Asosiy mavzular
16 mart 2024

Tikuv mashinasi uchun subsidiya, gaz, svet va yo‘l muammolari – EP125

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Xorazmdan. Bog‘otlik ayol tikuv mashinasi haridi uchun subsidiya olmoqchi, biroq uni ishsizlar ro‘yxatiga kirgizishmayotgan ekan.

“Men – Havojon Qurbonova, Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Bog‘zor mahallasi Bog‘ichinor ko‘chasi 29-uydan murojaat qilyapman. 2023 yilda mahalla tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan edim. O‘zimni o‘zim band qilganim holda subsidiyaga tikuv mashina olmoqchi edim. Muammo shundaki, tuman bandlik markaziga borib, ishsizlar ro‘yxatiga qo‘ydirishim kerak ekan. Men tuman bandlik markaziga bir necha bor borib ariza bermoqchi bo‘ldim. Ular ariza qabul qilmaslik uchun yolg‘on gapirib, fuqarolarni sarson qilmoqda. Ishsizlik ro‘yxatiga kiritish va ariza olish vakolati ulardan olinib, mahalladagi hokim yordamchisiga o‘tkazilgan emish. Shu rostmi? Mutasaddilardan tikuv mashina uchun subsidiya ajratilishida ko‘mak so‘rayman” deya yozmoqda bog‘otlik ayol Eltuz portaliga.

Keyingi shikoyat maktubi Surxondaryodan. Sariosiyoliklar tok kamligidan qiynalishmoqda

«Assalomu alaykum! Men bir qator tadbirkorlar nomidan murojaat qilmoqdaman.

 Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tok juda pastligidan shikoyat qilmoqdamiz, Sariosiyo TYeTK murojaatlarimizga e'tibor bermayati.

Qish fasli boshlaganidan beri, to‘g‘ri ishlaganimiz yo‘q. Svet bor, kuchlanish juda past.» Deya yozmoqda sariosiyolik tadbirkor.

Kattaqo‘rog‘onga esa 75 kundan beri suyultirilgan gaz yetib kelmayapti. Navbatdagi maktub Samarqand viloyatidan.

«Assalom alaykum xurmatli ELTUZ  mening murojaatim aholiga yetkaziladigan suyultirilgan gaz masalasida.

Samarkand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Valijon mfy dan murojaat qilmoqdaman. Oxirgi marta suyultirilgan gaz balon kelganiga mana 75 kundan oshmoqda, lekin hech bir mas'ulning bu bilan ishi yo‘q. Agar imkoni bo‘lsa shuni yoritsangiz, zora suyultirilgan gaz balonga mas'ul shaxslar insof qilib qolar.» deya yozmoqda kattaqo‘rg‘onlik Eltuz obunachisi.

Keyingi murojaat Surxondaryoning Angor tumanidan.

“Surxondaryo viloyati Angor tumani Katta Qum mahallasi ko‘chalari ta'mirtalab. Yog‘ingarchilik kunlari maktab o‘quvchilari loyga botib qoladi. Piyodalar uchun ikki tomonlama yo‘lak qilib berilsa edi…” deya yozadi angor turg‘uni. Videoda loyga botgan yo‘ldan maktabga borayotgan bolalar aks etgan.

Farg‘ona viloyatida ham shu ahvol. Ko‘chalar loy va chang to‘zonga botgan.

 “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Qizilariq mahallasi Shahriston ko‘chasidan yozyapmiz. Ko‘chamizda 150 dan ortiq xonadon bor. Qo‘shni ko‘chalar bolalari ham shu yo‘ldan maktabga qatnaydi. Lekin yo‘limizga ko‘p yildan beri pul ajratilmagani sabab achinarli ahvolga kelib qolgan. Ko‘chamiz loy va changligidan maktabga borayotgan bolalar va yoshi ulug‘ keksalardan xavotir olamiz, yiqilib tushishmasa edi deb.

“Ochiq byudjet”da ovoz yig‘ib yutib olinglar deyishgan ekan, ikki marta ovoz yig‘dik. 2000 dan ortiq ovoz yig‘ilsayam pul ajratilmadi. Respublika va viloyat yo‘l idoralaridan amaliy yordam so‘raymiz” deya yozadi farg‘onalik vatandosh.

Va bu sizning e'tiboringizga bugun havola etganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izohlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
3 avgust 2021
Camarqandning Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida 21 iyul kuni boshlangan norozilik g‘alayoni 4 kun davom etdi, avtomatlar bilan qurollangan kuchishlatar ...
23 oktyabr 2018
O‘zbekistonda xorijning nufuzli universitetlari filiallari ochilishi ko‘pchilikni quvontiradi. Har holda bu filiallarda ta'lim sifati, bilim berish darajasi mahalliy oliy ...
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
9 yanvar 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...