Asosiy mavzular
15 iyul 2024

Klaster va hokim birlashib fermerni o‘ldirdi – AOKA esa oyni etak bilan yopmoqchi

Chust tumanida bug‘doy yetishtirish bilan shug‘ullangan fermer Alimardon Tumorov hokim va klaster bosimini ko‘tara olmasdan yurak hurujidan vafot etdi.

Chust tumani hokimi fermer Alimardon Tumorovga bosim o‘tkazib, yetishtirgan bug‘doy hosilini Art Soft MChJ klasteriga topshirishga majburlagan. Art Soft klasteri to‘lovlarni juda kechikib amalga oshiradi, shu sababdan fermer ushbu klasterga hosilni berishdan bosh tortgan. Bu haqida fermer bir necha hafta oldin videomurojaat bilan chiqqan –  murojaat Kun.uz nashrida e'lon qilingan.

Endigina 45 yoshga kirgan fermer Alimardon Tumorov 3 iyul kuni yurak huruji natijasida vafot etdi.

“Uzbek forum” faollaridan biri Kun.uz e'lon qilgan videomurojaat havolasini X (tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lishdi. (O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi qoshidagi) O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi esa tvitterdan ushbu videoni o‘chirishni talab qilib, bu qonunchilikka zid axborot ekanini bildirgan. O‘zbekiston OAVida e'lon qilingan murojaatni tarqatish qanday qonun, qaysi qonunchilikka zid ekani aytilmagan. Zotan video lavha Kun.uz da e'lon qilingan, Uzbek forumning eksklyuziv materiali emas.

O‘limidan oldin yo‘llagan videomurojaatida fermer Alimardon Tumorov yer solig‘i, suv solig‘i, daromad uchun alohida soliq to‘lashini, ishchilarga oylik sifatida bug‘doy berishni va'da qilganini aytadi. Videoda ishchilar fermer yonida turgan, fermer shu ishchilarga mo‘ljallangan bug‘doyni Art Soft tortib olayotgani haqida arz qiladi. Fermerning yuragi bu nohaqlikni ko‘tara olmadi.

Fermer o‘z hosilini, ishchilari haqini saqlab qolish uchun yordam so‘ragan, jon talashayotgan bir paytda O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (xuddi qilarga boshqa ishi yo‘qdek) San Frantsiskodagi Tvitter bosh ofisiga maktub yo‘llab videoni o‘chirishni talab qildi.

Eltuz O‘zbekistonda fermerlarga bo‘layotgan bosimlarga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk qoldiring. Agar kanaldagi ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat, super spasibo tugmachasini bosib bizni qo‘llang.

Tag‘in o‘qing
23 sentyabr 2019
Adolat izlab Xorazmdan Toshkentga yo‘lga chiqqan “Erk” demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajabning bu aktsiyasi O‘zbekistonda Islom ...
28 fevral 2019
So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bir necha bor yanada ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tishi haqida e'lon qildi. Asta-sekin bu o‘zgarishlar ...
16 mart 2020
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
24 oktyabr 2023
Eltuz 21 oktyabrda Dadaxon Tohirov ismli shaxs Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Paxlavon baliqxonasida O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘ining akasi va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...