Asosiy mavzular
19 aprel 2024

O‘zbek maktabi  bolalikning dushmani – RTdan va'z

Bugun yutub kanalida  ko‘radiganingiz,  va'z sarlavhasini «O‘zbek maktabi  bolalikning dushmani» deb qo‘ydim.  Mana bir o‘qituvchi  birinchi sinf bolalarini qo‘liga nina tiqar ekan. Siz nima deysiz. Maktabda o‘qituvchi urmagan kim bor? Muallimdan kaltak yemagan, ustozi  urmagan kim bor?

Xozir boyib ketgan bir o‘zbek bilan gaplashsam «Ëshligimda ota-onam meni tekin xizmatkor, qul deb qaragan» deb yo‘qotilgan bolaligi haqida dardini to‘kdi.

«Men beshinchi o‘g‘il edim tug‘ilganimda. Ota onam yana bir qul tug‘ildi deb o‘ylashgan. Uch yashar paytimda akalarim quygan xom g‘ishtlarni tikka qilib chiqardim. Keyin g‘ishtlarni sarjin qilish va loy tashishga tashlandim. Keyin har kuni otam tepip turg‘azib, og‘ir ishlarga majbur qildi. Men tengilar krujokka qatnar, daryoda cho‘milar va qizlar bilan yurardi. Men esa ota ona qurgan kontslagerning beshinchi nomerli maxbusi edim. Xolodilnikdan so‘ramay ovqat yeganim uchun otam urib tashagan. Uyda hamma narsa ekonom edi. Shammani darrov to‘kmay ustiga suv quyib biz bollarga choy deb berardi. Osh yeganda ketma-ket go‘shtga qo‘l uzatsam qo‘limga urishardi. Osh yeyilgan tovoq ustiga choy quyib yuvindi ichishga majbur qilishardi.

Otam maktabga borib, direktor bilan gaplashib, meni xaftalab uyda olib qolib ishlatardi. Bir marta tosh tashiyotib qo‘limdagi g‘altak aravaning g‘ildiragi sinib  ag‘darilib ketdi. Tosh tegib tizzam qonadi. Otam kelib, men uchun emas, singan arava g‘ildiragi uchun qayg‘urdi. Dangasaga ish buyursang, asbob sindiradi deb meni tepib o‘tib ketdi.

18 yoshga kirib pasport olganimda uydan (xorazm viloyatidan) qochib furachilar mashinasiga chiqib Toshkentga keldim. Sergelidagi mashina tuzatadigan ustaga shogird bo‘lib ish boshladim. Keyinchalik ota-onam bilan borish kelishni tikladim, ammo ularning meni ezgani, bolagimni do‘zaxga aylantirgani hech ichimdan chiqmaydi»

MS: Mollimni urg‘oni un oshi, so‘kkani so‘k oshi. Eng muhimi so‘nginda odom bo‘lsin. O‘qituvchi bekordon bekoro urmiydi. Odom bo‘l. Xarp doni. Kallangda alip yo‘q, dap urodi. O‘qimosong, gullikchi bo‘loson dap urodi. Ina yuribdi sikkini sonini urib, o‘risni yurtinda gullikchik atib o‘qimog‘on boxti qorolo.

RT: Toshkentdagi maktabda birinchi sinf o‘quvchilarining badaniga igna tiqib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi!

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani, 277-o‘rta maktab 1-“E” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“E” sinf rahbari S.R. (ayol) ning ustidan shikoyat qilgan.

Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. o‘quvchilar qo‘lining kaft qismi ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.

1-“E” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo‘shatildi.

MS: Bo‘lg‘oni ishdan bo‘shadimi. Qomosh garak vu jillini

RT: Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

ISTALMAGAN ShAXS

«Istalmagan shaxs» degan tushuncha bor xalqaro munosabatlarda. Bitta odamni tanlab «chiqib ket» deyiladi. Bir xalqqa mansub millionlab odamga «chiqib ket»  yoki «ular palon ish qilmasin» deyish yoki shu xalqni tamsil qilgan davlatga «ob ket fuqqaro yo‘qsilingni, bitlab ketdi» deyish kam bo‘ladi. Xullas Tanzila ketini tog‘oraday qilib o‘rislarga ta'zim qilib yurgan bir paytda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Rossiyada noqonuniy yurgan  fuqarolarini O‘zbekiston 15 iyungacha olib ketishlari kerak, aks holda Moskva chegaralarni yopib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘radi, degan edi.  Bu dangasalardan o‘ris ham hazar qildi. Ming o‘risqul bo‘lib, o‘risni kalishiga patak bo‘sang ham baribir seni o‘ris bir tiyinga olmaydi. Mana Kamchatka va Novosibirskda mardikor migrantlarga  taksi haydash taqiqlandi.

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida  shuningdek, dangasa mardikor migrantlarga taksichi, ichkilik va tamaki sotuvchisi bo‘lib ishlash man etildi.

16 aprel kuni Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov patent asosida ishlayotgan migrantlarga o‘lka hududida taksichilik qilishni taqiqlab qo‘ydi.

2023 yil oktyabrida Rossiya Davlat dumasiga xorijlik fuqarolarning butun mamlakat bo‘ylab maktablarda, farmatsevtika sohasida, davlatga qarashli tibbiyot muassasalarda, taksi va yuk tashish sohalarida ishlashini taqiqlash taklif etilgan qonun loyihasi kiritilgan edi.

Qalaysiz o‘risqullar?

MS: Og‘o shu quri o‘ris yurtdagilarni oshoqlop kamsitasiz. Quri shuloni tirosiz. Xudo urg‘onni peg‘ambaram xososi bilan durtibdi. Blo ichi qisilg‘onnon o‘ris yurta borib gullikchilik atib yurgani yo‘q.  Og‘obekni chog‘irib to‘y varin, opomni umraga iyarin, o‘yni deshonini gibkiy kamen atin dap shonda yuribdila. O‘risni o‘tinnan girib kulinnan chiqib

RT: O‘zbekiston hukumati Buxoroning tarixiy hududida buzish va qurish ishlarini olib bormaslik yuzasidan YuNYeSKOga bergan va'dasini buzib, shaxarni vayron qilib yotibdi. Tarixiy markazda feyk bino qurishga de yure Bosh vazir Abdulla Aripov izn beribdi. (De fakto kim izn bilgani qorong‘u)

Buxoroni buzdirgan Bosh vazirni va uning bola chaqasi va qarindoshlarini qarg‘anglar.

Tuzalmas kasalga chalinsin, ichburg‘idan o‘lsin, deb qarg‘anglar. Bola baqrasi grin kardning yuzini ham ko‘rmasin, Las Vegasning isini iskamasin deb qarg‘anglar. Tizzaga urib baland ovozda qarg‘ab tashanglar.

MS: Qorsildop uchib gursildap singiy. Siydiki yer do‘shmasin. Abdulla g‘oripni qolgan socham do‘kilsin.

Oxtiqlari ferrarida yurolmasin. Shveytsariyada kanikulini o‘tkazolmasin. Shovvozsoyda dam ololmasin. Novvi davadi Navoiy birat, It bo‘sin, ashak bo‘sin, lekin odom bo‘mosin davadi…

TANLOV

RT: Mabodo bu xalqqa «Moshn rastamojkasini ochamiz, ammo Buxorodagi Minoraiy kalon bilan Samarqanddagi Sherdorni yo‘q qilamiz» deb tanlov berilsa nimani tanlardi?

MS: Koneshno moshn. Xivodagi xo‘jominornam yiqib toshosin kalta minora qo‘ship, lekin rastamojka mut bo‘sin.

RT: Toshkentdagi tok urib o‘lgan o‘quvchi o‘qigan maktab direktori va «zamdirektori» qamag‘da.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi bu ikki mallimdi jazoladi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi tok urib o‘lgani  ortidan maktab direktori va «zamdirektori»ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.

Sudda dastlab xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga nisbatan hukm o‘qildi.

Unga ko‘ra, «zamdirektor» JKning 207-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan va 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maktab direktori ham JKning 207-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi, hamda 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

MS: Og‘o mollimo ichingiz uvishmiymi?

RT: Hukm qat'iy shikoyatga o‘rin yo‘q. Mavzu bolalar xavfsizligi ekan hech kimga ichim achimaydi.

MS: Og‘o Parxonadagi muzey yonib kul bo‘libdi ishitdingizmi.

RT: Bosh prokuratura Farg‘ona muzeyidagi yong‘in bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

Hodisa oqibatida XIX asrga oid masjid eshigi va qadimiy miltiq yonib ketgan.

Balki pojardan oldin o‘marishgandir?

Rasmdagi asar pojardan omon qolgan.

MS: Buxoro buzilyotir – hamma jim.

Muzey yonib getdi – hamma jim.

Bu millata na tarix, na madaniyat garak.

Navchun yondi. Indi novvi bo‘ladi, kim jazolanadi, hech kima qiziqi yo‘q

Moshin, benzin, ovqat, pul, seks qiziq tema blara. Plyus mulla tarap bir o‘ksirib qo‘ysam yetib galadi bi zombanutiyla.

Tolibondan taxorat suvi

RT: “Tolibon” 120 ming litrga yaqin neftni sifati past bo‘lgani uchun O‘zbekistonga qaytargani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bojxona qo‘mitasi qaytarib yuborilgan benzin O‘zbekistonga tegishli ekanini rad etdi. Soqoli bitlagan tolibon mullabachchalar O‘zbekistonning sifatli neftini obqolib, begonaning sifatsiz neftini Toshkentga qaytarvorib «prava kachat» qilgan.

MS: Bu tolibona idi naxxuy dayish joiz. Tolibon torat atgan suvni ichaman dab o‘lib durg‘on o‘zbek qori va qoriyalarinam shu gap.

Xorazmda bonkamatni o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘ri  qo‘lga olindi

12-aprel kuni soat 03:38 da  yangibozorlik 34 yashar qashshoq Urganch shahar Xonqo ko‘chasida joylashgan “Hamkor bank” bankomatini buzib ichidagi pullarni olib ketishga urindi.

Ammo signalizatsiya ishlab zamin-zamom bir bo‘lganida o‘g‘ri Yangibozor tarafga qarab qochdi.

Olingan xabarga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan qo‘riqlash bo‘limi tezkor guruh xodimlari tomonidan, bankomat muhri buzilganligi hamda seyf eshiklari ochiq holatda ekanligi aniqlanib, yashirinishga uringan noma'lum shaxs voqea joyidan uzoq bo‘lmagan hududda qo‘lga olindi  va Urganch shahar 2-sonli IIBga topshirildi.

Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida o‘g‘ri  34 yoshli Yangibozor tumanda yashovchi fuqaro M.B. ekanligi aniqlangan va surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi.

MS: Xorazmdayi eng asovonsiz, lapashang o‘g‘rilar Yangibozor bilan Gurlanda  dab bilinadi. O‘g‘ri nerda  xozir?

RT: O‘g‘ri qamag‘da. Bankomat joyida. Urganch shaxri tinch uyquda.

MS: Og‘o negativ ko‘paydi. Bir yaxshi gapam oyting.

Devorga osilgan qahva

Qaxvani sevib ichaman. Yevropada eng mazali va arzon qahva Portugaliyada.

Bir finjoni 75 tsent.

15 kuncha oldin qahva ichayin deb La Dolche vita (shirin xayot) kafesiga kirdim.

Oynavand ayvondagi bahmal kursida  o‘rnashib o‘tirdim.

Qahvaxona jar yoqasiga taqab qurilgan. Pastda bekanor va bokira vodiy yastanib yotibdi.

Kafe grande  degan katta finjonda qaxva va Baba Di Kamelo degan shirinlik buyurdim. Baba Di Kamelo degani bu tuyaning so‘lagi oqib ketdi degan ma'no beradi.

O‘tiribman. Bularning tilini sal-pal tushunibam qoldim.

Bitta oq shlyapa kiygan qizil soqolli doyi  kelib, uchta qahva buyurdi  va «ikkitasini devorga os» dedi.

Menga bu qiziq tuyuldi. Qahvaxona yugurdagi bu amakiga bitta qahva keltirdi va ustiga kofe deb yozilgan ikkita sariq qog‘ozchani devordagi po‘kakli romga yopishtirib qo‘ydi.

Birozdan keyin bir ko‘zoynakli kampir kelib,  bitta limonad oldi va ikki qaxvani devorga «ostirdi».

Devordagi po‘kakli romda sakkiztacha qahva deb yozilgan sariq qog‘oz turardi.

Sal o‘tmay sochini kal qilib oldirib, xino rangli juldirvoqi kiyim kiygan xippi toipa yigit kirib keldi. Po‘kakli romga ishorat qilib, «Bitta osilgan qahva» deya so‘radi.

Qaxvaxona yugurdagi bir tiyin pul olmasdan bu xipining oldiga bir finjon qahva qo‘ydi va devordagi romga yopishtirilgan bitta sariq qog‘ozchani yulib oldi.

Endi tushundim. Demak imkoniyati borlar o‘zi bilmagan yo‘qsil, ammo qaxva ichkisi kelgan odamning qaxva pulini to‘lab qo‘yishar ekan.

Mabodo, Portugaluyaga yo‘lingiz tushsayu, yaxshi qaxva ichishga pulingiz bo‘lmasa tashvish chekmang. Devorda aynan siz uchun tekin qaxva osilib turibdi.

Pulini Fernando to‘lab qo‘ygan. (Oq shlyapali qizil soqol doyining ismi Fernando ekan)

Dunyo kezib Porugaliyadagi kabi mehribon odamlarni kam ko‘rdim.

Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan portugal azizlarim.

MS: Man choy ichaman. Qushdinnoqli choy. Kofe ichsam yurakim bilonib siyasim galadi. Og‘o indi zadniya urip O‘zbekiston yo‘llarino qoyting. Oston galing odom bo, odom amas rodor bo.

OLMOQ «JAHON STANDARTIDA» – BYeRMOQ ESA «O‘ZBYeKChILIK»

Yo‘llardagi radar kuzatuvi, hududlarni eko zonalarga ajratish, yuqori narxdagi jarimalar – bularning barchasini tushunish, qabul qilish, moslashish lozim.

Katta jarima to‘lamay desang, yo‘l qoidasiga amal qilish, yo‘lovchilar va piyodalar hayotiga xavf solmaslik uchun masofa va tezlikni nazoratga olish shart. Bu – jahon standartiga mos talablar. Chirib ketgan g‘arb ham shu standartlarga indamay ko‘ngan. Shunga yarasha chirib ketgan g‘arbda avtoyo‘llar sifati jahon standartiga mos, yo‘lda danak bosadigan chuqur yo‘q.

Lekin qashshoq o‘zbek uchun yo‘lsozlikka kelganda shu jahon standarti degan tushuncha chatni tark etvorgan.

Eltuz o‘tkazgan so‘rovnomada 62% fuqaro avto yo‘llarda chuqurlar juda ko‘p, kechqurun mutlaqo yoritilmaydi, yo‘l belgilari chizilmagan deb javob berdi. 25% respondentlar esa yo‘llar nisbatan tekis, ba'zi joylarda belgilar o‘chib ketgan, yoritish chiroqlari cheklangan deya belgilagan.

Faqat 13% foydalanuvchilar o‘z hududidagi yo‘l holati a'lo darajada deb belgilagan. Mana shu yaroqsiz yo‘l uchun har 1 litr benzindan «yo‘l solig‘i» undiriladi.

O‘zbekistonda yo‘lsozlik sohasini davlat nazorat qilolmasa masalani savodsiz bo‘lsayam tadbirkorlarga topshirish kerak. Kitob o‘qimasayam, pullik ishni qoyil qiladigan tadbirkor, shirkatchilarga bering yo‘llarni. Xususiy tadbirkor yo‘l tekislasin, xizmat ko‘rsatsin va uning shirkati jarima tushumlaridan foyda ko‘rsin. Yo‘l solig‘i bekor qilinsin. Yo‘l sifatini nazorat qiluvchi davlat organi shaffof tekshiruv o‘tkazsin.

Yo‘llarning hozirgi holiga maymunlar yig‘lab ko‘zida yosh qolmadi. Xalq javrab-javrab jahon standartiga mos talab va jarimalarga ko‘ndi.  Bu tadbirlar zarurligini tushunamiz. Lekin yo‘lsozlik hamon «o‘zbekchilik» standartida qolib ketgan. Jarima olarda kirar jonim, yo‘l qurishda chiqar jonim.

O‘zbekistonda 42 ming kilometr yo‘l bor. Avtoyo‘l qo‘mitasi har bir kilometriga 950 ming dollar sarflashini hujjatlarda aniq belgilagan. Rossiyada esa har bir kilometr yo‘l 600 ming dollarga tusharmish.

MS: O‘mmoloq. Biloro vuom kam. Olg‘ondo mismillo. Barganda astoprillo.

LOXOTRON

RT: 1998 yili Urganchdagi mustaqil ALS telekanalida ishlardim. Bittasi kelib «Kanadaga ishga yuboraman» deb reklama berdi.

Telekanal shahar markazidagi 9 qavatli matbuot uyi binosida joylashgandi. Ertasiga binoning atrofi minglab odamlar bilan to‘lganidan mashinalar ham o‘tolmay tirbandlik yuzaga keldi.

Urganchda shuncha odam borligini o‘shanda ko‘ruvdim.

 Sal o‘tmay odamlarni Kanadaga yuboraman degan tip g‘irt moshennik bo‘lib chiqdi.

Kanadaning qaerdaligini kartadan ham ko‘rsata olmasada, loxlarni uxlatish ustasi edi. Loxlar esa millionlab sonda suruv xolida yashaydi.

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi g‘irt loxni  AQShga jo‘natishni va'da qilgan ikki aprs qo‘lga olindi.

Oldinam firibgarlik jinoyati uchun qamalib chiqqan  M.X va A.A. lox  Yu.Q.ni Yevropa davlatlari orqali AQShga ishlashga jo‘natishni va'da qilib, xizmatlari uchun 18 ming dollar pul talab qilgan. Ular 2000 dollar va 200 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘tgan yilning noyabr oyi so‘nggida AQShning Toshkentdagi elchixonasi AQSh bundan buyog‘iga O‘zbekiston fuqarolarining Meksika chegarasi orqali mamlakatga noqonuniy kirishiga ruxsat bermasligini ma'lum qilgan edi. Ular immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi.

Undan avval 2021 yil oktyabridan 2023 yil oktyabriga qadar AQShga noqonuniy kirishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani ma'lum bo‘lgan edi.

MS: Lekin loxlara bu info ta'siram qilmaydi. Vula faqat aprslara va miyasinda do‘qig‘oni yolg‘onina ishonadi. Og‘o to‘y sezon boshlondi. Ashullochi va o‘yinchilo pl bikib boshlodi.

RT: Mashxur italyan opera xofizi Toshkentga kelib, «bu xovli kimniki?» deb so‘radi, hashamatli villani ko‘rib, «Palonchi artsniiki» deyishdi. «Uning ovozi sopranomi» deb yana so‘rabdi xofiz. «Fonogramma» deb javob berildi. Qoshini chimirgan opera xofiziga yana tushuntirildi. «Bu arts palonchi aka to‘yda 2 soat faqat og‘zini ochib yopib turadi. Ashula fonogrammadan» ketadi.

«Odamlar shunaqa feyk ashulachiga pul beradigan joyning atini yana bir aytvoring» debdi xofiz. «TO‘Y» deb qaytarishdi. «Yaxshi joy ekan, men maqb yuribman Milan operada adashib» dedi xopiz.

MS: Og‘o uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
17 fevral 2017
«Xalq so‘zi» gazetasi (15.02) «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining yoshlar qiziqish va qarashlarini o‘rganishga bag‘ishlangan so‘rovi natijalarini e'lon ...
4 oktyabr 2016
Karimovning 27 yillik iqtidori davrida, iqtisod, madaniyat, maorif jar yoqasiga keldi. Shavkat Mirziyoev esa, ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan, ustozidan o‘rgangan ...
6 sentyabr 2017
5 sentyabrda O‘zbekistonda konvertatsiya ochilishi bilan, horijiy valyuta faqat konversion kartochkalarga o‘tkazish orqali sotilishi ma'lum bo‘ldi. Garchi rasman O‘zbekiston ...
6 avgust 2018
Jo‘raev ozod bo‘lgan qafasda Pardaev paydo bo‘ladi! Asabi chatoqlar zalni tark etsin! rassom: Tuz Eltuz.com 2015 yil 16 noyabr
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...