Asosiy mavzular
23 fevral 2024

Gipnoz ta'siriga tushmaydigan odam – RTdan va'z

Shu kunlarda bahorga zorman,

Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.

MS: O‘g‘lon qistonor, tut voxtinda pishar. Hali qollivoch qonotindo qoy gatiradi, Bir suri qoylo vo. Qoydirib qoydiriparado‘n qoylo. Nichiksizla, mo‘chchi oybika, xo‘jik brrilo. Yuripmisla hazzatip yolg‘onchido…

RT: Matchonboy, borni bor, yo‘qni yo‘q o‘rnida ko‘rish va tanqidiy tafakkur lozim. Seni toptamoqchi, yurtingni tortib olmoqchi va seni ona tilingdan judo qilmoqchi bo‘lgan bosqinchi bilan bir darsurxonda o‘tirish naqadar ayanch va tuban.

MS: Og‘o, gunim uchun gundashimni bolosino ollo oytoman, dyan akan zamminstrni ikkinchi xotini. Bu yoshullinam ichinnan o‘tkanini ishtoni biladi…

RT: Ag‘darilishi aniq bo‘lgan devorning qiyshiq tarafida turilmaydi. Bosib qoladi. Rossiya shu qiyshaygan devor.

MS: Og‘o lekin, o‘rtoq prezident Mirziyoev mo‘llo zotino qorop ataka boshlodi. Yurt bzilso mo‘llodon, el buzilso eshonnon boshlonodi. Mo‘lloni qonnino qoro qoziq…

RT: O‘zbekiston prezidenti Buxorodagi  hujrada mulla 12 ta bolaga dars berib, topgan nomaqbul pulini direktorga pora bergani Direktor esa  darsga kelmagan bolalarga 5 baho qo‘yib kelib borlama qilib qo‘yganini tanqid qildi.

Video

MS: xozirqi zombilani ko‘pi hujrada atilgan…

Musappo osmon nyus

Chinozdagi 1-maktab o‘qituvchisi 7 sinfda o‘qiydigan bolaning urib boshini yordi.

MS: Ibiy boxtim qoro. Og‘o ishitdingizm Mongitdo 7 klass qiz bg‘ozmish.

25 yashar o‘zbek Istanbulda bir turkni o‘ldirib o‘ligini gilamga o‘rab skotchladi. Qotil o‘z hamyurti 33 yashar o‘zbekka shu gilamni musorga tashashni iltimos qildi. 33 yashar o‘zbek o‘zi bilmagan xolda gilamga o‘ralgan o‘likni musorga tashlagan paytda polis qo‘liga tushdi. Qotil esa qochib ketdi. 33 yashar lox o‘zbek Moltepa qamag‘ida.

MS: Ishonmag‘in do‘stingga, somon diqar po‘stingga…

RT: Muborakdagi Pomuq Alan Nishon yo‘lidagi ko‘prik ontarildi. Ustidan o‘tayotgan yuk mashina og‘irligini ko‘tara olmadi.

MS: Sipatsiz ko‘pir savodsiz sho‘pr. Ëzib qo‘yibdi, 8 tonnadan ziyod yuk minmasin dap. Yo‘q, bloro gap kor atmiydi. Navoiy otes oytvadiqu, bir narsani sombirdonip.

Video, titr.

Institutni bitirib, qisqa muddat tuman madaniyat uyida afisha chizadigan rassom bo‘lib ishladim. 1984 yili.

O‘shanda, Madaniyat uyiga Rossiyadan gipnozchi kelib tomosha ko‘rsatdi. Charskiy edi ismi.

Men afishalarini chizib berdim. Tomoshadan oldin unga “meni gipnoz qilib ko‘rchi” deb iltimos qildim.

U meni turg‘azib qo‘yib o‘ngacha sanattirdi. U aytib turdi sanoqni men takrorladim. Tamoyil bo‘yicha 8 yoki 9 raqamiga kelganda uxlab qolishim lozim edi.

Ammo men uxlamadim. “Gipnoz ta'sir qilmaydigan odam ekansan” dedi Charskiy. Uning aytishicha, qanchadir foizga gipnoz kor qilmas ekan…

1989 yili norasmiy “Birlik” tashkilotining viloyat bo‘yicha hamraisi maqomida edim. “Yo‘qolsin zulm”, “Yashasin hurriyat” deya mitinglar qilgan ro‘montik davr edi.

O‘sha davr rahbari Mixail Gorbachev “Rahbarlar norasmiylar bilan muloqot qilsin” deya amr berdi.

Viloyatning 1989 yildagi rahbari Reymajon Xudoyberganova degan ayol edi. To‘ladan kelgan va zangori ko‘zlari mehr bilan boqadigan hukumat xotin.

Hullas, bu rahbar norasmiylarni obkom binosiga to‘plab uchrashdi. Bir millionlik Xorazmda 18 ta norasmiy bor ekan.

Xalqaro jug‘rofiya qo‘mitasi a'zosi, Kaspiy suvini Orolga oqizish g‘oyasiga chalingan Ozod aka Husainov (hozir marhum), Haykaltarosh Soliy og‘a Qodirov, Yangibozor soliq idorasi boshlig‘i Mansur aka Sodiqov va men yana ismlari esdan chiqargan jami 18 kishi.

Bu raqamni eslaganim sababi, kiraverishdagi milisa budkasiga ro‘yxat berilgan edi. 18 inchisi qani deb milisaning budkadan kallasini chiqarib so‘ragani esimda.

Obkomning gilam to‘shalgan yo‘laklaridan ketib boryapmiz 18 ta juldurvoqi.

Silliq kiyingan, bo‘yinbog‘ osgan mulozimlar bizga oshig‘ich havotir va qo‘rquv bilan qarab qo‘yishar edi.

Ular nazarida biz juldurvoqilar hokimiyat atalmish sakral hududningg muqaddasligiga shak keltirgan edik.

Masalan, men bilgan bir yigit Obkomga instruktor bo‘lib ishga kirish uchun 14 ming so‘m (bitta 06 jiguli avtomobilining bozor narxida) pora bergan edi.

Ular ne mashqqatlar bilan kirgan bino gilamini qandaydir juldurvoqi-norasmiylar bemalol toptayotgani mulozimlarning jon-jonidan o‘tib ketgan edi.

Ammo bu mulozimchalar e'tirozini ichiga yutishga majbur edi.

Chunki, mamlakatda perestroyka va glasnost siyosati yura boshlagan edi.

Ikkinchi qavatdagi kichik majlislar zalining dumaloq stoli atrofida tizilib o‘tirdik. Bino tashqarisida jahdimiz ancha baland bo‘lgan biz norasmiylar hokimiyat binosining salovati bosib muloyim mushukdek bo‘lib qolgan edik.

Ba'zilarimizning yuzida “muxolif-norasmiy” bo‘lganidan iymanish alomatlari ham zohir bo‘lgan edi.

Xonaga viloyat partiya qo‘mitasi mafkura kotibi o‘rtoq Rahmonov shitob bilan kirib keldi. Sochlari silliq taralgan, Chili rahbari Salvador Aliendi rusumida katta gardishli ko‘zoynak taqqan, och qahva rang fin kostyumiga Lenninniki kabi no‘xot gulli qora galstuk taqqan jiddiy  mulozim.

U kishi o‘z bepisandligini, kibrli tabassum ostiga yashirib “Mana bahonada obkomni ham ko‘radigan bo‘ldingizlar” dedi.

Bu gapni “Siz juldurvoqilar ham bir narsa ko‘rdingizlar mazmunsiz umringizda” deya tushundim men.

Sal o‘tmay instruktor va kotiblar kurshovida viloyat rahbari Reymajon opa kirib keldi.

Oppoq yuzli bu ayolning gigant ko‘kragida SSSR xalq deputati znachogi tashqaridan tushgan quyosh nurida yaltillab ketardi.

Opa bizlarga huddi sho‘xlik qilib uydagi piyolani sindirib qo‘ygan bolasiga qaragandek mehr aralash achinish bilan boqardi.

“Muloqot” boshlandi. Opa gapirdi, biz esa mahliyo bo‘lib, minnatdor ko‘zlarimizdan rozilik uchqunlarini jovdiratib qarab o‘tirdik.

Reymajon opa, biz noshukurlarga viloyatning ertangi nurafshon manzarasini gapirib berdi.

Xazoraspda vertolet parragi chiqaradigan zavod quriladi, Urganchda esa pombarxit to‘qiydigan sex, Gurlanda tugma chiqaradigan fabrika, Xonqada tsement zavodi, Shovotda esa teplitsa…

Opa gapirgan sayin, biz 18 ta norasmiy issiq choy ichida erigan qand kabi eriiiib borar edik.

Odamlar mushtlarini lunjlariga qo‘yib, opaning gaplarini yutoqib tinglashar edi. Men ham viloyatning rangli hikoyasiga ishona boshlagan edim.

Nihoyat opaning ma'ruzasi tugadi. U huddi ishg‘ol qilingan shaharning mute aholisiga qaragan g‘olib sarkardaga mengzar edi.

Savollar bormi? – dedi Reymajon opa.

Jamoa ko‘zlarida “qanday savolam  bo‘lishi mumkin axir shunday olam-guliston gaplardan keyin” degan sassiz mujda bor edi.

Reymajon opa mafkura kotibi o‘rtoq Rahmonovga qarab “Bularni obkom avtobusiga chiqarib butun qurilayotan ob'ektlarni ko‘rsating” deb amr berdi.

Mashvarat shu yerda tugashi kerak edi. Ammo Charskiy aytganidek, menga “opaning gipnozi” deyarli ta'sir qilmagan edi.

“Mumkinmi” – deb o‘rnimdan turdim. Opa va o‘rtoq Rahmonov menga hadik bilan qaradi.

“Kecha TV da Kashpirovskiy degan ekstrasens chiqib, ommaviy muolaja qildi¸ ko‘rdingizmi?“- deb so‘radim viloyat rahbaridan.

“Bu bola biror yomon gap aytadiyov” deb havotirda turgan opaning yuziga tabassum yoyildi.

– Ko‘rdim, menam belimni tutib o‘tirdim  TV oldida. Foydasi bo‘ldi shu Kashpirovskiyni” dedi Reymajon opa huddi qo‘shni ayol bilan gaplashgan kabi.

Bu orada ichimdan ruhiy kuch to‘plab olib,  hujumga o‘tdim.

– Kashpirovskiy siz kasal emassiz, sog‘siz, deb bizni ishontirmoqchi bo‘lgani kabi siz ham bir soat davomida viloyatda hamma narsa gullik – gulistonlik deya bizni ishontirmoqchi bo‘ldingiz. Xolbuki viloyat ekologik fojeaga mubtalo. Shakar, yog‘, un kabi yeguliklar peshtaxtalarni tark etgan, go‘shtning kilosi bir hafta ichida 100 foiz qimmatladi, shakarniki ham…

Mening bu gaplarimdan keyin, qolgan 17 norasmiy ham gipnoz uyqusidan uyg‘ona boshlagan edi.

Birinchi munosabat o‘rtoq Rahmonovdan keldi. Qo‘lidagi papkani jaxli bilan stolga urgan Rahmonov opaga qarata, “aydimku sizga bu noshukurlar bilan muloqot foydasiz” dedi.

Opa kelinini qarg‘agan qaynona kabi javrab, sizlar demokratiyani anarxiyaga aylantirib oxir oqibatda  Boltiqbo‘yidagi kabi vaziyat keltirib chiqarib, SSSRga hiyonat qilasizlar,  deb chiqib ketdi.

Oxirda qolgan instruktor bizga yo‘lni ko‘rsatib qo‘ydi. Uni ko‘z qarashidan “kavushini to‘g‘irlab” qo‘ydim bularning degan ma'no tushunilar edi.

Sekin chiqib ketdik. Norasmiylar jamoasi minnatdor edi mendan. Cho‘qqini ishg‘ol qilgan alpinistlar sovuqda uxlab qolsa, o‘lishini bilgani bois doimo bir-birini g‘aflatdan uyg‘otib turadi.

Cho‘qqini ishg‘ol qilishga jazm qilgan yo‘ldoshlarimni sovuqda qotib o‘lishdan qutqargan alpinist kabi g‘ururli edim.

O‘sha kungi holatim shoir Muhammad Solihning she'rida tasvirlangan manzara kabi edi.

Hamma uxlar.

Uxlaydi barcha.

Yolg‘iz qolding darcha yonida –

Yolg‘iz hazm bo‘lmagan parcha

Ulkan qushning jig‘ildonida.

Ulkan qush jig‘ildonida hazm bo‘lmaslik uchun bedorlik lozim. Erkinlikning mazmuni esa kurash. Urishda turish yo‘q deydiku. Siyosat parket to‘shalgan kabinetlarda emas, maydonlarda, mitinglar bilan qilinishiga o‘sha kuni aqlim yetgan edi.

Va albatta keyingi qadam o‘laroq stadionda mitingga chiqdik.

Uzatgan qo‘llarimiz istiqboliga qarata uzangan minglab qo‘llardan kuch olgandim o‘shanda.

Bizda adminstrativ resurs ham, boy homiylar ham yo‘q edi. Faqat maydon va o‘sha maydonga to‘plangan odamlarning ruhiy quvvati bor edi.

Maydon bizning yagona tayanchimiz edi. Agar maydondan judo bo‘lsak, hassasi olib qo‘yilgan chol kabi qulab tushar edik.

Ammo, men tushungan narsani “norasmiy”  harakatning Toshkentdagi rahbarlari tushunmadi.

Ular gilam to‘shalgan kabinetlardagi mulozimlar gipnoziga berilib, birin ketin ommaviy mitinglarni to‘xtatishga chaqirishdi.

Harakat rahbarlari mitinglar va maydon siyosati o‘rniga murosa, andisha, madora kabi samarasiz instrumentlar alximiyasiga ishonib, pirovardida xech narsasiz qolishdi.

Maydonlarda chopishi kerak bo‘lgan otlar otxonaga qamaldi.

Endi bo‘ron ularning yollari ichida bir umr uxlashga mahkum edi…

PS

Bu gaplarni nega yozdim o‘zi? Nega?

 O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning 18 nafar vatandosh bilan uchrashuvini  yutubda ko‘rib esladim bu gaplarni. Uchrashuv qatnashchilarining gaplari esa 1947 yili suratga olingan “Zolushka” filmidagi aslzoda onaning ikki qizi bidirlab aytganlariga mengzadi.

Shahzoda menga uch marta qiyo boqdi va bir marta tabassum qildi” deya maqtangan qizaloqnimg gaplarini minnatdor ona daftariga patqalam bilan  yozib qo‘yadi.

MS: Tarbiyaviy ahamiyata ega bo‘lg‘on kino akan. Og‘o oniq novvi bo‘lvadi o‘zi?

RT: Agar tovuq kamaysa, bilingki, tulkilar ko‘payibdi. Agar tulkilar ko‘paysa, bilingki, bo‘ri keksayibdi!

MS: Qo‘ying bo‘rini og‘o. Kadiladan so‘llang.

RT: Zamonaviy yosh qizlar lug‘atida «sevgilim, yigitim» degan so‘z bor. Sal sun'iy va tarixiy ildizi yo‘q so‘z. Xorazmda esa bu so‘z «kadi» deya sal tabiiy aytiladi.  «Yigiti bor» degani bu status degani. «Yigit» ayfon aberadi, restoranda bu qiz yemagan yegulikni yediradi, ichiradi, ustvosh, prikid aberadi. Shundoq dars tugagach, qo‘ng‘iroq qilib «asalim mani obketing» deyilsa g‘izz etib malibuda kelib, dugonalarini ko‘zini kuydirib, tachkasida obketadi. Mabodo, taksida o‘tirsa bu qiz yigitiga telefon qilib, «hayotim, jonim, bolim, shakarim va xk» deb gaplashib qo‘ysa, taksist shilqimlik qilmaydi.

Bu hizmatlarning evaziga qiz o‘z bokiraligini saqlagan xolda yigitning ko‘nglini ovlab yuradi. Qiz «takkooy» bo‘lsa, yigit uchun ham ochko. O‘pishish, quchoqlashish, anal, oral. Xullas seyfi seks.

Endi bir kam dunyoda yigit, bo‘libam, moshini, puli, qaddi qomati bor yigit barcha qizlarga ham yetavermaydi.

Kimdir porasiz qoladi. Menimcha bu  ham normal.

Ammo o‘zbek jamiyatida yigiti yo‘q qiz bo‘lish xatarli.

Shilqimlik qilishadi erkak zoti. Bundan tashqari yigiti bor dugonalar oldida o‘zingni noqisu kemtik sezasan.

Iqtisodiy tomoni ham bor. Ayfon, prikidga bitta qizning sarvatiyu qudrati yetmaydi.

Bu kemtikni to‘ldirish uchun qizlar yolg‘ondan «yigitim bor» degan teatrni qilib yurishadi. Telefonda «yigiti» bilan «gaplashishadi»

14 fevral sevishganlar kuni yigiti yo‘qlar uchun tragediya, fojea bo‘ladi. Bilat. Boshqa qizlarga kampit, valentinka va dasta-dasta gullar keladi. Lavash, pitstsa yoki keftsiy yeyishadi namoyishkorona. Bijildoq suvlar ichishadi yashshamagurlar.

Yigiti yo‘qlar odamning yortisimi? Ular ham muhabbat sharobidan no‘sh aylagisi keladi.

Bu xolatda Toshkentdagi alfons eskort shirkatlari qizlarga taklif bilan chiqdi.

Qizgina agar bir million so‘m to‘lasa, u aytgan joyga malibuda baland bo‘yli sport qomatli yigit bir dasta gul ko‘tarib boradi. Keyin ular shu byudjet doirasida bitta kafeda o‘tirib, tort yeyishadi, kinoga borishadi. Bo‘ldi. Bir millionlik teatr tomoshasi shu. Ammo qiz bola masalan yana ham krutoy mashina yoki brend restoranda yemak yegisi kelsa, bu alohida dogovor qilinadi va sal qimmat bo‘ladi.

Bu xuddi 31 dekabr kuni qorbobo zakaz qilgan kabi tomosha.

Masalan, qiz bola qimmat sovg‘a istasa, shu sovg‘aning pulini oldindan to‘lab qo‘yaadi.

Buni alfons eskort firmasidagi Alfons Muxa laqabli artist bola zo‘r qilib taqdim qiladi.

Pont deymizmi, yoki o‘z ko‘nglini ko‘tarish uchun zakaz qilingan shoumi. Menimcha sen rozi, men salomat, degan yaxshi narsa bu.

Eng muhimi, qizlar o‘zlarini kamsitilgan his qilmaydi. Alfons erkaklar qo‘liga biroz pul tushadi. Ularning ham orzulari bor. Pul bu qiz bolaning qo‘lidagi kir. Pul topiladi, lekin obro‘ topilmaydi.

Ne baxtki, visol sevgiga muhabbatni qo‘sholsa mangu, ne bahtki ikki otash dil orzulari ushalsa mangu.

Kurva kokain pirduxtorlar.

MS: Uring potyani.

Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2023
Hali rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi ishdan olingan sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jaev 16 yanvar ...
26 avgust 2021
Afg‘onistonda toliblar o‘zbek tilini maktab dasturidan chiqarib tashladi. Bu haqdagi xabar va dars jadvali 24 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda ...
17 avgust 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
22 may 2019
Malika Sobirova 1942 yilning 22 mayida o‘zbek naychisi Abdurahim Sobirov va osetiyalik shifokor Madina opa oilasida tug‘ilib, yoshligidan nafosatga ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...