Asosiy mavzular
31 yanvar 2024

Turkiyada O‘zbekistonlik firibgar ayol qo‘lga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida  fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini Firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib 2016 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 66 yashar RITA XALILOVA joriy yilning 13 yanvar kuni Istanbul shahrida qo‘lga olingan edi.

Bugun Rita Xalilova O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. 

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi» deyiladi rasmiy xabarda.

Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi. Videolarimizga layk bosing, kanalimizga obuna bo‘ling. 

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Askarlikdan qaytganimda bir milliyatchi edim. Ammo ikki yil davomida o‘qiganim butun adabiyotlar rus tilida edi. ...
25 noyabr 2017
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev 20 noyabr kuni ta'lim tizimi xodimlari bilan o‘tkazgan majlisida o‘qituvchilarga «oylik berishning yangi sharti»ni ...
2 oktyabr 2015
29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ...
22 yanvar 2021
Salom, mening sadoqatli do‘stlarim va dushmanlarim! Sizlar bilan ekran orqali diydorlashishni bir hafta orziqib kutdim. Shodligu g‘amimni siz bilan ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...