Asosiy mavzular
25 oktyabr 2023

Mirziyoev birdaniga ikki vazirni almashtirdi

Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri, hamda qishloq xo‘jaligi vazirining tayinlanishi haqida e'lon qilindi.

Hususan qishloq xo‘jalik vaziri etib Ibrohim Abdurahmonov tayinlandi.         

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning ishdan olingani haqida Eltuz kecha 24 oktyabr kuni xabar bergan edi.

43 yashar Aziz Voitov o‘tgan 2022 yilning 22 avgustida Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangan edi.

Bunga qadar u Investitsiya va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari, «O‘zsanoatqurilishbank» raisi lavozimlarida ishlagan.

Aziz Voitov Toshkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan hamda Oliy ishbilarmonlik maktabi «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha tahsil olgan.

O‘zbekiston hukumatiga yaqin bir manbaning aytishicha, Aziz Voitovning hali tergovga tortilishi mumkinligini ham istisno etib bo‘lmaydi.

 So‘nggi selektorlardan birida Prezident Shavkat Mirziyoev Aziz Voitovni nazarda tutib «korruptsioner» degan edi.

Ayni paytda prezident maslahatchisi Odil Qalandarovich Abdurahmonov oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi.

Bu haqda rasman tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

Odil Abdurahmonov 45 yoshda. U o‘tgan yil 25 avgustda O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.

Abdurahmonov bungacha Respublika oliy ta'lim kengashi raisi, Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimlarida faoliyat yuritayotgan edi.

U Prezident administratsiyasida avval ham ishlagan: bu tuzilma Prezident devoni deb atalgan vaqtda bosh konsultant lavozimida, keyinroq devonning o‘sha paytdagi ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Abdurahmonov faoliyati davomida Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari ham bo‘lgan. 2018 yil 31 iyuldan oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

2019 yil aprel oyida Prezident administratsiyasiga qaytib, Abdujabbor Abduvohidovga o‘rinbosar bo‘lgan. 2020 yil iyulida Transport universiteti rektori lavozimiga o‘tkazilgan.

Abdurahmonov 2022 yil 8 iyundan boshlab Respublika oliy ta'lim kengashi raisi lavozimida ham faoliyat yuritayotgandi. Bu tayinlovdan ko‘p o‘tmay kengashga yangi vakolatlar berilgandi.

Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug‘ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.

Eltuz O‘zbekiston hukumat tizimidagi kadrlar almashinuviga oid xabarlar va yangi tayinlovlarni yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring, videolarimizga layk bosing. 

Tag‘in o‘qing
3 aprel 2016
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning o‘zbek tilini bilmasligi haqida ijtimoiy tarmoqda qoldirgan izoxi shov shuvga sabab bo‘ldi. 38 ...
6 yanvar 2017
Milliy olimpiya qo‘mitasining 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Qo‘mita Vitse prezidentligiga Salim Abduvaliev saylandi. Shuningdek ...
4 may 2018
Diniy idoraga yaqin bir manbaning «Eltuz» nashriga bildirishicha, 60 yashar Anvar qori Tursunov 1 may kuni sun'iy koma holatidan ...
21 yanvar 2021
O‘zbekistonning g‘arbiy qismida vatandoshlarning tana a'zolarini o‘lchash deb nomlangan antroponomik taftishga minglab tibbiy xodim safarabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...