Asosiy mavzular
16 yanvar 2024

Qirg‘iz deputati prezident Japarovni o‘ldirishda Salimboydan yordam so‘raganmi?

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonda hibsga olingan kriminal avtoritet Salim Abduvaliev qirg‘izistonlik deputat Emil Jamg‘irchiev bilan birgalikda prezident Sadir Japarov va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashievni o‘ldirish bo‘yicha fitnada ishtirok etganini aytdi.

«Menga taqdim etilgan ma'lumotnomaga ko‘ra, [Jamgыrchiev] qirg‘iz-o‘zbek chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, «Salimboyvachcha» laqabli kriminal avtoritet Salim Abduvaliev bilan uchrashgan va «ikki do‘stni o‘ldirishni» yo‘q qilishda yordam berishni so‘ragan», — dedi Japarov «Kabar» axborot agentligiga.

Qirg‘iziston prezidentining qo‘shimcha qilishicha, sobiq deputat Emil Jamg‘irchiev ustidan surishtiruv qirg‘iz va o‘zbek xizmatlari tomonidan birgalikda olib borilgan.

«Natija qanday bo‘lishi meni qiziqtirmasdi», — deya ta'kidladi Sadir Japarov. Eslati o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 10 yanvarda ko‘pchilik ovoz bilan deputat Emil Jamg‘irchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdi. Mazkur qarorni 69 deputat qo‘llab ovoz berdi.

Bu masala bo‘yicha tuzilgan deputatlar komissiyasi raisi Alisher Erboev Emil Jamg‘irchiev 2022 yilda «Salimboy» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliev bilan uchrashish va undan qo‘llov olish maqsadida Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy buzib O‘zbekistonga o‘tganini bildirdi.

Deputatlik maqomi olib tashlanishidan birmuncha avval parlament binosidan qochib ketgan Emil Jamg‘irchiev O‘zbekistonda ham firibgarlikda ayblanmoqda.

Qirg‘iz matbuotiga ko‘ra, Sadir Japarov «ikki do‘st» deya o‘zi va Qamchibek Tashievni nazarda tutmoqda.

Sadir Japarov qidiruvga berilgan deputat Emil Jamg‘irchiev aftidan kelajakda unga qarshi bayonotlar berishidan qo‘rqmoqda.

Eltuzda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, o‘z vaqtida Sadir Japarov ham Salim Abduvalievning So‘qoqdagi dachasida bir muddat mehmonda bo‘lgan.

Yiqilganni tepishmi bu yoki podadan oldin chang ko‘tarish?

Bu yog‘i endi masxaravozlik bo‘lib ketyapti. Bu sur'atda Jon Kennediga suiqasd ham Salimning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan bo‘lib chiqadi. Salim Abduvaliev dunyodagi eng yaxshi odam bo‘lmasligi mumkin, lekin ko‘plab odamlarga yordam qo‘lini cho‘zganini odamlar yaxshi bilishadi. Bu bilan uni himoya qilmoqchi emasmiz. Lekin haqiqatni aytish bizning burchimiz. Agar Salimboy qamag‘da bo‘lsa nega G‘opirboy izzatda? Qonun barchaga barobar bo‘lishi kerak emasmi?  

Tag‘in o‘qing
27 mart 2017
O‘zbekistonda shu paytgacha ko‘klarga ko‘tarilib maqtalib kelingan ta'lim tizimining asl ahvoli to‘g‘risida achchiq haqiqatlar oshkor bo‘layotgani, ommaviiy axborot vositalarida ...
15 fevral 2021
Voqea bizning kunlarda bo‘lib o‘tadi. Farhod 18 yoshda. U sevgiga mushtoq. Ma'naviyatsiz sinfdoshlari telefonda hard porno ko‘rib o‘tirishganida Farhod ...
1 aprel 2021
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 14 yoshli M.R.ni bir necha marta tahqirlab, zo‘rlaganlikda ayblanayotgan A.X. qamoqqa olindi. Holat bo‘yicha “Eltuz” maqola e'lon ...
19 dekabr 2019
O‘zbekistonda aholi o‘rtasida 22 dekabr kuniga belgilangan saylov shaffof, xolis va adolatli o‘tishiga ishonch ancha sustligini kuzatish mumkin. Bosh ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...