Asosiy mavzular
25 may 2024

Makkada hojini o‘mardi hoji

RT: Aziz og‘a-inilar, qadrdonlar, kunlar o‘tib hafta aylandi, yana bir jumada sizlar bilan ko‘rishganimdan xursandman, shodman.

MC: Nichiksizla Ho‘jik birilla, Mo‘chchi oybikala. Yurt ichinda, deshinda na gapla og‘o, qo‘ngshi-ovola dinchmi?

HAMMAYoQ AG‘DAR-TO‘NTAR

RT:  Eron prezidentining vertolyoti havoda ontarilib prezident va tashqi ishlar vaziri, yana 7 kishi o‘ldi. Vertolyotni 18 soatda qidirib topishdi.

+++

Qirg‘izistonda etnofashistlar xorijlik talabalarga hujum qildi.

+++

Pokiston talabalari o‘qishni tashlab o‘z yurtiga qaytyapti.

+++

Toshkentda lasetti avtomobili ko‘prikdan yerga ontarildi.

+++

Toshkent viloyatida yettita vagon relsdan chiqib to‘ntarildi.

+++

Nurobodda 5 yashar bolakay tok urishi oqibatida o‘ldi. Bolakay yer sathidan 1 metr 50 santimetr balandlikda ochiq alyuminiydan yasalgan elektr sim o‘tkazgichni ushlab olgan.

+++

Obonchilarni orqa qilgan O‘zbekiston so‘z erkinligi reytingida 148 o‘ringa quladi.

MC: Hamma er ag‘dor-do‘ndar. Yaxshi yangilik bo‘lsa ayting, ko‘nglimiz yorishsin.

XIVADAGI YaShIL MAKON SAQLAB QOLINDI

RT:  Xorazm viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi  payhon bo‘lish arafasidagi bog‘ni saqlab qoldi. 20 may kuni Xivada tabiatsevar ekofaol fuqaro o‘stirgan bog‘ yakson qilinish bo‘sag‘asida edi. Yashil makon «Sofra» choyxonasi ishchilari tomonidan payhon qilina boshlangan. Choyxona ishchilari bog‘ni yo‘q qilish haqidagi topshiriqni Hiva shahar hokimi va prokuraturadan olganini bildirganlar. Jamoatchilik fikri hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlarining sa'y-harakatlari bilan yashil makon nobud bo‘lishi oldi olindi. Kichik, ammo muhim g‘alaba.

MC: Odamla gazita orqali gaplashadi. Xovorloni qoydirib-qoydiriparing og‘o.

ShILQIMISTON NYuS

RT:  Olot tumaniga maqola tayyorlash uchun yuborilgan jurnalist ayolga tuman hokimi o‘rinbosari Ma'ruf Atakov shilqimlik qildi. Hokim o‘rinbosari jurnalist bilan birga kelgan sektor kotibini kuzatib yuborgach, ayolga ish kabinetida shilqimlik qilgan.

Ma'ruf Atakov ayolga «Men bilan yursangiz Geofiziklar qo‘rg‘oniga tutash kvartiramni beraman, kompyuter sovg‘a qilaman. Sizga haqiqiy erkak mehrini beraman. Sizni mahkam quchoqlayman, ko‘zingizni yuming» deb uni quchoqlashga harakat qildi. Artikov iskanjadan qutilmoqchi bo‘lgan ayolga yana bosim o‘tkazib yopishgan va shahvoniy harakatlar qilgan.  Yo‘lakdan kimningdir ovozi kelgani sabab jurnalist ayol zo‘ravon shilqim hokim o‘rinbosari kabinetidan qocha olgan.

 «Hokimiyat binosidan chiqib duch kelgan taksiga o‘tirdim. Atakov menga telefon qilib ketib qolmasligimni, istasam birga cho‘lga chiqishimizni aytdi. Buni bemalol tekshirib olish mumkin. O‘sha kuni asabdan qon bosimim oshdi»,  deydi jurnalist ayol. Jabrlanuvchi tuman hokimiga shikoyat bilan chiqqan. Uning og‘zini yopish uchun hokim o‘rinbosari Ma'ruf Atakov pul, uy-joy taklif qildi. Hozir jurnalistga ishxonasi, ya'ni «Buxoro adabiyoti va san'ati» gazeta rahbari orqali tayziq o‘tkazishmoqda. Zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzga qarshi  kurash dolzarb bo‘lgan bir paytda Olot tumani hokimi dalillarga asoslangan arizani nega inkor qilyapti? Nargiza Ne'matova ayol jurnalistga birdamlik ko‘rsatish o‘rniga uning ishxonasi orqali tazyiq qilib qo‘rqitishini qanday tushunish kerak?

MC: Lavoziminnon peydolanib jurnalist xotinni atjak bo‘g‘on bu shilqimni ishinnan bo‘shatib, qamatiparish garak.  Yena na gapla og‘o, Savodsiz, o‘g‘ri, jolotoy yoshullilo stolina mahkam yopishib o‘tiribmi xalam?

RT: Machchonboy, bu savodsiz yoshullilar so‘kong‘ichligi bilan ham hammani bezdirdi. Kunda-kunora biror og‘zi shaloq haqida shikoyat eshitishga o‘rganib qoldik.

OG‘ZI ShALOQ YoShULLILAR

RT: «O‘zsuvta'minot» boshqaruv raisining o‘rinbosari Sadillaev Shohruxali Sharofovich Toshkent viloyatidagi quruvchi tashkilotlar bilan majlis o‘tkazmoqda. Uning ko‘p va xo‘b qo‘llayotgan «si*aman»,»,“na x*y” birikmalarini so‘kinish emas, shunchaki tanbeh ma'nosida qabul qilsa bo‘ladimi? Rahbar so‘ksa mulozim xo‘p deb bosh egib turibdi. Video parcha

Qo‘rquvning ko‘zi katta,

Yuragi kichik bo‘lur.

Qo‘rquv zo‘r kelgan yurtda

Arslonlar kuchuk bo‘lur.               Erkin Vohidov

Jahon huquq amaliyotida so‘kinish – haqorat, bezorilik, shaxsni obro‘sizlantirish deb malakalanadi. Lekin o‘zbek mulozimida sha'n, g‘urur va obro‘ na qilsin.  Egilgan boshni qilich kesmas. Ne dedingiz mavlono Shohruxali?!

Sizgayam bugun qo‘ng‘iroq qilib, videodagi gaplar uchun savol-javobga tortishsa, boshingizni egib, jim turing.

MC: Kallavaranglani so‘kkani vuloni yaxshi go‘rgani, so‘kmasa bi yurtda ech kim ishlamiydi, ish bitmiydi og‘a.

***

RT: Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapovning so‘kong‘ichligi viloyatda ovoza bo‘lib ulgurgan – laqabi «Nodir ko‘cha».

Boshqarma xodimlari iddaosiga ko‘ra Mashrapov viloyatda ko‘p yerlarning jinoiy oldi-sotdisisiga aloqador, biroq shu paytgacha «suvdan quruq chiqyapti”.

Ma'naviy yuksaklikni da'vo qiladigan xalqning ayrim amaldorlari so‘kinmasdan biror majlis o‘tkazolmaydi. Xodimlarning izzat-nafsi bor, hamiyatiga tegmaslik kerak degan tushuncha ularga begona.

Amaldorlarning baqir-chaqir qilmasdan, haqoratlab so‘kinmasdan ish boshqarishga salohiyati yetmaydimi yoki farosati? Nima degandi Navoiy bobomiz?

MC: Qovun qovunnan rang oladi, og‘a. Yoshullilarning holi shu bo‘lsa daladayi Maraymmamat, svarshik Sadillo minnonam batar so‘kadi. Urganchdagi marshrutkachilani inobi so‘kinishlarina qorang.

***

20 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Super Ligasi 8-turida  “Neftchi“ – “Navbahor“ futbol klublari bellasharkan “Navbahor” jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov “Neftchi“ muxlislariga uyatli qiliqlar qilgan.

Ushbu uchrashuvda “Navbahor” jamoasi mehmon “Neftchi” jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Super Liga yetakchisiga aylandi.

MCDarvozabon barmoq go‘rsatib ovora bo‘lipti. Super Ligag‘a chiqqonindonom baribir yo Bunyodkor, yo Paxtakor kubogni ilib getadi.

O‘tkir Yusupov xatti-harakatidan futbol matchiga kelgan “Neftchi” klubining bir necha ming muxlislari darg‘azab bo‘lib, O‘zbekiston futbol federatsiyasiga murojaat bilan chiqqanlar. Ammo muxlislar futbol mas'ullari ularning dodiga e'tibor qaratmayotganliklaridan g‘azabdalar.  33-yashar O‘tkir Yusupov O‘zbekiston terma jamoasining darvozaboni ham.

MC: Og‘a, bu kallasi buzilg‘onlo makkaya valasepetda borib, to‘nqayib, angilib dursa, hoji bo‘lib, gunolari yuvilib getadi.

MAKKADA HOJINI O‘MARDI HOJI

RT:  O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Makka shahrida pulini o‘g‘irlatgan o‘zbek avantyurist o‘zbekistonga qaytarildi

Bosh konsulxona ma'lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik fuqaro Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida borgan eri Makka shahrida pulini o‘g‘irlatgani sababli unga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.

Pulini o‘g‘irlatgan ziyoratchi Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O‘zbekistondan 30 mart kuni velosipedda yo‘lga chiqqan. U O‘zbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan.

MCQirg‘iz-o‘zbek kinosinda go‘rsatilganni Makkaya arvoda yetib borolmas akansiz. Ho‘kimotni rasmiy ruhsati garak. Viza garak, uchoqa bilet garak.

RT:  Shundan so‘ng ziyoratchi «Vladikavkaz – Istanbul – Jidda» yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan. Ma'lum bo‘lishicha, Makkada bo‘lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo‘lgan sumkalari o‘g‘irlab ketilgan! Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o‘zbekistonlik fuqarolar yordamida fuqaroni topishga erishdi va unga O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi.

Unga faol vatandoshlar ko‘magida «Madina-Toshkent» yo‘nalishidagi aviaqatnovga chipta sotib olib berildi. Makka shahrida pulini o‘g‘irlatgan o‘zbek avantyurist 17 may kuni sog‘-salomat oilasi bag‘riga qaytdi.

MCIndi hoji to‘y bo‘ladi – 5 kilometrli poyondoz solib, oyoqini tiyina qo‘y so‘yadilo.

HAJ TUJJORLARI

O‘zbekistondagi qoriya va xojakalar mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning ota-onasini Saudiya Arabistoniga «Haj» safariga borishlari uchun talab etiladigan viza hujjatlarini tayyorlab berish va ularni ziyoratga yuborish evaziga 18 ming AQSh dollari talab qilishib, 4500 AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

MC: Ina garak bo‘sa. Qorovosti kishini…

Yunusobod tumanidagi sayyohlik firmasi rahbari Yashnobod tumanida yashovchi fuqaroni «Haj 2024» mavsumida Saudiya podshohligiga muborak safarga yuborish evaziga 9500 AQSh dollari talab qilib, 5700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs ham Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni sayyohlik firmasi orqali «Haj» ziyoratiga yuborish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

MCMongloyi qoro moshenniklara dars bo‘lsin. Qorsildop uchib, gursildap singoy bilo…

Farg‘ona shahridagi sayyohlik firmasida ish yurituvchi Toshloq tumanida yashovchi fuqaroni va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini 30 ming AQSh dollari evaziga «Haj» ziyoratiga yuborishni va'da qilib, 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi shaxs ham Quva tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni va uning ota-onasini «Haj» amallarini bajarishlari uchun sayyohlik firmasi orqali Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 16 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

MC: Valasapetda o‘zim boraman diyanlarni Makkada lox atadila. Qolg‘onlani o‘zimiznikila ishini opporodi. Ikki isop, bir o‘ttiz.

DOLLAR SOXTA EKAN

RT:  Namanganda 2000 feyk dollarni 1000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan hojaka ushlandi. Xo‘sh, soxta dollarni nima qilsa bo‘ladi? Bu savolga dollar duosi bilan shug‘ullanadigan qorakadan javob oldik.

Soxta dollarni masjid mullasiga zakot qilib bersa bo‘ladi.

To‘yda Ozodbekning qulag‘iga qistirsa bo‘ladi.

Ertalabki naxor oshda to‘yana qilib beriladi.

Pora sifatida beriladi.

Qatortoldagi seks xizmati uchun to‘lash mumkin.

MCFeyk dollarni bankomatga solib so‘ma almashtirib bo‘lmiydi lekin.

DINIY DAHLSIZLIK – FARIShTALAR QAVMI QAYDA BOR?

RT:  Tarmoqlarda diniy ko‘rinishga  ega yoki diniy blogerlik bilan shug‘ullanuvchilarning jinoyati fosh qilinsa izohlarda bir advokat to‘da shakllanadi. «Islomofoblar, islom dushmanlari fitnasi» deb sochlarini yulib ontarilib dodlashadi. Shunda o‘rinli savol tug‘iladi diniy ko‘rinish va hayot tarzi dahlsizlik garovimi? Odam o‘ldirgan qotil musulmoncha soqol qo‘ygan bo‘lsa muhokama mumkin emasmi?

MC: Ishtoni yirtiqning hadigi cho‘pdan.

Yana bir alohida tur to‘da bor. Jinoyatni qilgan yoki biror ijtimoiy normalarni buzgan kishi haqida gapirilsa «ular bizdan emas, yahudlarga sotilgan. Shayton yo‘ldan urgan» deb tutashadi. Bu kaltafahmlar tasavvuriga ko‘ra begunoh, farishta misoli dindorlar qavmi bor allaqaerda – qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, qalbi go‘daknikidek toza, pokdomon kimsalar. Balki o‘zlarini shu qavmga oid deb bilishar. Bir musulmon erkak ayolga nisbatan jinoyat sodir etsa – ayb «ayolning uzun tilida». Qo‘rqoqning kuchi yapaloqqa yetibdi degan gap byyag‘i.

Odam adashadi, xato qiladi, bilib yoki bilmasdan, qasddan qonun-qoidani buzadi. Ideal begunoh inson kontsepti badaviy sahrodagi sarob kabi puch narsa. «Islomofoblar fitnasi» yoki «yahudlar yo‘ldan urdi» deyish esa shunchaki yoqimsiz haqiqatni tan olmaslik uchun fanatiklar fortochkasi.

MC:  Bi hojakala shaytona dars baradi – otasi dangi odamloni oldob pulini shiladi. Hammayoqni o‘g‘ri kazzob bosdi. Bulani gapirsak, voxt etmiydi og‘a, uring potiyani.

Accalom O‘zbekiston, juma muborak!

Tag‘in o‘qing
23 dekabr 2020
O‘tgan payshanba, 17 dekabr kuni Telegram kanali orqali O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning qator “loxmach”larini uchratgan joyda jazolash haqida ...
6 may 2023
1881 yilning 6 mayida Mixail Skobelev boshchiligidagi rus kolonizatorlari Xiva xonligiga qarashli Axaltaka viloyatini okkupatsiya qilishdi. Bu Go‘ktepa jangida ...
6 iyul 2022
Konstitutsiyaga o‘zgartish oldidan to‘polon ko‘tarilgan Qoraqalpog‘istonda hamon internet ishlamay turibdi, mahalliy aholi ayrim hududlarda elektr toki yo‘qligini aytmoqda. «Eltuz» ...
1 mart 2018
Prezident Mirziyoev 27 fevral kungi selektor yig‘ilishida «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat shirkatini meva-sabzavot eksporti rejasini bajarmaganlikda ayblab tanqid qildi. Prezident tanqidi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...