Asosiy mavzular
14 mart 2018

Shodievning qamalishi sobiq mahkumni sevintirdi

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i, 56 yoshli polkovnik Abdukarim Shodiev 9 mart kuni hibsga olindi.

«Erk» demokratik partiyasi faoli va sobiq siyosiy mahkum A'zam Turg‘unov «Eltuz» muxbiriga polkovnik Shodiev inson huquqlarini buzib kelgan shaxs sifatida allaqachon qamalishi kerakligini bildirdi.

«Faoliyatimga ko‘ra, qamalishimdan oldin 2005-2007 yillarda mahkumlarning ishlari yuzasidan bu shaxs bilan ko‘p uchrashganman», dedi sobiq mahkum.

Shodievning hibsga olingani haqida xabar tarqatgan huquq faoli Sur'at Ikromovga ko‘ra, ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari, laqabi «jallod» (palach) bo‘lgan Shodiev «hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki hokimiyatning harakatsizligi» va «aybsiz shaxsni javobgarlikka tortish» bilan ayblanmoqda.

Sur'at Ikromovning Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidagi manbasiga tayanib «Eltuz» nashriga bildirishicha, 9 martdan boshlab boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Erkin Boboqulov ham ishga chiqmayapti va uning ham hibsga olingani taxmin qilinmoqda.

Ilgari «Eltuz» nashri xabar qilganidek, siyosiy mahbuslarni o‘ldirib yo‘q qilishda ayblanayotgan MXX polkovnigi Toymuroz Alimov o‘z jinoyatlarini Shodiev bilan sheriklikda qilgani turli mustaqil manbalar tomonidan bildirilmoqda.

Huquq faoli A'zam Turg‘unov «Eltuz» muxbiriga Shodievning bir qancha qarindoshlari ham unga sherik ekanligini aytdi.

«Masalan, Abdukarimning bir jiyani o‘sha Jazoni ijro etish bosh boshqarmasida oziq-ovqat tarqatish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Mahbuslar biladi-ku, oziq-ovqatdan qancha urib qolishlari, ularga qancha ish haqi belgilanganu qanchadan yozilishini.

Bular 10 yil-20 yillab davlatni o‘pirib kelishdi, hech kim indamadi», deydi sobiq maxbus «Eltuz» nashriga bergan intervyusida.

O‘zbekistonlik faol A'zam Turg‘unov nohaq ayblovlar bilan qamoqda 10 yil o‘tirib, 2017 yilning oktyabrida ozod etilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 yanvar 2019
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ayni savolni tashlagan rassom Tuz 14 yanvarga qadar bir-biriga qarama-qarshi yuzdan ziyod javob oldi. Ayrim umumiy ...
27 noyabr 2019
– Gazetada ishlaganmisiz? Qaysi gazetada va kim bo‘lib ishlagansiz? – “Erk” deb nomlangan gazetada jurnalistlik qilganman. Xabaringiz bormi, eshitganmisiz ...
22 yanvar 2018
52 kishining hayotiga nuqta qo‘ygan avtobusdagi yong‘indan 4 kun o‘tib o‘zbekistonlik muhojirlar yana qozoq dashtlarida muammoga duch keldi. 41 ...
17 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 49-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Yuqorida tortishganimiz butun ...
Bloglar
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish ...
7 iyun 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 54-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) AMAL ...