Madvazirlik degan Bermud o‘pqoni
Transokean kemalari birdan yo‘q bo‘lib ketadigan Bermud uchburchagi bor bahri muhitda. O‘zbekistondagi aksar vazirliklar, xossatan, Madaniyat vazirligi ana shunday Bermud o‘pqoni.
Agar okeandagi Bermud uchburchagida ulkan kemalar yo‘qolib ketsa. O‘zbekiston vazirliklari o‘pqonida davlatning pullari yo‘q bo‘lib ketadi.
Bitta farqi bor. Bermud uchburchagida yo‘q bo‘lgan kemalar zim-ziyo bo‘ladi.
Ularni hali hech kim ko‘rmagan. Vazirliklar o‘pqonida yo‘q bo‘lgan davlat pullari esa vazirning cho‘ntagida paydo bo‘ladi.
Mana bu hujjatga diqqat qiling.
Ozodbek o‘z klipi uchun o‘ziga salkam 3 milliard so‘m ajratibdi.
Madaniyat vazirligi 10 minutdan iborat «Bobolarim» nomli kinoklipni ishlab chiqish uchun hech qanday tender va tanlovlarsiz «ISKANDAROV VISUAL» MChJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Shartnomaning umumiy qiymati 2 milliard 700 ming so‘mni tashkil qiladi.
Ushbu sohadan xabardor ayrim mutaxassislarning aytishlaricha, ushbu mablag‘lar otarchi vazir tomonidan ijro etilgan qo‘shiqning klipi uchun sarflanmoqda ekan.
«O‘z juningni davlat juni bilan aralashtirma»
Masalda aytilganidek «o‘z qasdini qonunga ham bir oz to‘g‘irlamoq bo‘lib» hukumatning yana bir idorasidan «vazirimiz davlat puliga o‘z klipini olishi joizmi» deb so‘rab go‘yo legitimlik olingan.
Hujjatdan uzanti
O‘zbekiston Iqdisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekpertiza qilish markazi» davlat unitar korxonasi direktori janob Allaberganov» Bu olishlik prezident va hukumat qarorlariga muvofiq» deb ruxsat bergan.
Qo‘l qo‘lni yuvar degani shumi? Nima degandi Navoiy bobomiz…
Sud hay'ati biror jinoyatni ko‘rib chiqar ekan, bu qilmishni ilk bor qilganga yengillik beradi. Agar ayni odam ayni qilmishni takrorlayversa retsidivist, jinoyatchi deya gayka oxirigacha buraladi.
Manavi hujjat 2024 yil fevralda imzolangan. Bechora xalqdan yig‘ilgan soliqlardan tarkib topkan byudjetdagi bir vagon pulni ashlachi madvazir o‘rislarning «golos» degan shousidan ko‘chirma bo‘lgan bir tiyinga qimmat teleloyihaga ontarib tashasa. Nima deyiladi bu? Anjanchasiga kiydirishmi? Ëki shunchaki sotqinlik? Ëki oddiy korruptsiya?
Bir yil oldin ayni vazirlik mukofot olgan artistlar portalini yaratish uchun byudjetdan salkam yarim milliard so‘m sarflagandi. Ammo pulam, artistlar portaliiyam yo‘q. Xullas o‘tgan yili Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat mukofotlarini olgan san'atkorlar haqidagi portalni yaratish uchun byudjetdan yarim milliard so‘m mablag‘ ajratish haqida buyruq chiqargan edi. Lekin hozir bu sayt ishlamayapti.
Buyruqqa ko‘ra, portalni ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish va tizimdan foydalanish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan va unga o‘sha og‘zi shaloq razborshik vasek zehniyatli madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov rais etib tayinlangandi.
Astronomik xarajat vazirlikka 2023 yil uchun byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplandi.
Portalni ishlab chiqish uchun, tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq, “Madaniy hayot media marketing markazi” MChJ bilan shartnoma tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu korxonaning 51 foiz ulushi Madaniyat vazirligiga, qolgan ulushi xususiy korxonalar – Tanovor Music Group (25 foiz) va Best Target Project (24 foiz)ga tegishli.
Tanovor Music Group Odiljonov Muhammadali Azamjon o‘g‘liga qarashli; Best Target Project’ga esa Rasulov Muhammadqodir Ilhomjon o‘g‘li va Abduvaliev Ikromjon Vohobjon o‘g‘li teng ulushlarda egalik qiladi. Har ikki korxona 2022 yil may oyida tashkil etilgan; ular Madaniyat vazirligi bilan birgalikda egalik qiladigan Madaniy hayot media marketing markazi esa 2022 yil iyunida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Bu markaz avvalroq vazirlik buyurtmasiga asosan “Madaniyat markazlari” portali (e-madaniyat.uz)ni ishlab chiqqan. Ozodbek Nazarbekovning buyrug‘i bilan bu portalni ishlab chiqishga 530 mln so‘m yo‘naltirilgan, bu borada vazirlik va markaz o‘rtasidagi shartnoma imzolanganidan 4 kun o‘tib tuzilgan. Ayni paytda “Madaniyat markazlari” portali ishlamayapti.
Gazeta.uz’ning e'tibor qaratishicha, Madaniyat vazirligi “Madaniy hayot media marketing markazi” MChJ bilan 26 sentyabrda yana bir shartnoma tuzgan. Unga ko‘ra, markaz 117 mln so‘mlik sertifikatga ega gidlar reestri elektr tizimini ishlab chiqishi aytilgan.
Eltuz o‘quvchilaridan biri «Madvazirlikni tanqid qilish Ozodbekka qarshi fitna» deb bildiribdi.
Endi savol. O‘zi oshib borsa ellik dollar turadigan arzon veb sayt yaratish uchun Madaniyat vazirligi nega yarim milliard so‘m sarfladi? (Frantsiya madvazirligi vebsayti 100 yevroga yaratilganini qiyos uchun eslatib qo‘ysam.) Rost gapni dalil bilan aytish qachondan beri fitna bo‘lib qoldi?
Tekshiruv paytida bu saytning umuman yaroqsizligi va ikki tiyinga ham arzimas ekani aniqlandi. Asosiy maqsad davlatning yarim milliard so‘mini «sayt yasattdim» degan fortochka orqali o‘zlashtirib olish. O‘g‘irlik qisqa qilib aytganda.
Xullas, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning san'atkorlar haqida ma'lumot beruvchi portalni yaratish uchun qariyb yarim milliard so‘m mablag‘ sarflagani haqidagi buyrug‘ini Eltuz o‘z vaqtida tanqid qilib chiqdi.
Vazirlik ushbu e'tirozlarga munosabat bildirarkan, «bu portal artslarni to‘yga borish uchun klientlar bilan aloqasini komfort qilish uchun yaratildi» deganga o‘xshash javob berdi. Mana o‘sha rasmiy javob:
“Aholimizning to‘y, marosim va boshqa tadbirlarga o‘zlari ma'qul ko‘rgan san'atkor, ijodkor yoki ijodiy jamoalarni taklif qilish istagi bo‘lsada, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt o‘rnatish, bog‘lanish, yoki reja qilingan kuni ularning vaqti, imkoniyatini bilish qiyinchilik tug‘dirib keladi. Ya'ni, san'atkor va muxlis o‘rtasida integratsion maydon» xosil qilish uchun davlat yarim milliardga sayt «yasattirgan»
Xususiy biznes struktura bo‘lgan ashlachining xususiy shaxs bo‘lgan klienti bilan to‘yda pulga ashla aytishi uchun nega davlat yordam berishi kerak.
Mana Munisani adminstratoriga telefon qilasiz. Denovda to‘y bor, qanchaga kelasiz deb so‘raysiz. «14 ming dollarga borib, 15 qo‘shuni fanera qib aytib beradi» degan javobni olasiz. Pulini to‘lasangiz, kelib xizmat qilib ketadi.
Oddiy biznes xolos.
Ammo nega davlat bunga sharoit yaratib berishi kerak. 14 mingni olgan Munisaning o‘zi o‘ziga vebsayt ochib olaversin.
Madvazirlikning shuncha davlat pulini o‘margani haqida yozsak «pitna qivotti» deb yoqaga yopishiladi.
Tupikka kirib qolgan madvazirlikning o‘zi bo‘lsa. Bu tupik haqida yozganda ne ayb?
Bundan ham oldin, hali Nazarbekov madvazirlikda zam bo‘lgan paytda «Mendirman Jaloliddin» filmi bilan bog‘liq moliyaviy mojaro yuzasidan prokuratura ish ochgan edi.
Shu ish doirasida Eltuz ko‘rgan hujjatlarda kinoni olish uchun tuzilgan Best organizer MChJning 48 foiz ulushi Jafarbek Ozodbek o‘g‘li Nazarbekovga tegishli bo‘lgani ko‘rilgan edi.
Mana endi ko‘rsatuv boshida aytganimiz bermud o‘pqonida yo‘qolgan pullar qaysi cho‘ntakda paydo bo‘lganini tushuntiruvchi mantiqiy zanjir xosil bo‘ldi.
Ortodoks ikonalaridagi kabi ota va o‘g‘il uchligi. Bu yerda endi muqaddas ruh rolini davlat byudjetidan o‘marilgan pul egallaydi.
Nazarbekov qiyofasida birlashgan uchlikning uchta ma'naviy zararini sanab o‘tsam.
1. Mingdan ziyod qadimiy obidani «Vaqf» degan yarim jinoiy o‘g‘ri tashkilotga xomtalashga bervordi.
2. Toshkentda yosh go‘daklarni qirgan o‘ris bosqinchilarga atalgan butxonani davlatning katta puliga ta'mirlatib yaltillatib qo‘ydi.
3. «Jaloladdin» filmini olaman deb, o‘g‘li bilan qo‘shilib sxema asosida pul o‘zlashtirdi.
Siz erta nikohga qanday qaraysiz…
Mamlakat rahbari gender tenglik¸ qizlarni yosh erga bermaslik kerak deb turgan bir paytda. Mavjud qonun qizlarning erga berish yoshini 18 qilib belgilagan bir paytda vazir maqomidagi mulozimning bu qonunga tupirib, uni namoyishkorona buzishi aqlga sig‘maydi
O‘zbekiston mutasaddilari 17 yashar qizini qonunga zid erga bergan madvazir otarchini sudga berishni rejalagandi.
«Tepadan» «to‘xtash» degan amr tushibdi.
Qonunda nikoh yoshi 18 qilib belgilangan.
Qashqadaryodagi oddiy odam 17 yashar qizni kelin qilmoqchi bo‘lganda ombudsmen opoydi o‘zi borib to‘yni to‘xtatdi.
«Tepaning» sevimlisi madvazir Ozodbekka kelganda qonun to‘xtab qaltirab qoldi.
«Tepa» Ozodbekka oshiq bo‘lsa, bu uning hissiyoti. Sevgining ko‘zi ko‘r bo‘lishini bilamiz.
Lekin!!!
Qonun hammaga bir bo‘lishi kerak. Davlatchilik taqozosi bu.
Ko‘rsatuv asnosida «el qatori o‘g‘rigina vazir ekan» degan stereotip xosil bo‘ladi.
Lekin bu vazirning kremlga qarab muqom qilishi iqtisodiy emas ma'naviy jihatdan davlat obro‘sini tushiradigan zarar.
Ozod Nazarbekov buyrug‘i bilan mashxur kinoxujjatchi Vitaliy Manskining «Artdokfest–Aziya» festivalida ko‘rsatilishi rejalangan «Sharqiy front» filmi namoyishi taqiqlab qo‘yildi.
Xabar dunyo yetakchi matbuotida o‘qlovdek xarflar bilan turibdi.
Ko‘ring, butun dunyo «yangi O‘zbekiston aslida Kreml oyog‘i ostidagi sholcha xolos» deyapti.
Shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat vazirligining topshirig‘iga binoan, Manskiyning so‘zlariga ko‘ra, festival dasturining keyingi barcha namoyishlari ham taqiqlangan.
«Bu keyingi 4 yil ichida ilk intsident. 139 Documentary Center faoliyati davomidagi ilk taqiq. Zdravstvuy, «Russkiy mir»!» deya yozdi Manskiy.
Matbuotga bergan izohida Manskiy festival o‘tkaziladigan joyga kelgan o‘zbek politsiyachilari mamlakat Madaniyat vazirligidan taqiq xati keltirganini aytdi.
Davlatning kuni bunday taviya madvazirlarga qolmasin. Uyat!!!
Xatto Xudoyorxon davridayam bachchalar bachchaligini qilib, oyog‘iga zang taqib o‘ynagan. Davlat ishlariga aralashmagan!
Endi kimdir aytsa kerak «Ozod hech kim, aslida kinoni taqiqlashni DXXga sizgan FSB agentlari tayinlagan» deb.
Agar hech kim bo‘lsa, kimdir ip bilan tortib o‘ynatadigan qo‘g‘irchoq bo‘lsa, unda madvazirning nima keragi bor?
Eltuz madaniyat vazirligi atrofida kechayotgan voqealarni tahlil qilishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Bizni qo‘llab quvvatlang.