Ber porani o‘ldir fuqaroni – RTdan va'z
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.
MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo. Xivodayi Gulnora biyi, Ismoyil olqosh, Soporgul opo, So‘ltonposhsho apkala, hokimla, Matchon buvoni Moskvadayi asrak oxtiqlori nichiksizla…
RT: Matchon Suqulish, to‘yda salom aytganday bo‘ldingmi?
MS: Og‘o, xozir quri salomni qiziqi yo‘q. Kasmagincha qon chiqmiydi. Pl bilan go‘rishish garak. Bar porani – o‘ldir puqaroni.
PORANEWS
RT Urganch san'at maktabi bo‘lim boshlig‘i Bog‘otlik chmoni musiqa institutiga o‘qishga kirishi evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
MS Artis bo‘lish uchun poro barjakmi bi yetmak qon toshog‘on?
RT UrDU dekani Gurlanlik loxni ijodiy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 2600 dollar va 2,5 mln. so‘m olganida ushlandi.
MS Ina kishtak rotaollo. Tuyamo‘yin sardoriman, vohay voxay rota ollo
RT: Olmaliqlik eshshak sport universitetiga kiritib qo‘yish evaziga Olmaliqlik ovsardan 3 yarim ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
MS: Ha qorsildop uchib, gursildap sing‘iy. Barganam olg‘onom.
RT: Qamashilik aprs Boyovutlik chmoni TDPUga kirgazvoraman deb 5 ming dollar olganida ushlandi.
MS: Mollim bo‘lish uchunam poro bariladimi. Ibiy ustozinga balli…
RT: Qarshi innovatsion ta'lim universitetidagi aprs 3 ta loxni o‘qishga kiritish uchun 11 ming 700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
MS: Yurtni poraxo‘r bosipti.
RT: Yashnobodlik aprs O‘rtachirchiqlik loxni IIV Akademiyasiga kiritib qo‘yaman deb 22 ming dollar olganida ushlandi.
MS: Pora barip milisa bo‘lib, keyin xolqni itdiyn doliydi bilo. Sipoxi pora istar. Mo‘llo ijora istar¸ bechoro choro istar. Bir choro zamon bormu?
RT: Buni kim yozdi, Matchon Suqilish.
MS Avaz O‘tar yozdi buni. Avaz O‘tar ichi getar. Novvi davadi Navoiy otomiz, soyosinda yotimiz…
Jingl
MS: Og‘o Toshkentdaki Muxabbat apikadan bir suri savol galipdi.
Vatandoshim Muhabbatning savollariga javob.
1. Katta auditoriyaga egasiz. Lekin, shu auditoriya erki sizni qo‘lingizda bo‘lganida, qaysi yosh vakillari sizni ko‘proq kuzatib borishlarini hohlardingiz?
Javob: Ëshidan qat'iy nazar ilmli, zakiy va yuragi yangilikka tashna vatandoshlar kuzatishini xoxlardim.
2. Dunyoqarashi keng, mohir va mahoratli jurnalistsiz. Sizni bu darajaga keltirgan asosiy sabablar nimalarda?
Javob: Iltifot uchun rahmat. Rassomlikka o‘qib yurganimda san'at haqida chop qilingan kitoblarning mazmunan sayozligi haqida maqola yozuvdim. Bu maqola 1983 yili «O‘zbekiston san'ati» jurnalida bosildi. 1988 yildan boshlab siyosatga oid maqolalar yoza boshladim. 1990 yili butunittifoq «Munosabat» gazetasida «Extiyot bo‘ling, eshiklar yopiladi» degan katta maqolam nashr bo‘ldi. 1994 yildan boshlab esa doimiy professional jurnalistika bilan bandman. Saviyali kontent yaratishni Toshkent va Olmaotadagi internyus seminarlarida¸ AQShning Viskonsin pablik TVsida ustoz Jerri Hofman o‘rgatdi. Bi Bi Sining Bush xaus (London) qarorgohida o‘qiganim ham ko‘p narsa berdi.
3. O‘qigan qaysi kitob qahramonini o‘zingizga ko‘proq o‘xshatasiz?
Javob: Nobel sovrinli yozar O‘rxon Pomuqning 2014 yili yozgan romani Kafamda Bir Tuhaflık bosh qahramoni bo‘za sotuvchi Mavlut.
4. Qaysi mavzularda ko‘proq gapirib, yozgingiz keladi?
Javob: Vizual san'at, kino va opera haqida. Operani qaysi tilda bo‘lsa ham ich-ichimdan his qilib tinglayman. Shu bilan birga davlatchilik, istixborot va o‘tish davridagi ruxiy falajlik manzaralarini ham yozgim keladi. «Kechir amma» va «Toshkent 1984» kitoblarini tugatib qo‘yishim kerak. Xivada 1872 yili xon amri bilan so‘yilgan rassom, injener, qurol hamda soat yasovchi Durdi haqida «Chuqoloq» degan qissa rejalaganman. Durdini Ichan qal'adagi chuqoloqda so‘yishgan. Durdi miltiq shaklini ilk bor keramika tovoqda aks ettirgan edi. (Kattabog‘ keramika maktabi)
5. Onangiz bilan qachon oxirgi marta telefonda ko‘rishib, gaplashdingiz?
Javob: Kecha gaplashuvdim
6. Siz yashab kelayotgan Yevropada Xorazmga oid qadriyatning parchasi uchradimi?
Javob: Berlin, Parij va Madrid muzaeylarida qadim Xorazm tamadduniga oid eksponatlar bor…
MS: Mandam bir savol bo. Kambag‘allikni qisqartirish ministrini tonqosi kim?
Vazir Musaevning tankasi kim?
Ta'magirligi uchun sudlangan jurnalist Mavjuda Mirzaeva bilan ishdagi ishq munosabatlarida bo‘lgan bu shovvozning tankasi tepada. Kim u tanka? Aripovmi? General Parpievmi? Ëki Mirziyoev?
2011 yilda, ya'ni Karimov davrida Musaev AQShga qochib borgan va u yerda siyosiy boshpana olgan. Karimov o‘lganidan keyin Mirziyov davrida Musaevning piligi ko‘tarildi.
Soliq qo‘mitasining boshlig‘i va bosh vazir o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga ko‘tarildi. Xozir mana “kambag‘allikni qisqartirish bilan” band.
Menga ma'lum bo‘lishicha, Musaev, Bosh vazir Abdulla Aripovning kassasi¸ hazinabon “hisobchisi” va hukumatning yuqori bo‘g‘inlaridagi korruptsion zanjirning muhim halqasi.
Behzod Musaevning o‘tmishi ham qorong‘i. Lekin Musaevning tankasi faqat Aripov deb uzil kesil ayta olmayman. Bilishimcha Musaev chet ellarda o‘qib kelgan, zamonaviy boshqaruvni biladi deb joriy rahbar Mirziyoevning o‘zi tanlagan. Tanka kimligi aniq bo‘ldimi?
Musaev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
1998-2002 yillar oralig‘ida Moliya vazirligida davlat qimmatbaho qog‘ozlar bozori nazoratini yuritish bilan shug‘ullandi. 2006-2010 yillarda Hisob palatasining raisi bo‘lgan. Behzod Musaev 2010-2011 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, o‘sha paytlardagi rais general Botir Parpievning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2010 – 2011 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. 2018 yilning dekabridan esa qo‘mita raisi lavozimlarida ishlagan.
2018 yili Behzod Anvarovich Musaev, IIV qidiruvdagilar ro‘yxatida bo‘lgan va har bir stolbada uning qidiruvdagi rasmi turgan.
Musaev¸ O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining oltita moddasi, xususan, 167-modda (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)¸ 175-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish)¸ 178-moddasi (Chet el valyutasini yashirish)¸ 179-moddasi (Soxta tadbirkorlik)¸ 184-moddasi (Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) da ko‘zda tutilgan jiddiy iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanganib¸ qidiruvga berilgan.
2020 yilning may oyidan buyon Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.
Xozir Kambag‘allikni qisqartirish vaziri.
Oyoqlar bosh, boshlar oyoq bo‘lgan yangi O‘zbekiston
MS: Og‘o ishitdingizmi Trampni quloqinnan otdilo. Ësh voxtimizda vog‘irdi atsak quloqingni kasaman davadila.
RT: Demokratik el yurtlarda boshliq ko‘pi bilan ikki sro‘k o‘tirib keyin ketadi. Maksimum 8 yo 10 yil «tepada o‘tiradi» holos.
Bizning istonlarda esa ko‘ti kresloga svarka bo‘lganlarni azroil almashtirishi kutiladi xolos. (Karimov bilan bo‘lgani kabi). Ba'zan azroilni kutmay ba'zi gruppalarda bu ko‘ti kresloga svarka bo‘lgan diktatorni ontarish kabi tabiiy istak paydo bo‘ladi. Yaqin tarixda Boris Shixmurodov Turkmanistondagi suppermurotni ontarmoqchi bo‘lgan edi.
Bundan oldin Mirsaidov guruhi Karimovni to‘ntarmoqchi bo‘luvdi. Qirg‘istonda esa kamida to‘rtta prezidentni ontarib tashashgan.
Shu oy boshida Tojikiston parlamentning sobiq deputati, mamlakat Demokratik partiyasining sobiq yetakchisi Saidjafar Usmonzoda davlat hokimiyatini kuch bilan egallab olishga uringanlikda ayblanib qamoqqa olindi.
Tojik hukumati rasmiy bayonotida “Usmonzoda o‘zining jinoiy rejasini amalga oshirish uchun mamlakat ichkarisida va xorijdagi turli ijtimoiy qatlamlardan o‘z tarafdorlarini yollab, aholini norozilik namoyishlariga undash uchun xorijiy davlatlardan birining vakilidan 10 million dollar so‘radi ”deya iddao qilinadi.
Aynan qaysi davlatdan 10 million so‘ragani bayonotda ochiqlanmadi.
Ba'zan mustabid hukumatlar aybsiz odamni ham «davlatni ontarmoqchi» deb qamab tashayveradi.
Ammo Usmonzoda va Tojikistondagi ichki vaziyatni yaxshi bilganlar to‘ntarishga urinish ehtimolini istisno qilishmayapti.
Usmonzoda hibsga olinganidan bir kun o‘tib, xorijdagi muxolifat partiyalar va harakatlarni birlashtirgan Tojikiston Milliy Alyansi tashkiloti raisi o‘rinbosari Sharofidin Gadoev «Ozodi» radiosiga bergan intervyusida Saidja'far Usmonzodani taklif qilgan rossiyalik general haqida gapirdi. Go‘yoki general unga yangi hukumat yetakchisi rolini o‘z zimmasiga olishni aytgan, chunki «Rossiya Tojikistonda yangi hukumat istayotganini» va aynan shu narsa Usmonzodaning pozitsiyasini o‘zgartirgan emish.
Rossiyalik ekspert Andrey Serenko taxminicha, “hokimiyat uchun ichki kurash” ketyapti va hokimiyatning otadan o‘g‘ilga o‘tishi orqali tepadagi o‘zgarishlarga tayyorgarlik bor.»
Eltuz suhbatlashgan tojik jurnalistiga ko‘ra, Rahmonning hokimiyat almashinuvi bo‘yicha rejasi, ya'ni hokimiyatni otadan bolaga o‘tish sxemasiga Putin izn bermayapti.
Ozarbayjon va Turkmanistonda mumkin bo‘lgan sxema Tojikiston uchun ravo ko‘rilmadi.
2 iyul kuni “Ozodi” radiosiga gapirgan tergovga yaqin manbaning aytishicha, tergov davomida Usmonzoda o‘nlab odamni davlat to‘ntarishiga urinishda sherik sifatida ko‘rsatma bergan va shu sababli ular so‘roqqa chaqirilgan.
Ontarilish ehtimoli bo‘lgan Emomali Sharipovich Raxmonov 1994 yilning noyabridan beri Tojikistonni boshqarib keladi. 1952 yili Dang‘arada qashshoq dehqon oilasida tug‘ilgan Rahmon ikkichilar o‘qiydigan PTUni tugatgan xolos. (Uning keyinchalik oliy ma'lumot olgani shubha ostida).
MS: Og‘o, Putinni na ishi bor biza bilan. Mannan batar suqilishadi. O‘ldirib toshosh garak xoropni.
RT: Nega Putinni o‘ldirish kerak?
Albatta, Putin urush olib borayotgan yagona odam emas.
Albatta, raketalarni nishonga otgan Putinning o‘zi emas, Ukraina shaharlarini xarobaga aylantirgan Putinning o‘zi emas, ukrainaliklarni jismonan o‘ldirgan Putinning o‘zi emas.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri urishayotgan yuz minglab ruslar bor, harbiy-sanoat majmuasida yana yuz minglab odamlar ishlaydi, «biz majbur bo‘ldik», «deganlar millionlab.
Ammo bu millionlar va Putin o‘rtasida farq bor.
Va farq aniq bo‘lganidek, muhimdir.
Agar Z-targ‘ibotchilar, o‘risqullar ichburg‘idan o‘lsa urush tugamaydi.
Agar kamuflyaj to‘rlarini to‘qiyotgan xolalar boshiga ajal kelsa, urush tugamaydi.
Agar Harbiy zavod va neft omboriga bomba tushsa u tugamaydi.
Agar Kerch ko‘prigi ustiga azroyil kelsa, u tugamaydi.
Agar dronlar Baltimor aeroportiga yetib borsa, u tugamaydi.
Agar ular rus xarbiy poezdiga yetib kelsa, u tugamaydi.
Agar Kievga tushganidek Moskvaga bomba tusha boshlasa ham, urush tugamaydi, yo‘q.
Va Agar u bomba Putinning boshiga tushsa urush tugaydi.
Albatta, 5 daqiqada emas.
Lekin bu Lavrovlar, Mishustinlar, Volodinlar, Patrushevlar va Belousovlarning barchasi Putinsiz urushni davom ettirmaydi.
Ular harbiy harakatlarning intensivligini keskin kamaytiradi va urushni to‘liq to‘xtatish evaziga shaxsiy kafolatlari uchun savdolashgani G‘arbga yuguradi.
Axir Gitler ham yolg‘iz jang qilmagan. Ammo nemis zobitlari uni bir necha bor o‘ldirishga harakat qilishdi, chunki ular Gitler tirik ekan, urush tugamasligini juda yaxshi tushunishgandi.
MS Og‘o uring potyani.
RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!