Ukrainada asirga tushgan o‘zbek yordam so‘ramoqda
Ukrainadagi urushda asir olingan qirg‘izistonlik o‘zbek Alisher Tursunovning yaqinlari uni vataniga qaytarishda Qirg‘iziston hukumatidan yordam so‘ramoqda. Rossiyada bedarak yo‘qolgan Tursunovning asirdaligi haqida yutubdagi video orqali ma'lum bo‘lgan. Videoda uni ukrain harbiylari so‘roq qilayotgani aks etgan.
Bundan avval Eltuz o‘tgan yilning sentyabr oyida Rossiya bosqinchilari tarafida turib Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan ikki nafar o‘zbekning ukrain harbiylari tomonidan asirga olingani, ularning tiz cho‘kib yig‘layotgani aks etgan videoni taqdim etgan edi.
Videodagi rus armiyasiga yollangan o‘zbeklardan biri pasportini olib qo‘yishgani, majburlab urushga jo‘natishganini aytadi. Ikkinchisi esa esa Rossiyada student bo‘lgani, urushda esa minometchi bo‘lib qatnashayotganini bildirgan. Rasmda asir olingan 22 yashar Axmedov Muxriddin Soli o‘g‘li Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Moskvada o‘qigan. Ukraina Rossiya urushida qatnashib xozirda ukraina asirlikda qolayotgan o‘zbeklarning keyingi taqdiri noma'lum.
Ayni paytda Moskva viloyatida Ukrainada o‘ldirilgan vagnerchilar go‘ristoni paydo bo‘ldi. Go‘rga kirgan bosqinchilar ro‘yxatida beshta o‘zbek ham bor. Ulardan biri Yusupov Shuhrat Odiljonovich, Sirdaryo viloyati, Guliston shahridan ekani Eltuzga ma'lum. Bosqinchilar safida zambarak go‘shti bo‘lgan o‘zbeklar go‘rda. Eltuz Rossiyaning bosqinchilik urushi ishtirokchisiga aylangan o‘zbeklarning keyingi taqdirini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Vyaideolarimizga layk bosing.