Asosiy mavzular
20 iyul 2024

Baxti Tashkentskiy va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi 19 iyul kuni jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev va uning yaqinlari doxil 37 nafar sudlanuvchiga nisbatan o‘z hukmini ochiqladi.
Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan Baxtiyor Qudratullaev, sud hukmiga ko‘ra, 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Avvalroq prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy”ga 20 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragandi.
53 yoshni qoralagan Baxtiyor Qudratullaev o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olingan edi. U Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 15 sutkaga qamalgan.
Dekabr oyi boshida Toshkent shahar IIBB Baxtiyor Qudratullaev 165-modda 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 276-modda 2-qismida (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) ham gumonlanayotganini bildirgandi.
“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishining jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni joriy yilning 3 iyunida Yunusobod tuman sudi binosida boshlangan edi.

Tag‘in o‘qing
24 aprel 2019
Adliya vazirligining o‘z telegram kanali orqali yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish javobgarlikka tortilishga ...
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
24 mart 2021
I – bu ikkiyuzlamachilik. X – bu Xorazm. MM – bu mansabdorlar/mentlar. P – bu pedofiliya. UR – Uchinchi ...
13 iyun 2024
Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Navoiy va Namangan viloyatlaridan. Dastlabki maktub Surxondaryo viloyatining Denov ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...