Asosiy mavzular
27 iyul 2024

Sherali Komilov nega qamaldi?

Bundan bir necha kun muqaddam Sherali Komilov qo‘lga oligani haqida xabar bergan edik.

Sherali Komilovga jinoyat kodeksining 168, 140 va 139 moddalari bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.

Bloger Sherali Komilov 2023 yilning 10 avgust kuni Facebook va YouTube tarmoqlarida Qarshi shahri ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i Halimov Lochinbekni haqoratlab, sha'ni va qadr-qimmatini toptaganlikda ayblandi.

Shuningdek, Sherali Komilov 2021 yil fuqaro Qurbonov Xushnazardan «sizning uy masalangizni o‘zim hal qilib beraman» deb, 6 million 240 ming so‘m olib o‘z manfaati uchun ishlatib yuborganligi ta'kidlanmoqda.

Bir necha yillar davomida Komilov bu fuqaro bilan nega o‘zaro kelishib olmaganligi noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Bloger Sherali Komilov ustidan ko‘rsatma berish uchun bir necha bloger faollarga bosim qilingani Eltuzga ma'lum. Ular tergovga chaqirilmoqda va Komilovga qarshi ko‘rsatma berishga majburlanmoqda.

Sherali Komilov qo‘lga olingunga qadar Toshkent viloyati Qibray tumanidagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qarashli Do‘rmon ijod uyining 8 kottejida yashab kelgan. Ushbu manzilda tergov-tintuv ishlari olib boriladi.

Ayrim diniy blogerlar va faollar Sherali Komilov ulamolarni tanqid qilgani uchun qo‘lga olindi degan farazlarni ilgari surdi. Anglashilganidek, Sherali Komilov diniy konfliktlari uchun emas, ichki ishlar xodimiga nisbatan tuhmat, haqorat va firibgarlikda ayblanyapti.

Eslatib o‘tamiz, sobiq ichki ishlar xodimi Sherali Komilov iyun oyida Ozodlik uchun intervyu berib qamoqxonada mahbuslarning o‘layotganida huquq-tartibot organlarini ayblagan edi.

Eltuz O‘zbekistonda blogerlarga qilinayotgan bosimlarga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. 

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2024
Farg‘ona viloyatidagi va umuman vodiydagi barcha professional jurnalist va ziyolilarga ikki og‘iz gapim bor. Vodiy azaldan mehmondo‘stligi bilan tanilgan. ...
30 mart 2023
Rossiya imperiyasi hududlari Alyaska yarim orolidan tortib to Finlyandiya va Polshagacha, Qora dengiz qirg‘oqlaridan to Tinch okeani sohillarigacha, qirg‘oqlarini ...
13 dekabr 2021
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shayxali qamoqxonasida nozir bo‘lib ishlagan 38 yoshli G‘affor Akmalov jazoni ijro qilish tizimlaridan nohaq bo‘shatilganidan shikoyat ...
22 mart 2019
«Boy ila xizmatchi» – Hamzaga nisbat beriladigan drama. Originali saqlanmagan. Komil Yashin uni mafkuraga moslab qayta yozgan. Suflyor varianti ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...