Asosiy mavzular
19 mart 2024

The Diplomat: Fozilovning sanktsiyadagi Rossiya banklari bilan aloqalari

Re: Common olib borgan surishtiruvda Italiya davlat eksport kredit agentligi SACE, Baxtiyor Fozilovning muhandislik korxonasi va Rossiya shirkatlari orasida aloqalar borligi aniqlandi.

Rossiyaning Gazprombanki samarqandlik korchalon Baxtiyor Fozilovni go‘yoki bankrot deb e'lon qilgan edi.

O‘zbekiston Energetika Vazirligi 2021 yil Rossiyaning Vneshekonombanki bilan memorandum imzolagan. Memorandum Rossiyaning davlat investitsion banki, Gazprombank va boshqa investorlar birgalikda Qorako‘lda yangi gaz-kimyo kompleksi hamda Buxoroda maxsus iqtisodiy zona qurilishini ko‘zda tutadi.

Loyiha boshlangach Italiyaning I EN AY kompaniyasiga tegishli Versalis neft-kimyo bo‘yicha sho‘ba korxonasi va Baxtiyor Fozilovga tegishli Enter Engineering shirkati tenderda g‘olib chiqdi.

Enter Engineering loyihaning asosiy pudratchisi, u bilan birga Italiyaning boshqa kompaniyalari ham turli ta'minot yo‘nalishlarida tender g‘olibi bo‘ldi.

Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan, 3 milliard dollarlik sarmoyador Enter Engineering va Eriell neft konlari xizmati kompaniyasiga egalik qiluvchi Baxtiyor Fozilovning Rossiya bilan aloqalari isbotlandi.

Re: Common taqdim yetgan ma'lumotlarga ko‘ra, Italiya davlat kredit agentligi CAChYe 11.4 million yevro mablag‘ni dasturlash va dizayn (FEED) servisiga sarflaydi, loyihaga Enter Engineering firmasi Shotlandiyadagi Wood firmasining italiyan filiali orqali pudratchi sifatida qo‘shilgan.

Italiyaning Unicredit kompaniyasi loyiha shartnomasida “ob'ekt agenti” sifatida ko‘rsatilgan operatsiyaning yirik bo‘g‘inidir. Unicredit boshchiligida yana bir loyiha uchun 40 millon yevrolik shartnoma tuzilgan, ushbu loyihada O‘zbekistondagi polietilen paketlar ishlab chiqaruvchi zavodga dastgohlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Agar Enter Engineering o‘z majburiyatlarini bajarmasa va ta'minotchilarga pul to‘lamasa, u holda SACYe ta'minotchi kompaniyaga tovon to‘laydi, shu bilan birga Enter Engineering’dan qarzni qonuniy undirishga harakat qiladi.

Re: Common ma'lumotlariga ko‘ra, agar Enter Engineering kompaniyasi pul to‘lashdan bosh torca SACYe bu masalada Gazprombankka murojaat qiladi.

Fozilov va Gazprombank Kiprda joylashgan banklar orqali o‘zaro murakkab aloqalarga ega.

Agar ishlar aksiga olsa Enter Engineering kompaniyasining barcha aktsiyalari sanktsiyalangan Rossiya banki qo‘liga o‘tib ketadi. Italiyalik soliq to‘lovchilarning 300 milliard yevro mablag‘ini idora qiluvchi davlat sug‘urta kompaniyasi ham bu ehtimolni e'tiborga olishi shart.

2023 yilda Re: Common tomonidan olib borilgan surishtiruv hujjatlari ham Rossiya elitasi va Fozilov kompaniyalari orasidagi aloqalarni fosh qilgan. Bu ma'lumotlar loyihalardan asosiy manfaatdor Rossiyaning Gazprom kompaniyasi ekanligini anglatadi.

Surishtiruv haqida batafsil hisobotni Ulster Universiteti professori Kristian Lasslett e'lon qilgan. Fozilov bu hisobotga nisbatan: “Sizning ma'lumotlaringiz butunlay noto‘g‘ri, noaniq va noto‘liq” deya qant'iy va keskin javob berdi.

Biroq korchalon aniq fakt va hujjatlarga asoslangan hisobotning aynan qaysi qismi noto‘g‘ri ekanligiga to‘xtalmadi. Garchi bu shartnomalar Rossiyaning Ukrainaga agressiv bosqinidan avval tuzilgan bo‘lsa ham, O‘zbekistonga oid loyihada Rossiya yaratishi mumkin bo‘lgan tahlikalarni inobatga olib, bu aloqalarni qayta ko‘zdan kechirish kerak.

Re: Common o‘z hisoboti yakunida Italiya davlat eksport kredit agentligi SAChYe Rossiyadagi asosiy sanktsiyalangan bankka uzoq vaqtdan beri yordam berib kelayotganini ta'kidlaydi.

Siz THE DIPLOMAT nashrida bosilgan Paolo Sorbello maqolasi tahlili bilan tanishdingiz. Eltuz kanaliga obuna bo‘lishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
4 oktyabr 2024
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon ko‘zi qora qoshi qora yurtdoshlarim, mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz, betma ...
15 aprel 2022
Ramazon oyining juma kuni pasportiga qashshoq deya yozilgan ulus oldiga chiqib gapirarkan, aynan ro‘za oyi bo‘lgani uchun ham hissiyotlarimni ...
21 aprel 2023
Bugungi juma va'zini qisqa yangiliklar bilan boshlasam. Qashqadaryo viloyat 1 sonli asab ruhiy kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi to‘rt yuz ...
18 aprel 2017
Oxirgi yillarda aksariyat o‘zbekistonlik yurtdoshlarimiz orasida Putin, Ramzan Qodirov va Erdo‘g‘on kabi avtoritar liderlarga hayrixohlik ortib borayotgani kishining diqqatini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...