Asosiy mavzular
3 iyun 2024

Qo‘shni davlatga otilgan tezak, prezidentga atalgan hisobot va muzqaymoq – 600’53

1 iyun Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkentning Ashxobod bog‘ida tekin muzqaymoq tarqatilishi haqida e'lon berilgani ortidan Istirohat bog‘i ma'murlari 15 sutkaga qamaldi. Sababi tekin muzqaymoq ilinjida olomon Ashxobod bog‘iga yopirilib kela boshlagan. Ma'muriyat bog‘ni kunduzi yopishga majbur bo‘lgan. Yo‘llarda tirbandlik, jamoat transporti qatnovida kollaps yuzaga kelgan.

1 iyun kuni soat 12.00 da Toshkent shahridagi «Ashxobod» ko‘ngilochar bog‘ida tekinga 20.000 ta o‘yinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqida bog‘ ma'muriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda reklama chiqarilgan. Biroq, bir vaqtning o‘zida o‘yinchoq oluvchi va kuzatuvchilar bilan taxminan 40.000 nafar fuqarolarni bog‘ hududida jamlashning imkoni bo‘lmasligi, yo‘l harakati va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash talablarga javob bermasligi bois bu tadbirni o‘tkazmaslik haqida bog‘ rahbariyati ogohlantirildi. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan bog‘ direktori, direktor o‘rinbosari, reklama bo‘limi boshlig‘iga Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

+++

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasining yangi rahbari Calohiddin Nuriev matbuot anjumanida bloger kapitan Karimovga qarata «Xalq puli xalq mulki degan narsa yo‘q. Pul davlat byudjetiga o‘tdimi, davlat mulkiga aylanadi» deya xitob qildi. Bloger Kapitan Karimov yangi rahbarga «amaldorlarni internetda muhokama qilish mumkin bo‘lmasa, unda ular byudjetdan, xalq pulidan oylik olmasligi kerak» degan taklifni bildirdi. Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasining yangi rahbari davlat va xalqni qanday qonuniy asosga ko‘ra bir-biridan ajratadi degan savol o‘rtaga chiqdi.

+++

Biznesni rivojlantirish banki rahbari o‘z taqdimotida prezident uchun sohta ko‘rsatkichlarni namoyish qildi. «O‘zbekiston 24» kanalida ko‘rsatilgan lavhada Biznesni rivojlantirish bankining

– aktivlari 37 trln. so‘mga;

– jami kapitali 6 trln. so‘mga;

– sof foydasi 960 mlrd. so‘mga yetganligi e'lon qilindi.

Haqiqatda esa Biznesni rivojlantirish bankining holati quyidagicha:

– aktivlari 28,5 trln. so‘m;

– jami kapitali 3,7 trln. so‘m;

– 900 mlrd so‘m sof foyda yo‘q, bank 500 mlrd. so‘mga yaqin zarar bilan faoliyat yuritmoqda.

Ma'lumot Markaziy bankning rasmiy veb saytidan olindi. Shuningdek, Markaziy bank o‘z saytida O‘zbekistondagi 30 bankning jami foydasi 3 trln. so‘mligini ko‘rsatgan. Demak Biznesni rivojlantirish banki shu yalpi foydaning 30 foiziga da'vo qilmoqda. Prezidentga taqdimot uchun ko‘rsatkichlar Markaziy bankda tasdiqlanishi shart. Raqamlarni oshirib ko‘rsatishdan Markaziy bank va Biznesni rivojlantirish banki qay darajada manfaatdor?

+++

 Huquq faoli Abdurahmon Tashanovning xabar berishicha, 2024 yilning 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning Namangan viloyatidagi 6-sonli qamoqxonasida 24 yashar mahkum Shahzod Subhanov o‘z joniga qasd qildi. Shahzodning onasi Yulduz Boltaeva o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligi, u 11 may kuni uyiga qo‘ng‘iroq qilib, qamoqxonada o‘ziga azob berishayotgani haqida aytganini ta'kidlagan. Azali xonadon vakillari Shahzodning o‘z joniga qasd qilishiga ishonmasligini, zo‘rovon qotillar jazolanishi kerakligini aytmoqda.

+++

O‘tgan sakkiz oy mobaynida AQSh chegarasida deyarli uch ming O‘zbekiston fuqarolari ushlab qolindi. 2023 yilning 1 oktyabridan boshlab, to hozirgacha 57 ming 200 kishi AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi. Fox newsning chegara-bojxona xizmati ma'lumotiga tayanib bergan xabariga ko‘ra noqonuniy migrantlar orasida 2900 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

+++

Bosqinchi Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida u bilan birga Rossiyaning yarim hukumati kelganini ta'kidladi. Ilk marta viloyat yetakchilari bilan uchrashdik, bunaqasi ilgari bo‘lmagan. Rossiyaning eng asosiy vazirlarini olib keldim. Bizning O‘zbekiston bo‘yicha ko‘zda tutgan rejalarimiz bor. O‘zbekiston amaldorlari Rossiya bilan hamkorlik qilishni xohlaydi dedi Putin. Shuningdek ko‘plab qog‘ozlarga qo‘l qo‘yilgani aytildi. Biroq bu qanday qog‘ozlar, nega bu kelishuvlar strategik ahamiyatga ega va maxfiy ekani ochiqlanmadi. Bu kelishuvlar O‘zbekiston suverenitetini qay darajada cheklashi ham ma'lum emas. Rossiya bilan birga Jizzahda AES qurilishi qarori ham hech qanday referendumsiz qabul qilindi.

+++

Rossiyada o‘zbek va tojiklarga kirakashlik qilish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Rossiya dumasi deputati Dmitriy Guseev taklif bildirdi. Deputat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaydigan davlatlar fuqarosi Rossiyada taksi haydamasligi kerak dedi. Aftidan Rossiya O‘zbekistonni Ittifoqqa majburan a'zo qilish uchun hatto kirakashlardan ham foydalanmoqchi.

+++

Urushdagi ko‘rgiliklar o‘ris askarlarining ruhiyatiga ta'sir qilib, esini og‘dirmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga bosqinchilik janglarida qatnashgan 37 yashar urush qahramoni 71 yashar ayolni zo‘rlashga urindi. Voqea Sankt Peterburgdagi harbiy gospitalda sodir bo‘lgan. O‘ris askari keksa ayolga pichoq o‘qtalgan. Ayol zo‘ravonga chap berib, yordam chaqirgan. Askarni tizginlash jarayonida navbatchi vrach yengil jarohatlangan. Bu ko‘ngilsiz hodisa urush qahramoni hayotida avval ham ro‘y bergan. 2022 yilda u 56 yoshli ayolni zo‘rlashga uringani uchun qamalib, 5 yilga hukm qilingan edi.

++++

Yana bir Rossiyalik urush qatnashchisi esa Voronejga qaytgan qo‘shnisi bo‘lgan 14 yosh nogiron bola va uning onasini ayovsiz kaltakladi hamda uyini yoqib yuborishini aytib, tahdid qildi. Qahramon jangchiga ayolning iti yoqmagan. Shuningdek, nogiron bolaning esa sochini och sariqqa bo‘yagani asabini buzgan. Mushtumzo‘r askar yosh bolani pidor deb haqoratlagan va Ukrainada sendaqalarni chavaqlab bir-biriga qo‘shardim degan. Ayolning boshiga urib, nogiron o‘g‘lini devorga uloqtirib kaltaklagan. Politsiya voqea joyiga 2 soatda yetib keldi. Rossiyadagi yangi tartibga ko‘ra askar urush qahramoni bo‘lgani bois hech qanday javobgarlikka tortilmacligi mumkin.

+++

Shimoliy Koreya qo‘shni Janubiy Koreya hududiga axlat va tezak ortilgan 150 ta pufak uchirdi. Harbiylar ma'lumotiga ko‘ra, axlat bog‘langan pufaklar tunda Janubiy Koreyaning turli hududlariga kelib tushgan. “Biz Shimoliy Koreya ushbu bachkana va insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan hatti harakatini to‘xtatishini qat'iyan talab qilib ogohlantiramiz” deya bayonot berdi birlashgan qo‘mitaning Janubiy Koreya shtabi rahbari.

Har kim o‘zida borini ulashadi. Ayni paytda Shvetsiya hukumati Ukrainaga 1 milliard 300 million AQSh dollari miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishini bildirdi. Jumladan Shvetsiya Ukrainaga radiolokatsion razvedka uchun ASC 890 rusumidagi uchoqlar, zirhli transportyorlar, tanklar va raketalar etkazib beradi.

+++

Germaniya hukumati Ukraina Yevro ittifoqqa kirish uchun barcha talablarni bajarganini ta'kidladi. Bu haqida Germaniya Federativ respublikasining Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Anna Lyurman xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar iyunda boshlanishi kutilmoqda.

+++

Frantsiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlarida yuz berishi rejalashtirilgan teraktning oldini oldi. 18 yashar Checheniston fuqarosi Joffrua Gishar stadionida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari chog‘ida tomoshabinlarga hujum qilishni rejalashtirgan. Ismi sir saqlanayotgan Checheniston fuqarosi islom g‘oyalari ta'sirida hujum tashkillashtirib, havfsizlik xizmati xodimlari va futbol tomoshabinlarini o‘ldirishni, so‘ng o‘z joniga qasd qilishni maqsad  qilgan. Frantsiya ichki ishlar vaziri Jerald Damerman so‘zlariga ko‘ra, 2017 yildan beri Frantsuz maxsus xizmati ellikta terroristik hujumni bartaraf qilgan.

Rossiya Donetsk Mariupol yo‘nalishidagi yangi temir yo‘lni ishga tushiradi. Bu yo‘l Qrim va Ukraina janubidagi harbiylarga uzliksiz ta'minot yetkazish uchun xizmat qiladi. Ya'ni Qrimdagi Kerch ko‘prigi portlatilgan taqdirda ham harbiy logistikaga zarar yetmaydi. Albatta yangi temir yo‘lning ham yaqin orada yakson qilinmasligi dargumon. Urushda turish yo‘q.

Bu 600 sekund edi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling.

@eltuz
Tag‘in o‘qing
26 may 2020
Dissertatsiya qo‘lyozmasi toshqinda yaroqsiz holga kelganini iddao qilgan 28 yashar sirdaryolik Kamola Abrorxonovaga prezident topshirig‘i bilan doktorlik darajasi berildi. ...
13 fevral 2018
Prezident Mirziyoev 13 fevral kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general Muidjon Tohiriyni ishdan olib, o‘rniga Murodjon Azimovni tayinladi. O‘zbekiston ...
25 oktyabr 2023
Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar ...
22 sentyabr 2016
Oliy Majlis amaldagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoevni prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlaganidan so‘ng Qonunchilik palatasi deputati, Inson huquqlari milliy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...