Asosiy mavzular
22 mart 2019

RT dan va'z: «Boy ila xizmatchi» talqini

«Boy ila xizmatchi» – Hamzaga nisbat beriladigan drama. Originali saqlanmagan. Komil Yashin uni mafkuraga moslab qayta yozgan. Suflyor varianti saqlangan. O‘sha variantga asoslanilsa, bu asar tragikomediya janrida yozilgan.

Boy Jamila degan qizni o‘ziga o‘ynash qilib oladi. Uylana olmaydi, chunki nikohida 4 ta xotin bor. U o‘z o‘ynashini G‘ofir ismli so‘tak bir xizmatchiga erga berib qo‘yadi.

Xizmatchining bo‘yniga 1700 chor Rossiyasi rubli (170 dona o‘n grammlik oltin tanga) qarz ilib qo‘yadi.

Xizmatchi kuni bo‘yi dalada ishlaydi. «Xotin» esa boy bilan ishrat qiladi. Xizmatchi o‘zini uylantirgan boydan qarzdor ekanligini bilgani uchun ham «xotini» Jamilaning boy bilan aysh qilishiga ko‘z yumadi. Boshqa hizmatkorlar bilan suhbatda u boyni maqtab gapirib yuradi.

Bu tomoshani ko‘rganlar G‘ofirning so‘takligi Jamilaning jalabligi va Solihboyning aferist va seksterrorist ekanligidan zavq bilan kulishgan. Bu endi teatr. Hayotda ham shunday narsani guvohi bo‘ldim. Bir katta viloyat idorasining rahbari o‘ziga o‘ynash bo‘lgan kotibasini o‘z idorasida ishlaydigan ishchiga olib beradi.

To‘yini qilib beradi. Shundan keyin ishchi faqat tungi smenada ishlaydigan bo‘ldi. Aytishlaricha, bu ishchi xotinining o‘ynash ekanidan rozi. Hatto maqtanib ham qo‘yarkan «xo‘jayin bizning oilaga juda yaqin», deb. Siniqlik va umurtqasizlik millatning asosiy sifatiga aylanmadimi? O‘zining xotinini zo‘rlagan kimsani maqtash uchun kim bo‘lish kerak? Albatta, lapashang bo‘lish kerak.

Mana, siz tsirkda tomosha ko‘ryapsiz. Fokuschi o‘z shlyapasidan tovuq, quyon va bir gala kaptarlarni chiqarmoqchi.

Har xolda afishada shunday va'da qilingan. Ammo fokuschi harchand urinmasin, shlyapadan hech vaqo chiqmadi. «Fokus chiqmadi» deyishadi bu holatni. Tomoshabinlar hushtagi ostida fokuschi arenani sharmandalarcha tark etadi. Tsirk direktori uni ishdan haydab yuborsa ham ajab emas. Muddao:

Mana, 2 yildan oshdiki, O‘zbekiston atalgan tsirk arenasida Mirziyoev degan fokuschi tsirk ko‘rsatmoqchi bo‘lib tirishib yotibdi.

Ammo u kishining birorta fokusi amalga oshmadi. Tovuqlari o‘ldi, limonlari quridi, echkilarni so‘yib, qo‘y go‘shti deb sotvorishdi. Qalampirlarni axlatga tashlavorishdi. Propiskayam qimirlamay turibdi. Gaz yo‘q, svet yo‘q. Za'faron va na'matak tutmadi. Fokus chiqmadi deb hushtak chalganlarni tsirk ma'muriyati ushlab, yo‘lbarslar turadigan qafasga qamab tashlayapti. Qolganlar qo‘rqib «qanaqa zo‘r fokus mokus», deya yolg‘ondan chapak chalishmoqda.

Xulosa:

Mana, qo‘shni Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboev abadiy prezident bo‘lib kursiga yopishib qolish tendentsiyasiga nuqta qo‘ydi. O‘zi ishdan ketdi. Bu yaxshi o‘rnak.

Biz O‘zbekiston prezidentiga yolg‘ondan chapak chalishni to‘xtatmasak, holimizga tsirkdagi maymunlar yig‘laydi. Ikki yildan keyin prezident saylovi bo‘ladi O‘zbekistonda.

Boshqasini saylash haqida hozirdan o‘ylaylik. Boy bo‘laylik, xizmatkor emas.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 noyabr 2017
Rossiyaning «Rodina» partiyasi, «Vatan yo‘lbarslari» yoshlar qanoti va «Rossiya milliy-vatanparvarlari» jamoatchilik tashkiloti faollari Moskva shahri ma'muriyatining O‘zbekistonning marhum prezidenti ...
7 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda maska taqish zarurligi haqida ...
17 aprel 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
18 dekabr 2015
18 noyabr kuni Jizzax viloyat IIB katta tergovchisi Orif Anarboev O‘ktamni 168 modda (firibgarlik) va 211 (pora olish)da  ayblash ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...