Asosiy mavzular
24 oktyabr 2023

Dang‘arada kaltaklangan yigitning ahvoli og‘irlashgan

Eltuz 21 oktyabrda Dadaxon Tohirov ismli shaxs Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Paxlavon baliqxonasida O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘ining akasi va uning sherigi tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergandi.

Ushbu xabar ortidan, Dadaxon Tohirov kaltaklangani bo‘yicha Dang‘ara tumani IIB tekshiruv o‘tkazgan. Tekshiruv qanday xulosa qilgani ma'lum emas, ammo ko‘p o‘tmay shifokorlar 31 yashar Dadaxon Tohirovga yengil jarohat oldi deya tashxis quyib, shifoxonadan chiqarib yuborishgan.

Yaqinlarining Eltuzga ma'lum qilishlaricha, uyiga qaytib kelgan Dadaxon Tohirovning ahvoli og‘irlashgan.

«So‘ng uni xususiy kilinikaga ko‘rika olib bordik. Yuz sohasida sinishlar, miyasida va ko‘z sohalarida og‘ir kasaliklar aniqlandi,» deb yozdi jabrlanuvchi yaqinlaridan biri.

(Ilovada xususiy klinika chiqargan tashxisni ko‘rayapsiz)

Eslatib o‘tamiz, voqea guvohlariga ko‘ra, dang‘aralik o‘qituvchi Dadaxon Tohirovni  Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i Jasur Tojiboevning akasi Maqsud Tojiboev va uning do‘sti Ma'ruf ismli shaxslar do‘pposlagan. Boshiga shisha bilan urilgan Dadaxon og‘ir ahvolda tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan.

Eltuzga hodisa haqida xabar bergan obunachi so‘zlariga ko‘ra, IIB xodimlari hodisani qaydga olishni istashmagan. Jasur Tojiboev o‘tmishda Dang‘ara tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan. Eltuz voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni va videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
21 mart 2016
Xususan, gazetada e'lon qilingan “Axborot quroli qachon va nima maqsadda qo‘llaniladi?” sarlavhali maqolada “endilikda jamiki ziddiyatlar axborot quroli yordamida ...
21 noyabr 2016
Rassom Tuz o‘zining navbatdagi karikaturasida Shavkat Mirziyoevga yordam so‘rab murojaat qilayotgan o‘zbek yoshlari zehniyatiga nazar tashlaydi. Bosh vazir virtual ...
7 may 2019
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan rasman qabul qilingan qonun loyihasi Senat tomonidan imi-jimida o‘zgartirilgan holda ma'qullandi. Deputatlar boshqacha qabul qilib, ...
8 sentyabr 2022
Eltuz «600 sekund»ning 8 sentyabr 12-sonini taqdim etadi. +++ Farg‘ona viloyati sudida Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov va ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...