Asosiy mavzular
2 aprel 2024

Shahrisabzda taniqli sambo sportchisi otib o‘ldirildi

Shahrisabzlik mashhur polvon To‘ra Avroqulovning otib o‘ldirilgani rasman tasdiqlandi.

Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan To‘ra Avloqulovning hayotiga suiqasd qilinganligi holati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi shaxs o‘zaro janjal davomida temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan qurol bilan shahrisabzlik polvon To‘ra Avlaqulovning bosh qismiga qaratgan holda bir marta o‘q uzgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan jabrlanuvchi T.Avloqulov 31 mart kuni vafot etgan.

Eltuz O‘zbekistonga oid xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni. Rahmat knopkasini bosib bizni moddiy qo‘llab quvvatlashni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
21 avgust 2019
So‘nggi kunlarda so‘mning keskin tarzda qadrsizlantirilishi sabablaridan biri oydinlashdi – hukumat naqd valyutani aholiga sotish amaliyotiga o‘tdi.  Shu vaqtgacha ...
16 sentyabr 2020
Vashington shtatidan o‘zini «mustaqil olim» deb atagan shaxs surgundagi o‘zbek ayirmachilarining yetakchisi uchun AQShdagi agent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Asli ...
13 yanvar 2021
Kun.uz professionallarni ishga qabul qilar emish. Katta maosh, ikki mahal ovqat. Sihatgohning o‘zi-ya! Bunday ishxonani qaerdan topasiz! Orzuga ayb ...
3 noyabr 2022
1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi mujda sifatida qabul qilindi. ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...