esemes yuboradi.

Shundan keyin, Veronika bilan aloqa uziladi. Xotinning o‘ligi 12 yanvar kuni topiladi.

Extimoliy qotilni video kuzatuv kameralaridagi tasvirlar orqali aniqlashdi.

Bu vaqtga kelib muxtamal qotil Shexnazar Ishboev Rossiyani tark qilgan edi.

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra xotin oldin zo‘rlanib keyin o‘ldirilgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Yuliya Ivanovaning matbuotga bildirishicha¸ xodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2021
O‘zbekistonda internetdagi bir qancha tarmoqlarning bloklab qo‘yilishi ko‘plab foydalanuvchilarning keskin noroziligini keltirib chiqarishi ortidan bu ishga aloqador ko‘ringan ayrim ...
27 avgust 2019
Rasman e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM qariyb 50 milliard dollarni tashkil etadi. Markaziy bank raisiga ishonsak esa YaIM ...
29 mart 2017
Prezident Mirziyoevning 7 martdan kuchga kirgan qarori ortidan dori darmon taqchillashuvi bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. Andijon shahridagi ...
4 aprel 2020
Mana, hafta o‘tib siz bilan yuzlashdim. Ko‘zlaringiz qorachig‘ida o‘zimni ko‘raman. Sizning dardingiz – mening dardim. Sizning g‘amingiz – mening ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...