Izmirda bir turkmanistonlik to‘rt kishini so‘yib muzlatgichga joyladi
Turkiya prokuraturasi Izmir shahrida to‘rt nafar vatandoshi, jumladan shar'iy xotini va qizlarini o‘ldirib, jasadlarini muzlatgichga yashirganlikda ayblangan Turkmaniston fuqarosi Saparmurod Xollievni qattiq rejimli qamoqxonada to‘rt marta og‘irlashtirilgan, umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni so‘radi.
Turk matbuoti tergov materiallaridan iqtibos keltirib, ayblanuvchi o‘z qurbonlari bilan ularni o‘ldirishdan oldin birga nonushta qilgani haqida bildirgan.
“S.X.ga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Muzlatkichdan to‘rt nafar Turkmaniston fuqarosining jasadlari topilgani munosabati bilan u hibsga olingan. Prokuratura S.Xga nisbatan “uch nafar ayolni og‘irlashtiruvchi holatlar va alohida shafqatsizlik yoki qiynoqlar bilan qasddan o‘ldirish”ni sodir etganlik uchun to‘rt karra umrbod qamoq jazosini qat'iy rejimli ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘ragan. U odamni o‘ta shafqatsizlik bilan va aybni og‘irlashtiruvchi xolatlarda o‘ldirganlikda ayblanmoqda» deya xabar berdi 5 iyun kuni jumladan Turkiyaning Xabarlar.som sayti.
Turkmanistonlik o‘z yaqinlarini o‘ldirishiga, rashk sabab bo‘lganini bildirgan va jinoyatiga iqror bo‘lgan. Xollievning iqroriga ko‘ra, o‘z shar'iy nikohidagi 54 yoshli Gulkamarni uni aldab yurganlikda va begona erkaklar bilan aloqa qilib yurganlikda gumon qilib, uning telefoniga suhbatlarni yozib oluvchi dasturni yashirincha o‘rnatgan.
“Ayblanuvchi o‘z ko‘rsatmasida ushbu dastur yordamida Gulkamar voqea sodir bo‘lganidan 2 va 9 oy oldin boshqa erkaklar bilan uchrashganini aniqlaganini aytdi”, — deyiladi xabarda.
Turkiya prokuraturasining ayblov xulosasida Xolliev 13 iyun kuni atay xotini Gulkamar Xonimova va uning qizlarini o‘ldirish maqsadida uyiga kelgani, shuningdek u yerda yolg‘iz qolgan Ruslan Karimovni topib o‘ldirgani. Shundan so‘ng u ikki nafar qizi kelguniga qadar, xotirjamlik bilan nonushta tayyorlagani bildirilgan.
“Dastlab Gulkamar Xonimova kelgan, u bilan birga nonushta qilganidan so‘ng uni o‘ldirgan. Xollievning so‘zlariga ko‘ra, bir muncha vaqt o‘tgach, Xonimovaning 28 yashar qizi Lochin Keldiyorova kelgan, u bilan birga nonushta qilgach, uni ham pichoq bilan bo‘g‘izlab o‘ldirgan. Holliev oxirgi bo‘lib uyga qaytgan 30 yashar qizi Leyla Keldiyarovani o‘ldirganini tan oldi”, — deya yozadi turk OAVlari.
Xabarlarda, shuningdek, Holliev o‘z ko‘rsatmasida avvaliga jasadlarni kanalizatsiyaga tashlab qutulishni o‘ylagani, keyin esa Gulkamar Xonimovaning o‘zi uchun qilgan barcha yaxshiliklarini eslab, ularni dafn etishga qaror bergani va bo‘laklarga ajratib, jasad bo‘laklari buzilmasligi uchun muzlatkichga qo‘yganini tan oldi.
«Ayblov xulosasida aytilishicha, ayblanuvchi o‘z qurbonlarining telefonlarini sotib yuborgan va o‘z vataniga qochishga uringanida hibsga olingan va hech qanday pushaymon emasligini bildirgan», – deya yozadi turk matbuoti.
Jumladan ayblov xulosasida, 17-iyun kuni qurilishda ishlash uchun Chashma shahriga borgan Xolliev, u yerda ishlayotgan M.A.ga “Xotinim va bolalarimni o‘ldirdim, meni qo‘shimcha ish, pul kerak deb aytgan. Shuningdek u qochishga hozirlik ko‘rayotganini bildirgan.
Turkiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, Izmir Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan ayblov hukmi 3 iyun kuni Oliy jinoyat sudi tomonidan ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 18 iyunida, qotillikning ertasi kuni Izmir politsiyasi muxtamal qotillikni sodir etgan Turkmaniston fuqarosini qo‘lga olgan. 54 yoshdagi Gulkamar Xonimova, uning qizlari 30 yashar Leyla va 28 yashar Lochin Keldiyorovlar, shuningdek, qizlaridan birining yigiti Ruslan Karimovning nimtalangan jasadi Bayroqli tumani, Adolat ko‘chasidagi uylardan birida, muzlatgich ichidan topilgan edi.
Nafaqat turkman muhojirlarini, balki butun Turkiyani larzaga solgan bu voqeaga Turkmaniston rasmiylari va rasmiy OAVlari hamon munosabat bildirgani yo‘q.
Turkmanistondagi iqtisodiy inqiroz va ommaviy ishsizlikning kuchayishi fonida Turkiya turkmanlar ish izlab boradigan asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Turkiya Migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 30-may holati bo‘yicha, Turkmanistonning 208 ming 632 fuqarosi qonuniy ravishda ushbu davlatdan iqomat olgan. Turkiyada qonuniy yashayotgan xorijliklar orasida Turkmaniston fuqarolari birinchi o‘rinni egallaydi. Ammo ekspertlar fikricha, agar noqonuniy muhojirlar ham hisobga olinsa, Turkiyadagi turkman fuqarolarining haqiqiy soni bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.