O‘zbekning o‘ligi – RTdan va'z
May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich, yo yashirin ich,
Ezma rasvo bo‘lma hayo bilan ich..
MS: Og‘o, to‘y tomosho ko‘paldimi? Oroqo orroq dur damisizmi oxir?
RT: Saudiya poytaxti Riyod shaxrida birinchi aroq do‘koni ochildi.
G‘ayrating sarf etsang aroq ichmoqqa,
Arziydi bu ishni ma'zur tutmoqqa.
Hushyor bo‘l, qolganin bari arzimas
Umringni sarf etib, o‘tib ketmoqqa.
MS: Vohay vohay. Kishtak kishtak. Mongit, Do‘simbiy, Kegayli. Bir sopor urishtirmin ichgayli.
Musappo osmon nyus
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 230-sonli bog‘cha direktorining o‘g‘li 4 nafar qizchaga seksual tegajog‘liq qilgani uchun olti yilga qamaldi.
Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining 23 yanvar kungi, sudya J. Kurbanov raisligidagi yopiq mahkamasi 230-sonli bolalar bog‘chasida qizlarga tegajog‘lik qilishda gumonlanayotgan shaxsga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqib, hukm chiqardi.
Voyaga yetmagan X.Sh. (2008 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) shu maktabgacha ta'lim tashkiloti sobiq direktorining o‘g‘li hisoblanib, bog‘chadagi 4 nafar tarbiyalanuvchi qizchaga ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog‘lik qilganlikda aybli deb topildi.
MS: Xasanboy bu qirchini kasilgan jolotoyni odi. Iloyim qomoqda soromos bo‘lib o‘lsin.
RT: Toshkent viloyatida ikki erkak «jin chiqarish» paytida bir ayolni o‘ldirib qo‘ydi.
Oqqo‘rg‘on tumanida 35 yoshli va 44 yoshli ikki erkak jin chiqarish marosimida bir ayolni ehtiyotsizlik oqibatida o‘ldirib qo‘ygan.
Sudlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular ayolga bir soat davomida duolar o‘qigan, ammo «ish qiyin bo‘lganligi sababli» ular zanjir, bolg‘a kabi buyumlardan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Marosimda ayolning qarindoshlari, shu jumladan uning eri ham qatnashgan. Jabrlanuvchi qiynoqlardan omon qolmagan va ko‘plab qovurg‘a sinishi, a'zolarning yorilishi va ichki qon ketishi natijasida vafot etgan.
Erkaklarning biriga 3 yil, ikkinchisiga esa 2,5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
MS: Odom o‘ldirgan mo‘llog‘o navchun ozgino sro‘k baribdila. So‘tni ichinam jin giribmi. Yurt bizilsa eshonnon bizilodi. Choshso mo‘llo choshodi… Ming mo‘llodan bir ko‘pir yoxshi.
RT: Milliy tiklanish partiyasi lideri, Oliy majlis spiker o‘rinbosari deputat Alisher Qodirov TV da rus tilini cheklash talabi bilan chiqdi. Qo‘llab quvvatlaymiz. Eltuz millat va davlat ilgarilashi uchun otilgan har bir odimni olqishlaydi.
Deputat Alisher millatni sevishga qodir!!!
MS: Tufalam go‘z daymasin. Bi boloni akasi zo‘r adi. Sichonni bolosi xolto do‘shadi.
RT: Hindistondagi «Hry» dam olish maskanida o‘zbek xotin va hind erkagining jasadi topildi.
22 yanvar kuni Hindistonning Haryana shtati Sonipat tumanidagi «Mera Gaon Mera Desh» dam olish maskanida o‘zbekistonlik xotin va dehlilik erkakning kip-yalang‘och holatdagi jasadlari topilgan.
O‘lim sababi o‘limdan keyingi ekspertizadan so‘ng ma'lum bo‘ladi.
+++
Turkiyaning Gebze viloyati Bosh prokuraturasidan kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning
22 yanvar kuni Gebze viloyati Duraklik qishlog‘ida vaqtinchalik yashash joyidan 1967 y.t. A.A ismli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi.
Olingan ma'lumotga ko‘ra fuqaro A.A. bundan bir yil oldin Gebze viloyati Duraklik qishlog‘iga kelgan va yashash joyi bo‘lmaganligi sababli bu yerda yashovchi Turkiya fuqarosi M.J bilan tanishib, unga tegishli fermadagi kichik uyda yashashga ruxsat olgan.
Joriy yilning 22 yanvar kuni fuqaro o‘zini yomon his qilayotganini va kovidga chalinganidan shikoyat qilib o‘zining tanishi M.Jga telefon qiladi.
M.J. kerakli dorilarni olib kelganida A.A. jonsiz holda ekanligini aniqlaydi va zudlik bilan politsiyaga xabar beradi.
Ayni vaqtda mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Natijaga ko‘ra qo‘shimcha xabar beriladi.
MS: O‘zbekni dirisam o‘lisam xo‘r vo‘ldi. Boxti tiyrdin qoro. Yejaki toyoq¸ ishitjaki so‘kish. It yurish mirzo durish.
It yotish – mirza turish
«Yerlarda hasharot kabi, ochlikdan zorlikdan gezarib labi, ojiz, mahkum, xor va betadbir, non deya non deya surunib kechmishdir..»
Ulug‘ shoir G‘afur G‘ulomning millionlab qashshoqlar haqida yozgan o‘lmas bitiklaridan biri.
Shoir o‘z fikr zakosi bilan bugun o‘ris poshnasi ostida hasharot kabi emaklayotgan o‘zbek mardikorlari haqida yozganday.
Mana bu yigit 28 yoshida. Shaxrisabzdan. Hali uylanmagan.
Ilmi va aniq kasb xunari yo‘q. Otasi yo‘q.
Onasi va tog‘alari u 18 ga to‘lishi bilan Rossiyaga ishga yuborishgan.
Bu yigit bir to‘da parazit qarindoshni baqish uchun yosh umrini fido qilmoqda.
«Nima qilib bo‘lsang ham oyiga bir qog‘oz jo‘natasan» deb shart qo‘yilgan.
Mabodo o‘sha puldan kam yuborsa O‘zbekistondagi qarindoshlari tomonidan unga sanoqsiz shippaklar otiladi. Tanayu dashnom.
«Biz bu yerda pul kutib o‘tiribmiz. Sen o‘zingni sotasanmi, pochkangni sotasanmi bizga poxxuy. Pul yuvor. Enangni umraga yuvorish, xeshlarga to‘yana berish, tualeti yo‘q uy zaliga usti zarli lipka yopishtirish, tandir dostavka qilib yeyishimiz kerak. Biz hech qaerda ishlamay oy so‘ngida sendan keladigan pulni kutib o‘tiramiz. Sen pul yubora olmasang o‘lib ketganing yaxshi ashag‘larda»
Shaxrisabzlik bu yigit Rossiyada ko‘cha supurdi, qor kuradi, daraxt kesdi, qurilishda armaturga simburg‘i qildi, shaurmaxonada oshchi, mebel fabrikada ishchi bo‘ldi. Kovid paytida kur'er bo‘lib ovqat dostavka qildi. Yemadi, ichmadi, o‘ris po‘rislar tashab yuborgan eski uvadalarga o‘ranib yurdi.
Illo o‘sha parazit, ebto‘ymas, hayoti yolg‘on va pont bilan o‘tayotgan qarindoshlariga ming yuvorsa bo‘ldi.
Ammo, Rossiya quyoshi botib, dollar ko‘tarilib ketdi. O‘risyurtda ishlash nevigodna bo‘lib qoldi.
Shaxrisabzlik yigit «dakument taxlab» Vangriya poytaxti Budapeshtdagi samsung fabrikasiga ishga jaylashvoldi.
Ish zaxar zaqqumga to‘la akkumlyator sexida. Har kuni 12 soat ishlasa oyiga 1200 dollar topadi. Yashash joyi zovut yerto‘lasidagi yotoqxona. Tekin bo‘lganidan keyin zaxligi bilinmaydi. Yeb ichishni 200 dollardan oshirmaslik kerak. Chunki, Shaxrisabzdagi parazitlarga bir qog‘oz yuvorish kerak.
Bu yigit shu 1200 ni ammallayman deb, tunda ham ishga chiqa boshladi. Ammo akkumlyator sexidagi radiatsion fon va qo‘rg‘oshin changi oqibatida yigit ozib to‘zib kasal bo‘ldi.
Ashnalarining gapiga kirib, Budapesht Berlin avtobusiga minib Germaniyaga keldi. Ve'tnam kafesining oshxonasida «bezdakument» ishlab boshladi. Ammo uch kun o‘tmay kuxnyani «ordnungchilar» bosdi. Bu qonun qoidalarini tekshiradigan maxsus polis guruxi.
Kafe egasi astronomik shtrafga tortildi. Shaxrisabzlik yigitni esa qo‘liga kishan solib «apkirib» qo‘yishdi. Erta indin deportatsiya bo‘lib Shaxrisabzga boradi.
Yigitni deportatsiya qamag‘iga olib borgan polis asli tagi hindistonlik. U yigitning o‘zbek pasportidagi fuqaro degan so‘zni o‘qib kuldi. Xind tilida fuqaro «tilanchi» degan ma'no berarkan.
Deportatsiya qamag‘idagi tagi turk nozir esa qo‘lidagi telefonni yigitga ko‘rsatib «o‘zbek qardoshlarning ahvoli bundaymi» deb so‘radi.
Lavhada o‘zbeklar Rossiya qorlarida emaklab yurardi.
«Yerlarda hasharot kabi¸ ochlikdan zorlikdan gezarib labi, ojiz, mahkum, xor va betadbir, non deya, non deya surunib kechmishdir….
MS: Bechorolo. Ënqi narsa boyoqini ichinda palonima guladi davadi Navoiy otomiz.
Jingl
Ma'naviyatchining bir kuni. Tongdan oqshomg‘acha
U Toshkentdagi yozg‘uvchilar uchun berilgan imtiyoz uyida qo‘shiq ovozidan uyg‘ondi.
Xotini qo‘shiq sadolari ostida yumurto qovurar va naqorat so‘zlarini ashlachiga qo‘shilib aytardi.
Moy paren ne gotov na bolshie dela
I ya xochu teper takogo, kak Putin
Takogo, kak Putin, polnogo sil..
(Erim lapashang. Menga Putindaqa er kerak yaxshilab solishga degan mazmundagi qo‘shiq)
Ma'naviyatchining ikki o‘g‘li uyg‘onib siyib chiqqani tualet talashishayotgandi.
Kattasi 11 yoshda. Ismi Islom. Kichigi yettida ismi Shavkat.
Ularning har biri o‘z qulog‘ida doimiy o‘rin olgan ayrpodda qo‘shiq eshitishadi.
Ma'naviyatchi ota har kuni kia mashinasida bolalarni maktabga eltib qo‘yadi.
Uning qo‘shnisi yosh avlod vazirligida ishlaydi. Anavi yaqinda sport vazirligini uchga bo‘lib ajratib tashkil etilgan yangi kontora.
Qo‘shni bilan birga garajga tushishdi. «Bilat zelen naglet qivotti» deb siyosatdan gapirib ketdi vazirlikdagi qo‘shni.
Bachalarni xuvv uzoqdagi elitniy o‘ris maktabga eltgan ma'naviyatchini TVda kutishayotgan edi.
«O‘zbek tilini rivojlantirish kerak. O‘zbek tili degan pishloqni kemirayotgan kalamush kurma sichqon o‘ris tilini cheklash kerak”, deb otashin nutq o‘qidi.
Shundan keyin «Biz hech kimga karam bo‘lmaymiz. Bizning armiya eng kuchli» degan dokladni Bosh prokuratura xodimlari politzanyatiyasida o‘qib tashadi.
Prokuraturadan chiqib, Rossiya elchixonasi berayotgan tekin ziyofatga borib «abet qildi».
Elchixonadan chiqib, ona tilini qo‘llab-quvvatlash vazirligi, tarbiya qo‘mitasi va chollar uyushmalariga bir bir bosh suqib chiqdi.
Keyin yana maktabga qarab moshin surdi. Bachalarni olish kerak. Maktab direktori anavi zamminstrning ikkinchi xotini svejiy umradan kelgan Sumayya Sultanovna kutib turgan ekan, zaxrini sochdi.
«Shavkatik stal ochen neposlushniy. On skazal gadosti pro Islamchika.»
Bollar direktor nima deganini eshitgani ham yo‘q. Ularning qulog‘i band edi.
Faqat katta o‘g‘li Islom «Opazdivaesh papan. Eto neporyadok.» deb g‘o‘ldirab, direktorga qarab, «Dosvidos uchilka» deya qo‘l siltadi.
«Men bulardi yoshida o‘rischani yaxshi bilmasdim» deya ichi faxrga to‘lgan ma'naviyatchi, ikki o‘g‘lini moshnga solib Sergelidagi «Usamo Bin Lodn» nomli arab tili kursiga zing‘illatib obordi.
«O‘lsam ustimda tilovat qiladi» deb har oyiga palon pul to‘lab o‘qitayotgandi.
Oldingi oy kurs rahbari bo‘lgan xojaka o‘quvchi o‘g‘il bolalar bilan tualetda oral seks qilgani uchun qamaluvdi. Xozir yangisini yuvorishibdi. Bunisi umuman qizlarga qaramaydigan hezim bashara aseksual analsekschi tip edi. Gapni shikoyatdan boshladi.
«Shavkat nuqul telefonda porno ko‘rib o‘tiradi. Zamechaniya qilsam tushunmaydi. Menga idi naxxuy dedi» deb zorlandi hezimxojaka.
«Endi taqsir, bu yomon gap emasligini o‘zbek olimlari aniqladi. Men oyiga to‘lagan pul o‘sha gap uchun kompensatsiya» dedi ma'naviyatchi ota.
«Kelasi oydan to‘lovni Amerika dollarida obkesangiz.»
«Xojaka amerika yomonu puli aziz ekanda» deb askiya qilgan ma'naviyatchi shoshib qo‘lidagi soatiga qaradi.
Soatga esemes kelgandi. Ikki soat vaqtni unumli o‘tkazish imkoni.
Pokiza rux vazirligida ishlaydigan Madinochka bilan Novzadagi saunaning alohida xonasida uchrashishdi. Ne baxtki ikki otash dil orzulari ushalsa mangu, ne bahtki visol sevgiga muhabbatni qo‘sholsa mangu.
Saunadan chiqib Madinochkani vazirlikka tashagan ma'naviyatchi o‘n minut vaqt ketkazib telefonni moyka qildi.
«o‘zbegim dunyoda yagona» degan mavzuda tvit yozdi. O‘zbek bayrog‘ini ko‘tarib turgan temir bovo rasmini AIga chizdirib instaga qo‘ydi. FBda Eltuzchilarni vatangado deb so‘kdi. Keyin mashinasida Putin maqtalgan qo‘shiqni qo‘yib, bachalarni arab tili kursidan olishga shoshdi.
Yo‘l yopilib, probka bo‘lgandi. Yurtboshining ma'naviyat haqidagi tasviri turgan led pannoga kimdir hak qilib kirib, Jirinovskiyning Ukrainka qiz bilan seks qilib turgan videosini translyatsiya qivoribdi. Shuni emches o‘chirolmay yo‘lni yopib qo‘yibdi.
Bir pasdan keyin telefon jiringladi, «Papa osvobodi menya. Pridurki nas zaderjali» deya katta o‘g‘li Islom hingillab yig‘ladi.
Davlat osoyishtaligi vazirligi qamoqxonasiga abkirib qo‘yishibdi Shavkat bilan Islomni.
Islom led pannoga porno qo‘ygan va Shavkat Suriyadagi chechen xojakaga O‘zbekiston armiyasi dislokatsiyasini sotgan.
Kun kech bo‘lgandi. Ma'naviyatchi «xotinim qo‘rqmasin» deb bollar qamalganini xotiniga aytmadi.
«Bollar bugun maktabda vitr nomozi uchun yotib qolar ekan. Men kech boraman» deb esemes jo‘natdi.
Vazir aralashdi, Ësh Itlar kapil bo‘ldi. Kechki soat birda bollar qamag‘dan ozod bo‘ldi.
Ota va ikki o‘g‘il yarim tunda uyga qaytishdi. Yarim tun bo‘lishiga qaramay, ular turadigan pod'ezd odam bilan to‘la edi.
Mahalla imomining to‘rtinchi xotini bir gala ampatrul va avrat qorovullari hamda parazit blogerlar bilan kelib ma'naviyatchining xotinini imom bovo bilan ushab olishgandi.
Qop qora soqolli imom bovo ma'naviyatchining xotinini sikib turganida qo‘lga tushgandi. Qip yalang‘och imom bilan emachaklari osilgan xotinni blogerlar dopros qilardi.
«Tarqalish hammang. Ma'naviyatni m xarpi yo‘q sanlarda. Shaxsiy hayot erkinligi degan narsani tushunasanlarmi.»
Ma'naviyatchi mashxur kino finalidagi King-Kong kabi baqirib, o‘zining eng otashin nutqini irod qildi.
Odamlarga gap ta'sir qilib tarqalishdi. Imom bovo ham «bu siz o‘ylagan narsa emas deya» yerda yotgan ishtonini kiyib choponga o‘ralib xotiniga o‘shqirdi. » Jaxannamdagi asosiy kontingent xotinlar bo‘ladi. Sen eng to‘rida yonasan. Chunki aybimni bekitmading. Musulmon musilmonning aybini bekitsa, jannatga tushadi»
Ma'naviyatchi charchagan edi. Ertaga kun bo‘yi rejalangan ishlar bor. «Yur xotin, ketdik bu yerdan. Joydi sol. Uxlaylik. Ota turk aytganidek uxlagan odam ertasiga hamma narsani unutib uyg‘onadi.»
Bu aqlli gapdan xotin xursand bo‘ldi.
Tushungan va o‘qigan er baribir yaxshida. Davayte spat, dedi xotin.
MS: Bir tiyina garakmiydi shu manaviyat kontorosi. Lekin o‘g‘ri ko‘paldi. Qottiroq ushosh garak. Prokuror nera qorob o‘tiribdi
Prokuror nimaga kerak?
«Kambag‘al, yo‘qsil va qashshoqlarga bepul tomoq tarqatish, eri o‘ris armiyasida o‘lgan bevaning uyini oqlab berish» prokuraturaning vazifasi emas.
Prokuraturaning vazifasi mamlakatdagi qonun ustovorligini ta'minlash, jinoyatga qarshi kurashishdir.
O‘zbekiston Bosh prokurorining prokuratura bayramidagi tabrik va'zidan kelib chiqilsa prokuratura xuddi Gaydar hikoyasidagi pionerlar komandasiga o‘xshab ketdi. (Gaydar hikoyasidagi komanda beva kampirlarga yordam berib yuradi) Otabek Murodov Bosh prokuror bo‘lgan paytda prokuratura matbuot uchun maksimum ochiq bo‘ldi. Surayyo Sattorova media yulduziga aylandi. Poraxo‘r prokurorlar qamaldi.
Joriy Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevni yurfakka qaytarib, «Prokuratura nimaga kerak» degan temada qayta o‘qitish kerak.
Naftalin xidi keladigan, siyib kelish uchun ham kattalardan rusxat so‘raydigan samaotvodchining prokuratura xodimlari kunida aytgan gapi kadrlar siyosatining tupikda ekanligidan dalolat.
MS: Og‘o sho‘rda jort attirib tormozo bosip, ruchnoyni kutaring. Oching alni. Uring yonqi potyani…
RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!
Rassom Tuz