Asosiy mavzular
21 iyul 2024

AQShda o‘zbek erkak ommaviy qotillik sodir qildi 

Amerikaning Nyu-York shtati, Bruklin shaxri, Bensonxyorst (Bensonhurst) xududida 24 yoshli o‘zbek erkak o‘zining onasi, akasining turmush o‘rtog‘i va 5 va 4 yoshli jiyanlarini chavaqlab tashladi.

19 Iyul, juma kechki soat 10:15 lar chamasi  Bruklin Politsiya boshqarmasining 62-bo‘limiga bir qancha fuqarolardan sodir etilayotgan jinoyat haqida qo‘ng‘iroq kelib tushadi.

Zudlik bilan yetib kelgan politsiya hodisa joyida 56 yoshli Mavlyudaxon Fayzieva, 27 yoshli Maftunaxon Hakimova, 5 yoshli Kamila Shavkatova, 4 yoshli Timur Shavkatovlarning qonli tanalarini topishadi. Mavludaxon Fayzieva bo‘yin sohasiga 3 marta pichok suqilgani, Maftunaxon Hakimova qorin va bel sohalariga pichoq suqilgani, va bolalar xam pichoq bilan zarba yetkazish natijasida olamdan ko‘z yumgani ma'lum bo‘ladi.

Politsiya yetib kelganida Mavudaxon hali nafas olib, joni uzilmagani aytiladi. 

Jinoyatni sodir etishda Mavludaxonning 24 yoshli o‘g‘li hibsga olingan. 

Bruklin Politsiyasi ofitserlaridan birining norasmiy bayonotiga ko‘ra, Bu oila O‘zbekistondan 2010 yilda Grin Karta lotereyasini yutib olib Amerikaga kelgan va 10 yildan ortiq 1590 Bruklinning G‘arbiy 8 chi ko‘chasida istiqomat qilib kelishgan.

Birinchi bo‘lib jinoyat sodir etilgan kvartiraga bolalarning otasi, Maftunaxonning turmush o‘rtog‘i yetib kelgan.

U kvartiraga kirib qo‘llari qonga botgan ukasini ko‘radi. «Xotinim qani?? Bolalarim qani? Bolalarimni nima qilding?? degan baqiriqli ovozlarini qo‘shnilar eshitishadi.

Aka 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘raydi. politsiya bilan telefonda yordam so‘rab yig‘layotgan ota bolalarining jasadini  uyning kiyim saqlash uchun mo‘ljallangan ombor-shkafidan, axlat tashlash uchun mo‘ljallangan paketga o‘ralgan xolatda, onasining tanasini esa ko‘rpaga o‘ralgan xolda divan orqasidan, ayolining tanasini esa boshqa bir xona burchagidan topadi.

Jinoyat Bruklin Politsiya boshqarmasining detektivlari tomonidan o‘rganilmoqda va xozircha xibsga olingan qotil o‘g‘il shaxsi politsiya tomonidan ochiqlangani yo‘q.

Bu hodisa Nyu York aholisi va AQSh ning barcha yirik Axborot Agentliklari tomonidan  qizqin muhokama qilinmoqda. 

Mana shunday nashrlarning xodisa haqidagi video materiali ostida dahshatga tushgan Amerikalik va aynan Bruklinlik Amerika fuqarolarining izohlariga ko‘zingiz tushadi.

Izohlar orasida «Yana o‘zbek erkak pichoq bilan hujum qildimi?» «Nega o‘zbek erkaklar oilasiga pichoq bilan hujum qiladi, kimdir biladimi, bu ularning an'anasimi?», «Qo‘rqib qoldim, endi o‘zim bilan gaz-balonchasini olib yuribman» kabi fikrlarni ko‘rishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ohirgi yillarda bir qator davlatlarda istiqomat qilayotkan o‘zbekistonlik erkaklar tomonidan qotillik, pedofiliya, bosqinchilik, ta'magirlik, qurolli o‘g‘rilik sodir etish kabi jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xolatlar shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Qotil churbanning ismi xali tergov tarafidan sir saklanyapti ekan. Eltuz horijda yashayotgan o‘zbeklar qotilliklariga oid xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. Agar ayrim yopiq videolarni ko‘rishni yoki shunchaki kanalimizni qo‘llab quvvatlashni istasangiz, super rahmat knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2021
Rost24 nashri deputat Safar Ostonovning qonunga xilof tarzda gazeta bosh muharriri bo‘lib qolayotganiga e'tibor qaratdi. Maqolada bildirilishicha, Safar Ostonov ...
15 mart 2022
O‘zbek suhandoni orqa planidagi suratda rossiyalik mard ayol Marina Ovsyannikova. Rassom Tuz
31 may 2017
Jizzax shahrida o‘tgan “Barkamol avlod” sport musobaqasi gala kontsertida qatnasha olmagan xonanda Shahnoza Otaboeva litsenziyasidan mahrum qilindi. Xonanda bu ...
6 dekabr 2019
Bugun atrofga qarab va'z uchun belgilaganim barcha mavzularning boshi s bilan kelar ekan. Sovuq. Saylov. Safsata.  Ham yana bir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...