Asosiy mavzular
9 avgust 2024

Mulla qo‘lida yelpig‘ich bo‘lgan o‘zbek bolalar – RTdan va va'z

Aziz asrimizning aziz onlari aziz odamlardan so‘raydi qadrin. Azizlar mana yana bir xafta o‘tdi. Qarshingizdaman. Yuzma yuz. Betma bet. Achchiq haqiqatlarni aytish uchun bugun ham hizmatdaman.

MS: Xo‘jik brri, mo‘chchi oybika, opabiyi ham galinbikala, nichiksizla.

RT: Xayot baribir go‘zal…

MS: Qaysi Go‘zal. Shorlovuqdagi bonkada ishliydon Go‘zal apikami. Shumxovorlara o‘ting yoshulli…

Shumxabarlar

Qarshi tuman hokimligi o‘rinbosari 25 gektar chorva yerini rasmiylashtirish uchun 5 ming dollar pora oganida ushlandi.

MS: Biz bizaloq, sota sot. Sotmog‘anni oyoqi cho‘loq.

33 yashar urgutlik aprs birovning 50 sotix yerini 80000 $ ga sotishga kelishib, 30000 dollar oganida ushlandi.

+++

Uchko‘priklik 55 yashar aprs bank garovida turgan o‘zganing yerini 130000 dollarga sotishga kelishib, oldindan 109000$ dollar olganida ushlandi.

MS: Novvi davadi Mirzakarimboy yonqi so‘ltik Yo‘lchig‘o?

(Video parcha Yer sotgan er bo‘lmaydi 9 minutda)

Qibray dalasida 22 yashar yigit daraxtga osilgan xolda topildi. Medekspertizaga ko‘ra, bu yigit o‘zini o‘ldirgan.

Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimlari kaltaklashi oqibatida navbatdagi vatandosh o‘ldi.

Shu yilning 25 iyul kuni soat tungi 00:20 lar atrofida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Hamid Olimjon mahallasi Musaffo ko‘chasi 33-uyda yashagan, 1993 yilda tug‘ilgan Maxmudov To‘raxon Sobirxon o‘g‘li mahalliy to‘yxonada tanishlari bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan kuch bilan xizmat avtomashinasiga joylashtirilib, hududiy jihatdan yaqin bo‘lgan Bo‘ka tumanida joylashgan xushyorxonaga olib ketilgan.

26 iyul kuni ertalab To‘raxoning ota-onasi uning Bo‘ka tumani markaziy kasalxonasiga tushib qolganidan xabar topgan.

Kasalxonada To‘raxonning ota-onasiga uning militsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, janjal qilgani, xizmat avtomashinasida Oqqo‘rg‘on tumanidagi xushyorxonaga olib ketilayotgan vaqtida boshini avtomoshina salonining turli joylariga urgani, avtomoshinadan sakrab tushib qolgani, natijada turli tan jaroxatlarni olgani tufayli militsiya xodimlari uni tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bo‘ka tumani tibbiyot birlashmasiga olib borib joylashtirganligi ma'lum qilingan.

Shu kuni Maxmudov To‘raxon Bekobod tumani markaziy kasalxonasiga o‘tkazilgan.

Ikki xafta davomida koma holatida yotgan To‘raxon 4 avgust kuni bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, boshning tepa suyagining sinishi, boshning ensa tepa peshona chap yonoq, burun, o‘ng yelka, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, burun suyagi sinishi natijasida o‘ziga kelmay, Bekobod tumani markaziy kasalxonasi jonlantirish bo‘limida jon bergan

MS: Bu xafta hech kim pora olmodimi?

RT: Tinimsiz 7 ga 24 rejimida pora olishdi.

Avtozapchast rastamojkasi uchun pora olgan Samarqandlik bojgir va spekulyant qo‘liga kishan solindi. Ikkalasiyam qamag‘da.

+++

Bog‘otlik o‘limtik urganchlik lo‘xning yerini kadastr qiberaman deb 400 dollar va 1 million 200.000 so‘m olganida qo‘lga tushdi. O‘limtik qamag‘da.

+++

Xazorasplik aprs qo‘shko‘pirlik loxni IIBga ishga kiritaman deb 3500 dollar pora olganida ushlandi.

+++

MS: Milisaga pora bilan isha giramila? Nerda xozir u apriiis?

RT: Aprs qamag‘da.

“O‘rtachirchiq tumangaz” muhandisi novvoyxonaga gaz ulab beraman deb 8500 dollar og‘anida qo‘liga kishan solindi. Gazchi qamag‘da.

MS: O‘risla bilan qo‘shilib, insopom getdi. Dang‘arali fermer Riyimbargan doyi oytdi bi gapni.

RT: Sovet davrida (1984 dan 1988 gacha) zamdirektor lavozimida ishlardim. Paxtaga chiqdik.

Boshqarmada instruktor bo‘lib ishlaydigan Reyimboy degan o‘limtik yigit «boshliq bo‘lishni» orzu qilardi.

Paxta otiz chetidagi roshda o‘tirib Reyimboyning boshliq bo‘lish yo‘lidagi «biznes reja»sini ermakka tinglardik.

«Kattalarga pora berish va ularning ko‘nglini olish uchun nollari ko‘p summa zaxirada turishi kerak»,  «Nagliy o‘marmay, sxemalar yordamida davlat pulini oz-oz o‘marib borish. Masalan daraxt ekdim deb smeta tuziladi. Keyin qurib qoldi deb spisat qilinadi»

Xullas Reyimboy bu gaplarni aytib turib «Ammo» derdi.

«Ammo idorada bitta o‘rising bo‘lishi kerak. O‘ris seni insofga  chaqirib turadi»

«O‘ris insopli» degan shubhali xadisni keyin boshqa odamlardan ham eshitdim.

O‘shga borganimda bittasi «O‘risligim turib ketdi»,  «O‘risim chiqib turibdi» degan jumla mazmunini aytib berdi.

Bu «Haqiqatparvarligim tutib ketdi» degan ma'no berarkan.

Qirqlar qishlog‘idan chiqib, qirqta xunar egasi bo‘lgan fermer shoir Rahmatjonning yozgani ham shunaqa xalq shuuriga singgan «xaqparvar o‘ris» haqidagi orzu transferi.

Sovet davrida odamlar Moskvaga «haqiqat istab» yozardi.

Moskvadan kelgan tekshiruvchi esa qo‘yni qo‘nji to‘lib ketardi.

O‘zim ko‘rganman «Revizor uchun yasalgan padarka qutisini». Moskvaga pora berish tarixi bu mustamlaka tarixi bilan esh.

Masalan, Mingtepa (xozirgi Marhamat)dagi diniy sektada injenerlikdan xabari yo‘q mulla Dukchi Eshon talabi bilan bo‘yi uzaytirilgan minora nomoz paytida ko‘rmuridlar ustiga ontarilib o‘ntacha odam o‘lgan.

Jamoat joyida texnika xavfsizligiga atay rioya qilmaslik borasidagi bu  jinoiy xodisani o‘ris revizor tekshirgan.

O‘shanda Dukchi eshon pora berib bu revizorni «rozi qip» jo‘natib, qamag‘dan qutulib qolgan.

(Dukchi eshonning o‘ris istilochilariga isyoni bilan bog‘liq sharafli ishi alohida masala)

Chorga vassal bo‘lgan Xiva xonligida soliqni yashirish, xazinani o‘marish bilan bog‘liq korruptsiya jinoyatini tekshirish uchun «maxsus yorliq bilan Piterdan kelgan» mufattish ham ikkita ahaltekin ot va yana bir xurjun oltin evaziga «mulozimlar hatti harakatida jinoiy element yo‘q» deb yozib ketgan.

Sovet O‘zbekistonini boshqargan Sharof Rashidov paxtani qo‘shib yozish sxemalari ishlashi uchun Moskvaga pora berishni konveyr uslubda amalga oshirgan.

O‘sha paytda ukam gossnab tizimida kranchi bo‘lib ishlardi.

Skladdagi eshakka o‘xshash to‘rt oyoqli kran yuklarni moshinga ortib beradi.

Gosnabdagi maxsus odam kelib har oy ukamdan besh so‘m olib ketgan. «Moskvaga yuborish uchun pul yig‘yapmiz» deb.

Moskvaga pora berish tizimi va ko‘lami haqida jinoyat ishlarini bir yerga yig‘sak biror o‘nta vagonga sig‘adi.

Aytmoqchi bo‘lganim «insopli o‘ris» haqidagi gap bu adolatsizlikdan charchagan va qandaydir Robin Gud kabi adolat yalovbardori mavjud deya ishongisi kelgan sodda o‘zbek orzusidan o‘sib chiqqan  ertak xolos.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin ham o‘risdan qo‘rqish o‘zbek rahbarlarining asosiy instinkti bo‘lib qolmoqda.

1994 yili Xorazmda mustaqil Ey El Si televizion kanalni ukalarim bilan tashkil qilib ishlatib yurdik. Xorazmda o‘rislar juda oz. Borlariyam o‘zbekcha biladi. Lekin TV ALS da o‘rischa ham eshittirish qilardik.

Sergey Naumov degan jurnalist oborardi o‘rischa dasturni.

Bir kuni «Turkmandan chiqib, Xorazmni kesib o‘tayotgan narkotiklar karvonini videoga olib efirga berdik. Qizig‘i shundaki, bu karvonga yo‘l ko‘rsatib borayotgan moshin nomeri  mahalliy SNB xodiminiki ekan. Buni bilmaganmiz. Shunchaki videoda nomeri ko‘ringan.

Ertasiga bizni «Terrorizm» idorasiga chaqirishdi. (Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi bla bla bla degan idoraning qisqa nomi)

Bitta o‘zim bormayin deb yonimga Sergeyni oldim.

«Terrorizm» idorasining boshlig‘i o‘z kabinetida qabul qildi.

Odatda tiliga va qo‘liga bemalol erk beradigan bu bespredel nachalnik, o‘ta mulozimat bilan kalovlanib, sira maqsadga o‘ta olmadi.

«Rahmatli otam rayonoda ishlaganida sizni muxbir otangiz bilan do‘st edi. Onam esa sizning  marxum ammangiz bilan kursdosh chiqon edi..»

Blin, bu «terrorist nachalnik» bilan pochti qarindosh bo‘lib chiqyapman.

Birdan bu nachalnik mening qo‘ltig‘imdan olib, «bir minutga mumkinmi» dedi.

Keyin qulog‘imga «Mana bu o‘ris tashqariga chiqib tursin» dedi.

Sergey koridorga chiqdi. Unga boshliq yordamchisi choy damlab mehmon qilishni boshlab yubordi.

Sergey chiqishi bilan nachalnik 180 gradusga o‘zgardi.

«Qo‘toqimo esenbini biznesina aralashasanmi? San sikilsang poxxuy. Mani sikdila bugun to‘nqoytirip. Qamalib getsam bollarimni akang boqami. Ë sen boqasanmi. Bozorni yoz, maktabni yoz. Turkmannan galadon narkotaga aralashsang dik sikaman. Davay kassetani gatirib bar. Povtor chiqmasin. Shu gap sho‘rda qolsin. Anavi qozoq Tursunxon bilmasin. U qozoq galadi getadi. Sen bilan men sho‘rda yashaymiz»

Tursunxon aka Xudoyberganov o‘sha paytda Xorazm viloyat IIB boshlig‘i edi. Munosabatimiz yaxshi edi. Ko‘p infolarni shu odam berardi bizga. Ey El Si boshiga ish tushganda bizni qo‘llagan shu «qozoq» edi…

Mayli offtopik bo‘lmaylik. Chalg‘imaylik. Bu boshqa hikoya.

Aytmoqchi bo‘lganim «o‘risdan qo‘rqish» va «o‘risni xoloskor sifatida » ko‘rish ilm fanda «Stokgolm sindromi» deb ataladi.

Stokgolm sindromi psixologiyada mashhur bo‘lgan atama bo‘lib, jabrlanuvchi va tajovuzkor o‘rtasidagi jabr jarayonida paydo bo‘ladigan instinktiv himoya—ongsiz travmatik aloqa, o‘zaro yoki bir tomonlama hamdardlik deya tavsiflaydiganlarning paranoyik  alaxsirashi.

Nima demoqchiman!

O‘z haqimizni o‘zimiz himoya qilaylik. O‘zimiz ichimizda jur'at topib o‘g‘rini o‘g‘ri, yolg‘onchini yolg‘onchi va mamlakatni o‘risqul qilayotgan vassallarni o‘risqulsan deya olaylik.

Toki ular o‘risdan emas, o‘z xalqidan qo‘rqsin. O‘risdan o‘rden olib otrabotka qilishga uyalsin, izo yesin, isnod alamida qovrilsin. Endi buyam bir orzu….

Omon Matchon degan gurlanbet og‘amiz bo‘lgich edi. Ro‘montik edi rahmatli. «O‘zbeklar o‘z dardini o‘zi o‘ylashga tushdi» degan fantastikaga ishonardi.

Shuncha saboq yetar! O‘zingga ishon!

O‘z aqling, xulosang, ko‘zingga ishon!

So‘nggi bor o‘z o‘g‘il-qizingga ishon!

Bugun shular seni o‘ylashga tushdi!

(She'r 30 yil oldin yozilgan, ammo o‘zbeklar o‘z muammosini o‘ylashga hanuz tushgani yo‘q)

MS: Og‘o bi rasmda novvi chizilg‘on?

RT: Rasmda o‘ris «yarim poshsho» o‘zbek Madrimxonni so‘roq savol qilmoqda. Rasm 1873 yil chizilgan.

Domlaning yelpig‘ichlari

Tarmoqda ginekolog mullaning yelpig‘ichlari videosi aylanib yotibdi. Ikki bola machitda «ponyatka bervotgan» do‘mlani yelpib turibdi.

Yaqin tarixdan bilamizki, mulla va eshonlar yosh bollarni o‘qitish bahonasida tayyor qulga aylantirishgan.

Murid bollar o‘z murshidi (eshonbovo) ko‘tini yuvgan suvni talashib muborak qilib ichishgan. Eshonbovaga yoqish uchun tilyog‘lamalik qilishgan. Eshon bobo hujraga apkirib erkalasa xursan bo‘lishgan. Ko‘ti yirtilib qonab ketsayam «musulmon musulmondi aybini bekitadi» degan sekta ponyatkasiga rioya qilib «kozellik» qilib ota enasiga aytishmagan.

Bu sekta boshlig‘i va sektant munosabatlaridan boshqa narsa emas. Insoniylikka zid bu.

Xurmatli ota onalar, naxot sizlar tug‘ilganda sevingan bu bolalarning bir o‘siroq mullaga yelpig‘ich bo‘lishini istaysizlar.

Nega?

MS: Og‘o, mechit 200 kilovat tokni rasxod atip bo‘lg‘on. Shunga inobi yetimlani shamolparrik atib qo‘yidilo. Hech vo‘moso shunga yorosin bu yezalakla. Ustozni rozi atmagannan go‘ra kabani vayron qilg‘oning yoxshi dayan ulli pir.

RT: Andijonda 3 farzandning onasi, 28 yoshli xotin, onlayn qimorda 11 mln so‘m yutqizib qo‘ygani ortidan Asakadagi soyga  o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qildi.

O‘zini o‘ldirishdan avval bu xotin ovsiniga telegram orqali, onlayn  qimorda yutqazib qo‘yganligi, 11 mln pulni endi qaytarolmasligini, shu sababli o‘z joniga qasd qilmoqchiligini bildirib sasli yozuv yuborgan. Mana eshiting.

MS: Uchak uchaka boqodi. Aldinnan solmo oqodi. Shu ko‘chada boyni qizi voxay jonimni yoqodi. Og‘o kadiladan so‘llang. Negativ porsiyasi oshib getti.

Muxabbat yosh tanlamas

29 yoshli yigit. U London va Madridda avtomobil zavodi va ko‘chmas mulkiga ega bo‘lgan 89 yoshli ispaniyalik Sofiyaga uylandi. Yigit aytadi: men izlayotgan va yoshlardan topmagan haqiqiy sevgimni topdim. Men unga ishondim, sizchi?

MS: Manam ishondim. Pili bo pl topodi, pli yo‘q dardisar topodi. Muhabbat yosh tanlamaydi, sattarosh bosh.  Oching alni, uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2024
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayyoom. Yuz ...
18 may 2018
Prezident Mirziyoevning umr yo‘ldoshi Ziroatxon Hoshimovaning Vashingtondagi Oq uyda tushgan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan birida O‘zbekistonning birinchi xonimi ...
7 sentyabr 2020
Garchi O‘zbekiston islomiy harakatining (O‘IH) o‘zi endi xalqaro jihodning murakkab maydonida muhim ishtirokchi bo‘la olmasa-da, uning butunlay yo‘q bo‘lib ...
19 aprel 2024
Bugun yutub kanalida  ko‘radiganingiz,  va'z sarlavhasini «O‘zbek maktabi  bolalikning dushmani» deb qo‘ydim.  Mana bir o‘qituvchi  birinchi sinf bolalarini qo‘liga nina ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...