Catira
16 yanvar 2024

Duxi ushlagan azroyil

Qotil atr sotuvchilar haqidagi ovozli va tekstli xabarlar tarmoqni titratmoqda.

Atirgulim atringni soch, go‘ringda go‘rkoving bo‘lay… Qotil odekolon!

Kobra zahridan ham tez o‘ldiradigan isli suv! Duxi hidlatib o‘ldiradigan jallodlar.

Ukrain vatanparvarlari o‘risqullarni atr hidlatib o‘ldirayotgan ekan. Samarqand, Toshkent va Farg‘onani Qo‘qon shamoli kabi qamragan bu sovuq gaplardan qo‘rquv, vohima, xatar hamda qo‘rqinchli vasvasa hidi keladi.

Bitta kelin oyi Samarqandga ziyorat uchun borganida Go‘ri Amir atrofidagi kimdir «shu atrni hidlab ko‘ring, koronadan keyin burnim hid bilmay qolgan» deya, shishadagi atrni tutqazgan.

Kelin oyi ham atirni hidlaganu tili kalimaga kelmay toshday qotgan. Birovlar srazu, yana birovlar duxi hidlaganidan yarim soat o‘tib o‘lib qolmoqda.

Bir biridan qo‘rqinchli esemes va «golosavoy»lar telefondan telefonga va messendjerdan bozordagi pistachi xotinlar tiliga ko‘chib yuribdi.

Sotssetning o‘zi bu xabarlardan qaltirab qaqshab ketmoqda. Ayniqsa, SSSRni sog‘ingan o‘risqul va putinqullar qattiq qo‘rqmoqda.

Chunki bu killer duxi Ukrainaning o‘ris bosqinchilariga qarshi yangi dahshatli quroli ekan. Bunday mish-mishlar oldinroq Rossiya va Qozog‘istonda ham tarqalgan edi. Samarqanddagi kabi Rossiyada ham qandaydir noma'lum xotin kishi ko‘chada kimgadir duxi hidlatgan va hidlagan erkak til tortmay o‘lib tarashaday qotgan.

Ko‘cha xotinlari nima deyapti?

«Qizlar men bu haqda eshituvdim. O‘tkan hafta qayinsinglim telefon qilib Tataristonda o‘nlab kishi duxi hidlab o‘lganini aytgandi. Qotillar qishloqma qishloq oralab yurganmish. Ana endi duxi killerlari bizning ko‘chada izg‘imoqda!»,

«Qo‘qondayam shu gap. Ziroatopani mahallasida o‘sha duxini hidlagan hojaka o‘lib qopti. Uyma uy yurib, hidlab ko‘ring deb, shisha ko‘tarib yurishibdi. Yaqinlarni ogohlantirib qo‘yinglar. Xidlaganlar yarim soatga qolmay anyoqqa ketvoryapti!»,

«Men Samarqandda pojarniyni orqasida yashayman. Xuddi shunday bo‘ldi. Tojikcha gapirgan xotin kelib duxi hidlatdi amakimga. Yarim soat o‘tib amakim ikki bukilib qoldi. Skoriy kelganda uje joni uzilgan edi. Prosto yuragi to‘xtab qolgan. Hozir probkada turibman Universitet yaqinidagi ko‘chada, bitta xotin mashinalarni oldiga bitta-bitta borib atir hidlatib yuribti. Signal chalib, oynani tushirib sen Ukrainadansan desam, qochib qoldi.

Eltuz tasarrufidagi o‘nlab ovozli va tekstovoy soobщeniyalar mazmuni deyarli bir xil. Ba'zilari morgda ishlashini va isli suv «degustatsiyasi» bois o‘lganlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytishadi.

Eltuz muxbiri Samarqand tibbiyot institutining ismi aytilishini istamagan professori bilan gaplashdi. Professor bu shunchaki inson miyasidagi qo‘rquvga asoslangan vasvasa ekanligini ta'kidladi:

– Bu feyk. Kelinim tez yordamda ishlaydi. Duxidan zaharlanib kasalxonaga tushish bo‘yicha birorta holat Samarqandda qayd qilinmagan. Men buni atay so‘radim. Takrorlayman, g‘irt yolg‘on bu. Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida ham birorta odam duxidan zaharlanib gospitalizatsiya qilinmagan.

Qo‘qonlik vrachga ko‘ra¸ Duxidan otravlenie bo‘lgan kasal umuman mavjud emas va bu feyk informatsiyani tarqatayotgan xotinlar borib uyidagi idish tovog‘ini yuvishi kerak.

Toshkentlik vrach Marat Kravchuk xususiy klinikada vrach-terapevt bo‘lib ishlaydi va oliy kvalifikatsiyaga ega toksikolog.

Eltuz savolini kulib qarshi oldi.

– Vasvasa, bred, alahsirash va navbatdagi «shahar cho‘pchagi». Shahardagi toksikologlar kulgisiga sabab bo‘lgan feyk. Kimdir layk olish, repost va xeyp uchun qattiq harakat qilgan. O‘qimagan avlod shunaqa feyk gaplarga tez ishonadi.

Meynstrim mediaga nazar tashladim, terakning uchi bekorga qimirlamaydi degan umidda. Ammo u yerda ham duxi o‘ldirgan maqtullar haqida sukunat.

Avstraliyada bir xotinning ko‘tini tualetda ilon chaqqani dunyo matbuotida nambr von. Xotin bannisada.

Ilon o‘rmonda o‘rmalab yuribdi. Evrilish Sug‘urta agenti Gregor Zamza o‘z uyida ulkan hasharotga aylanib qoladi… Mashhur syurrealist yozuvchi Frants Kafkaning bu haqdagi hikoyasi 1981 yilda Sharq yulduzi jurnalida Muhammad Solih tarjimasida bosilganida katta ko‘pchilik e'tiborini tortmadi.

Adabiyot olamidagi yigirma nafar estet o‘qib, bir-birlariga maqtab qo‘ya qolishdi. Holbuki, bu hikoya 200 ming tirajda chop qilingan edi. Holbuki, Kafka ilk marta o‘zbekcha gapirgan edi. Holbuki, popukqand kabi chuchmal matnlar to‘la jurnalda ilk bor G‘arbcha ironiyaga to‘la bitiklar paydo bo‘lgan edi. Afsus chuchmallikka giyohvand vujudlar bu matnni qabul etmadi.

MIYaMIZDAGI ILON

Ammo o‘tkan yili dekabrda Kafka hikoyasiga o‘xshaydigan rivoyat tarqalishi hamono O‘zbekistondagi oddiy aholi shuurini ishg‘ol qildi qo‘ydi.

Go‘yo hoji ona hajdan kelib, nolingani zahoti o‘z uyida ilonga aylanib qoladi…

 (Hajda ilon kabi sudralib, tovuq kabi tosh terdik, deb nolinganmish)

Yana bir ma'lumotda esa hojona tovuqqa aylanib, go‘ng titib yuradi. Faqat telefon oynagida aks etgan va uydirmaligi shundoq ko‘rinib turgan bu voqea og‘izdan og‘izga, uydan uyga, tildan tilga, telefondan telefonga ko‘chdi.

Ana aytmadimmi, o‘shanaqa bo‘ladi, ajab bo‘pti, iloyim battar bo‘lsin, degan xulosalar sababi bo‘ldi bu lavha.

Frants Kafka kabi yuksak zako sohibi junbushga keltira olmagan o‘zbeklar shuuri oddiy havaskor tasvirchi tarafidan kam kuch bilan ishg‘ol qilindi.

HALIMAGA QARShI ISËN

Frants Kafka o‘zining Evrilish hikoyasida moddiy ne'matlarning qul kabi iste'molchisiga aylanib borayotgan kichkina burjuaziyaning ruhiy qadriyatlardan uzoqlashib hasharotga evrilish jarayoniga e'tiborimizni qaratmoqchi bo‘ladi.

Bugun O‘zbekistonda tarqalgan mish mishlarda o‘risqul bo‘lganlar atr hidlab o‘ladi ilonga aylangan ayol esa ruhiy olamga bepisand bo‘lgani uchun, go‘yo jazolanadi.

Yana ham to‘g‘risi, boshqa Hoji onalar ayta olmagan gapni aytishga jur'at qilgani uchun rivoyatdagi ayolning tili jazoga loyiq ko‘riladi.

Zero o‘zbek ayoli nolimasligi kerak. Ayniqsa Hoji ona.

Umuman o‘zbeklar sabr qanoat, bitmas tuganmas toqat sohibidir, deya shakllangan stereotip suvratiga zid har qanday xatti-harakat omma nazdida jazoga loyiq.

Munaqqidlar Kafka hikoyalari paradoks, ya'ni haqiqatning teskarisiga asoslanganini yozishadi. Shu ma'noda o‘zbeklarning sabrli ekani ham paradoks ya'ni nisbiy ko‘rinadi.

O‘z rahbarining zulm va tahqiri, hamda so‘kishlariga surunkali chidab kelayotgan bu omma TVda so‘kingan masxaraboz do‘mboqcha, Halimaning linch qilinishini bir ovozdan talab qilmoqda.

Bu haqda Eltuzda yozilgan maqola ostida qoldirilgan izohlardan hulosa chiqarsak, o‘zbeklar quyushqondan, belgilab qo‘yilgan doiralardan sal chetga chiqqanlarga o‘ta toqatsiz.

Favqulloda toqatsiz desam ham mubolag‘a qilmayman. Yana bir e'tiroz esa Makkada valyutafurushlik qilayotgan o‘zbek yigitga ataldi.

Ammo 2024 yilning birichi o‘n kunidagi eng ko‘p tarqalgan mish-mish bu atir hidlab o‘layotgan o‘risqul o‘zbeklar haqida bo‘ldi.

Bu vasvasa internet deb atalmish stakan ichida turli laqablar ortiga yashiringan g‘avvoslar tarafidan ko‘tarilgan bo‘lsa ham, baribir zehniyatimizga oid diagnoz uchun ma'lumot bo‘la oladi.

Bu diagnoz joriy yilning birinchi yanvarida o‘ziga o‘t qo‘ygan samarqandlik 32 yashar xotin tanasining gurillab yongan yorug‘ida yanada ravshanroq ko‘rindi.

Holbuki bu xotin atr hidlab o‘lgani yo‘q. Uni chorasizlik o‘ldirdi. Qotil duxi haqidagi gaplar esa vasvasadan boshqa narsa emas. Vasvasani tarqatayotganlar esa ilmi, bilimi yo‘q va prezident qarorlarini o‘qimagan aqlsiz aqqalliyat.

Atirgulim atringni soch, davrinda bemoring bo‘lay.

Tag‘in o‘qing
1 dekabr 2016
Farg‘ona viloyatining har bir tumanda Shavkat Mirziyoevga ovoz berishi uchun saylovchilarga kalish, atlas, adras matolari tarqatilmoqda. Eng qizig‘i bu ...
21 fevral 2021
Turkmanistonda 14 yoshli dzyudochi Sulaymon Tursunboev jangda prezidentning qarindoshiga «yutqazib berish»dan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Fojea fevral oyining boshlarida ...
26 yanvar 2022
“Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvining oldingi sonlarida biz O‘zbekiston tarixining xonliklar davri, Rossiya istilosi va Stalin qatag‘onlari davri haqida hikoya qilgan ...
11 yanvar 2017
Dunyodagi eng ishi yurishgan fotosuratchilardan biri 73 yashar Attor Abbos Eronda dunyoga kelib Parijda dunyoga tanildi. U hali sakkiz ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...