Asosiy mavzular
21 yanvar 2024

Qo‘zichoqlar sukuti ostida Rossiya huruji

Rus shovinistlarining so‘nggi hurujlaridan hech qanday o‘zbek davlatchiligi yo‘qligi ayon bo‘layapti. Emishki Rossiya bu hududlarni bosib olganidan keyin bu yerlarda davlat unsurlari paydo bo‘lgan. Ilgari bu gaplarni kreml masxarabozi, tentak Jirinovskiy ovozlantirar edi. U o‘lgach millatchilarning zoti ham ko‘paydi.  Bunday bayonotlar ortidan odatda hukumatlar rasmiy nota bergan bo‘lishardi. Rasmiy Toshkent esa jim. Bunday iddaolarning ayrimlarini tinglaymiz.

Esingizda bo‘lsa Rossiyaning Ukrainaga bosqini ham xuddi shunday gap-so‘zlar bilan boshlangan edi. Rossiya avvaliga ukrain degan millat va xalq bo‘lmagan deyishdan boshladi. Endi ozarbayjonlilar, o‘zbeklar va qozoqlar o‘zlari haqida yangi ma'lumotga ega bo‘lmoqdalar. Bu millatlar oktyabr revolyutsiyasiga qadar bo‘lmagan ekan.

Ayrim vatandoshlarimiz bu asossiz gaplarning Rossiya hukumatiga aloqasi yo‘q, Rossiya bilan do‘st inoqmiz degan safsatani shu kunlarda urchitmoqda. U holda prezident Putinning 18 yanvarda chiqargan farmonni qanday izoxlash mumkin?

2024 yilning 18 yanvarida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin yaqin o‘tmishda mustaqil davlatlar tasarrufiga o‘tgan, shu jumladan Chor imperiyasi davridagi xorijiy ko‘chmas mulklarni qidirib topish, ro‘yxatga olish va huquqiy himoya qilish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, bu masala bilan Rossiya prezidenti departament boshqaruvi va Rossiya tashqi ishlar vazirligi shug‘ullanadi.

Ya'ni shu paytgacha rus shovinistlari tilidan aytib kelinayotgan Rossiyaning sobiq mustamlakalarini jumladan O‘zbekistonni qayta ishg‘ol qilish kabi dahanaki tahdid, endilikda amaldagi rasmiy farmon shaklini oldi va moliyalashtirildi.

Qadrli vatandosh soddafaxm bo‘lma! El og‘ziga elak tutma! Eltuz kanaliga obuna bo‘l! 

Tag‘in o‘qing
25 iyun 2023
Prigojinning urush sahnasidan chekinib, Rostovda nag‘ma ko‘rsatgani, Putin bilan kelishuv qilib, Belarusga qochishini ko‘plar Putinning g‘alabasiday qabul qilayapti. Hatto ...
18 iyun 2020
Turkiya poytaxti Anqarada 2019 yili halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirovaning ishi Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda ...
14 mart 2018
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i, 56 yoshli polkovnik Abdukarim Shodiev 9 mart kuni hibsga olindi. «Erk» ...
21 sentyabr 2018
“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...