Asosiy mavzular
16 oktyabr 2023

THE BELL: Rossiya O‘zbekiston orqali sanktsiyalarni chetlab o‘tmoqda

Rossiya qo‘shni davlatlar, jumladan O‘zbekiston orqali sanktsiyalarni chetlab o‘tayotgani, Ukrainaga qarshi ishlatilyotgan qurol aslahalarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan detallar topilgani haqida yozmoqda mustaqil The Bell nashri.

MDH davlatlari bir vaqtning o‘zida Yevropadan import qilingan mollarni Rossiyaga eksport qilish hajmini oshirishgan.

Rossiya qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekistondan mol yetkazib berilishini sezilarli darajada oshirgani evaziga Yevropa sanktsiyalarini chetlab o‘tmoqda. Bu haqda bir qator mamlakatlarning bojxona statistikasini o‘rgangan Rossiyaning The Bell nashri xabar bermoqda.

Maqolada keltirilgan infografik ma'lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning birinchi yarmida Rossiya o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qo‘shni davlatlardan importni 37 foizga (14 millyard, bir yuz million dollargacha) oshirgan. Shu bilan birga, Rossiyaga qo‘shni davlatlar olti oy ichida Yevropadan importni 22 foizga oshirgan.

2022-yilda Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiyadan Rossiyaga eksport hajmi chorak darajaga oshib, 25 milliard 800 million dollarni tashkil etgan.

Yevrostat ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyaga qo‘shni davlatlar bir qator Yevropa tovarlari importini oshirgan. Ular orasida: telekommunikatsiya uskunalari, mikroelektronika, elektr jihozlari, transport uskunalari, ma'lumotlarni qayta ishlash uchun elektron ehtiyot qismlari, jumladan kompyuterlar, serverlar, qattiq disklar, smartfonlar, kompyuterning tashqi qurilmalari mavjud.

Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki iqtisodchilari fevral oyida Rossiya Yevropa Ittifoqi cheklovlarini qo‘shni davlatlar, ya'ni Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Gruziya orqali chetlab o‘tayotganini bildirgan edi.

Iyun oyida Kiev Iqtisodiyot maktabi va Yermak-Makfol sanktsiyalar guruhi iqtisodchilari tomonidan tayyorlangan hisobotda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi ishlatayotgan qurol aslahalarida O‘zbekistondagi «Foton» konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlari topilgani bildirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti 46,8 foizga oshib, 3 milliard 800 ming dollarni, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida esa 5 yarim foizga oshib, 1 milliard 27 million dollarni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eltuz nashri Yevroparlament O‘zbekistonni sanktsiyalarni chetlab o‘tgani uchun tekshirishga chaqirayotgani haqida yozgan edi. Eltuz Rossiyaga joriy etilayotgan g‘arb sanktsiyalari va ularning O‘zbekistonga ta'sirini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
13 iyun 2017
Davlat idoralari korporativ bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalanilishi haqidagi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov shikoyati turli baxslarga sabab bo‘ldi. ...
12 aprel 2018
PosterUz
21 may 2019
“Yaxshilab eshit va bundan keyin “men kozyolmasman”, “men farishtaman”, “men oppoqman” dema. Eshitib bo‘lganingdan so‘ng menga qarshi qo‘l ko‘tarishga ...
20 fevral 2017
Tug‘ruqxona hamshiralari poraxo‘r deya tamg‘alanayotgan bir paytda,2016 yili avtosanoatdagi 200 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanib, bir muddat hibsda saqlangan O‘zavtosanoat ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...