Asosiy mavzular
18 oktyabr 2024

Tepadagi it – RTdan va'z

Aziz va mukarram, qadrli va mehribon, ko‘zi qora, qoshi qora yurtdoshlarim, mana xapta aylanib, siz bilan yuzma-yuz, betma bet suhbatga musharraf bo‘lganimdan shodman.

MS: Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oybika, xo‘shshi qiyzlo, birtli-birtsiz doyilo, yoshulli, yoshi kichchila…

RT: Mamlakat qonuni, oddiy vodoprovod jo‘mragi, yoki xalq qo‘lidagi shior bo‘lsin, hammasi o‘zgarishga muhtoj. Aksincha ularni mog‘or bosadi. Bu taraqqiyotning eski qoidasi. Busiz rivojlanish ham yo‘q.

MS: Ovong og‘o, dim do‘g‘ri. Ina biza kuzda yerni og‘doromiz. Ustindayi to‘proq ostina chishadi. Bo‘lmoso, yer anangni ommino guladi. Bu sichqon bolloni go‘tlikini olmoshtirg‘ondiyn gap. Ho‘kimotni ustindayi yoshulliloni olmoshtirib durmosong go‘tlik sosig‘ondiyn sosiydi. Ustindayi tiyina chshsin. Tiyindagi ustina chiqsin. Ondestant mi?

RT: Matchon suqilish, har xolda xonqaning sorpoyonidagilar bilan Xazoraspning muxomonidagilar tushundi.

Tajribamda shu narsaga amin bo‘ldimki, agar odam, jumladan millat hech narsa yaratmas, faqat borini yeyishda davom etar ekan, u ko‘p narsadan mahrum bo‘ladi. Buning nuqsi boshqalarga ham yuqadi. Bu hasadni agar millat miqyosiga yoysangiz, yanada fojialiroq…

MS: Og‘o, shu odomlo boy bo‘lomon, pl topomon dap bo‘qqino botdi…

RT: Albatta boy bo‘lish, kambag‘al bo‘lishdan afzal, ayniqsa yaratuvchan odam uchun. Hech narsa yaratmaydigan odam, fikrimcha, asta-sekin mavjud eski narsalarning bandasiga aylanadi.

Ammo, ayni narsalarni sovg‘a, pora va davlat byudjetini o‘marish evaziga qo‘lga kiritganlar yomon. Chunki, mamlakatda korruptsiya avj oladi. Yuqorining amri bilan, bu narsalar endi seniki, soqqasini olib yana kimnidir o‘zingga teng sherik qilishing ham mumkin.

MS: Og‘o, shu qoziqni usti bo‘lsong quvoldi bilan urodilo. Qoziqni uji bo‘lson yera girasan. Yaxshisi o‘rtosi bo‘lg‘on moqul. O‘rtolanji.

RT: Matchonboy sen yaxshisi bilimli bo‘l. Qara, bilimsiz bilimlilarga yo‘l bermaydi. Ular sharoitga moslashishga majbur. Bahillik kuchayadi. Mening shuncha bilimim bor, falonchi esa diplomini pulga olib, elga hokim bo‘ldi… balki unga pora bersam meni biror ishga qo‘yar.

Oddiy o‘g‘irlik — pora bilan jazodan qutilish mumkin bo‘lgan mamlakatda yashashning eng oson usuli. Birovning tomini tesh, kissavurlik qil, o‘ldir, militsiya senga sherik. Ularga qonun yo‘q, chunki diplomini pulga olgan huquqshunoslarda buni yozishga uquv ham yo‘q.

Uyingda gaz, suv yo‘qmi, o‘g‘rincha quvurga ulan. Gazchi kelsa, haqini oladi ketadi. Puling bo‘lmasa tekinga yasha.

Toqatsizlik rivoj. Norozilarning tilini tiydirish chorasi ham bor. Nega qizing ro‘mol o‘raydi, yoki nima haqing bor ochiq-sochiq yurishga, bu yer senga Robinzon oroli emas, demokratiya qilgani!

Vodoprovod quvuridan oqayotgan itbaliq aralash suv ichayotgan xalq muammosiga bu gaplarning nima dahli bor, deya o‘ylaganmisiz?

Suv idorasi xodimlari savodsiz bo‘lmasa, muammoni hal qilgan, aybini pora bilan hal qilishiga ko‘zi yetmagan qo‘shningiz esa quvurini o‘g‘rincha ulashga yuragi betlamagan bo‘lmasmidi?

Doira yopildi. Biroq bir narsani aytmadim. Yaratishdan, qurishdan avval maydon eski narsalardan tozalanishi, demak yuqorida o‘tirgan prezident va uning aymoqlari o‘rinlarini bo‘shatishlari lozim.

MS: Og‘o, xolq nishatsin oxir. Yijak ichajak, Sho‘rvoni ustina chiqojoq. Yurivarami oxir itni keyingi oyoqi bo‘lib, yeganni og‘zina, giyganni aynina qorob, inna yegan itdin bo‘lib.

RT: Matchonboy aslida hammasi sizning qo‘lingizda. Mana dunyoda shuncha voqea bo‘lib yotibdi¸ O‘ris bosqinchilari Ukraina yerlariga o‘t qo‘yib go‘daklarni o‘ldirmoqda. Qozog‘istonning Mangistau viloyatidadagi avariyada 6 o‘zbek o‘ldi, to‘rt o‘zbek mayib bo‘lib kasalxonada yotibdi. Odamlar bo‘lsa Munisaning qorni haqiqiymi yoki yo‘q. Hasan Xusan tug‘adimi yoki Oysha Potmami deb o‘tirishibdi. Odamlarga Misrdagi piramidaning eng ustida yurgan it qiziq.

MS: Og‘o, manam go‘rdim shu itni. Piramidani ustina nishatib chiqibdi vu it.

RT: Itni oyog‘i boqadi. Sandiroqlab chiqqan bo‘lsa chiqqandir. Misr piramidasi ustidagi it haqida emas, davlat deb atalgan piramida tepasiga chiqib olib millat boyligini suyak g‘ajiganday g‘ajiyotgan itlar galasi haqida o‘ylasak, fikr yuritsak, o‘rinli bo‘lardi.

MS: Og‘o, koon chushunmadim. Ina Navoiy otomiz yozvadila, it bo‘lor, ashshak bo‘lor, aslo odom bo‘lmos bilo dap.

Shumxabarlar

Samarqandda unashtirishni otmen qilgan qizni so‘yib tashagan qotil yigit 17 yilu bir oyga qamaldi.

+++

Kogonlik 53 yashar erkak o‘z tanishini ko‘chada so‘yib tashadi. Qotil qamag‘da. Tanish go‘rda.

+++

Sirdaryo sudi 3 kishini o‘ldirgan mentni umrbod qamadi. Ment jinsiy aloqa qilib, keyin ashi xotindi, o‘g‘li va qari momoni o‘ldirgan.

MS: Og‘o, sal uzinroы atib oyting tozoliqloni. Ishitip ichimiz shuuuv atsin

RT: Namangan axolisi bittaga kamaydi. Kosonsoy tuman Bog‘ibaland qishlog‘ida jigulining orqa bagajnigida sayr qilgan yo‘lovchi moshindan ontarilib asfaltga tushib boshi majaqlanib o‘ldi.

21 yashar sho‘pr bola yo‘lovchini moshndi ichiga emas, ustiga mindirib sayr qildirgani yetmaganday, tezlikni oshirib, birdan rulni burdi. Bagajnik ustidagi yo‘lovchi esa raketa kabi uchib ketdi.

Kosonsoy, kosonsoy bo‘lib bunaqasini ko‘rmagandi.

MS: Sho‘pr mogloyi qoro nerda

RT: Sho‘pr qamag‘da. Yo‘lovchi go‘rda.

Bu chollar, yomon chollar

9 oy davomida 60 dan oshgan 439 va 70 dan oshgan 33 boboy xotinini tug‘dirdi.

MS: Ibi jolotoy bovolo. Ëtqonda kampirni qujoqlidon yobir boboylo. Lekin shu do‘g‘ilg‘on bollo qo‘ngshi doyig‘o o‘xshomiydimi odin na odin…

Kulgi jingl

Ishyoqmas, tug‘ma ovsar va qashshoq o‘zbek erkaklari «alfons» bo‘lib, xotin ketidan kun ko‘rish va o‘ynashini ishtonsiz rasmga tushirib, shantaj qilish bilan shug‘ullanadi.

Boshqa ish qo‘lidan kelmaydi.

Sudlar bundaqa shantajchilar ishini ko‘rib chiqishga ulgurmayapti. Mana 33 yashar samarqandlik ipplas sal kepatasi silliq 35 yashar xotinni o‘radi.

Men majnunman, sen layli deya hezalak shig‘irlar aytdi.

Keyin bu xotinning tilponini o‘g‘irlab, ichidagi rasmlarni qarindoshlaringa ko‘rstaman, besh ming do‘llar bermasang dedi. Xotin milisaga yozib berdi.

Bu so‘tak ashi puldi olayotganida kir va tirnoqlari olinmagan jundor qo‘liga kishan solindi.

Shantajchi qamag‘da.

+++

Namanganlik 30 yashar Dostonbek Rossiyaga borib Ukrainadagi bosqinchilik urushiga o‘z ixtiyori bilan borish uchun ariza yozdi. U Chelni telekanaliga bergan suhbatida chala o‘ris tilida Rosiyani sevishi va Ukrainaga qarshi bosqinchi urushda medal olishni orzu qilishini va Namanganda qolgan xotini va uch bachasini Rossiyaga olib kelish istagini bayon qildi.

Video

Toshkent aeroportidagi chegara xizmatchisiga ko‘ra, har xafta o‘nga yaqin 200 raqamli yuk ya'ni ichida o‘lik bo‘lgan tobut Rossiyadan kelmoqda.

O‘zbekiston JK 154-moddassiga ko‘ra Chet davlat armiyasiga yollanish jinoyat bo‘lib  uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

MS: O‘l boxti qoro, sotqin. Iloyim, urushda o‘lib, uch bolong izingnan chapak cholib qolsin.

RT: Shahrisabzning Saroy mahallasida yashaydigan Shahribonu ismli xotin go‘ristonni qazib, o‘liklarning og‘zidagi oltin tishini ombur bilan sug‘urib olib tirikchilik qilib yurgan.

Kitob tumanidagi go‘rni tesha bilan qazib, laxad ichidagi Axmedov Tursun og‘zidagi oltin tishlarni sug‘urib turgan paytda maxalla axli tutib olib do‘pposlab, samosud qilib urib tepib tashadi.

Pipies chirag‘larini yaxib viy viy qilib, vozillagancha kelib, bu xotinni ichkariga apkirib qo‘ydi.

Garchi, o‘zbek jazo qonuni 134-moddasida  qabrni tahqirlash jinoyat hisoblansa ham bu xotinni qo‘yvorishdi.

Xotin o‘zini samosud qilganlar ustidan zayava yozmagani uchun bu kalamush mozorkavlar xotinni urib qovirg‘asini sindirganlar ham jazolanmadi.

Xotin go‘r kavlab, o‘liklarning oltin tishini qoqib olishda davom etadi. Ahli kitob ham bu xotinni unutdi.

Ammo samosud videosi tarmoqda qo‘lma qo‘l bo‘ldi.

Shundan keyin Kitob tuman tergov bo‘limi samosudchilar ishini  tekshira boshladi.

MS: Og‘o, shu xotin o‘lyobuvodagi skletdan qo‘rqmopmi. Isop lekin. Man o‘lip qo‘rqoman. Iloji bo‘so o‘lyoni yoninnon o‘tmiyman.

RT: Endi minday o‘ylab  qarasak. Bir baxti qaro xotin go‘rni tesha bilan kavlab, skletlar og‘zidagi oltin tishlarni sug‘urishni o‘ziga  ep ko‘rib, tirikchilik qilayotgan ekan. Baribir u skletlarga oltin tishdi keragi yo‘qku. O‘zi bir sklet bo‘lsa. Kakraz, Usmonova Shaxribonuga ashi oltin kerak. Buyam bir biznes.  Bu xotindi kechirsa bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Ayni paytda samosud qilish, ko‘plab urish, o‘g‘rini butilkaga o‘tqazish, arqon bilan moshinda sudrash, jalaplarni tolga bog‘lab qamchi bilan savalash, fortochnik o‘g‘rilarni qopga solib og‘zini baylab soyga oqizvorish kabi o‘zboshimcha jazo turlarini qo‘llash yaxshimi?

Islomda qabr ichida bu dunyoga zaril bo‘lgan narsalar qoldirilishiga taqiq bor.

Ayni paytda odam tirik paytida oltin tish qo‘yishiga ham din izn beradi. Sahobalardan birining burni kesilganida oltindan burun yasatib taqib yurgani va bunga janobi rosul izn bergani rivoyat qilinadi.

Nima deb o‘ylaysiz azizlar. Oltin o‘likka zarurmi yoki tirikkami?

MS: Oltin dirilara garak. Iloji bo‘lsa chalak chalak. Og‘o, bir topishmoq oytsom. O‘zini xudo yorotqon og‘zini yera qorotqon. Og‘zindo bir dishi yo‘q. Hech kim bilan ishi yo‘q.

RT: Matchonboy, balki bu topishmoq javobini Pirnavxodagilar bilar. Yaxshisi men senga erkak va ayolning farqini aytsam…

Erkak va ayolning farqi

Aziz Nesinning «G‘aroyib bolalar» romani qahramoni maktabda gender tengligi bo‘yicha dars eshitadi. Xotin bo‘lish baxt, degan xulosani olib, uyiga keladi va otasiga xotin bo‘lgingiz keladimi degan savol berib kaltak yeydi. Ayni shaklda onasiga erkak bo‘lgingiz keladimi deb so‘raganida «koshki edi» degan xo‘rsiniq aralash tasdiq eshitadi.

Xotinlar bilan erkaklar oralarida million-milloon kilometr bo‘lgan ikki xil planeta kabi farqli.

Masalan, erkaklar kasalchang va nervinniy bo‘lishadi. Katta bo‘lgach, bir-biri bilan urishib, biologik tur sifatida kamayib boradi. Erkaklar xotinlarga qaraganda tezroq o‘ladi.

Ba'zi tadqiqodga ko‘ra, qiz bola mukammal maxsulot, erkak esa brak.

Erkaklar sekssiz muhabbatni yomon ko‘radi. Sal ochilishib gaplashgan xotinni to‘shakka sudrab tagimga tappa bossam deydi.

Xotinlarga esa muhabbatsiz seks yoqmaydi. Xotinlar gapning orasida tomoq ichadi. Erkak bo‘lsa ovqat yeb bo‘lgach jag‘i ochiladi.

Xotinlar cho‘miladi. Erkaklar esa suzadi. Shuning uchun ham xotinlar cho‘milish kiyimi kupalnik deyiladi (kupatsa degan so‘zdan) erkaklarniki esa plavka (plavat degan so‘zdan)

Ayollar pushti rang orzular bilan yashaydi. Erkak esa daxshatli plan tuzadi.

Erkaklar ko‘zi va 21 barmog‘i bilan mexanik sevadi. Xotinlar bo‘lsa qulog‘i bilan.

Xotinlar necha yoshda ekanligini yashiradi. Erkaklar esa qancha puli borligini.

Erkak kal bo‘lsa, seksi va aqlli deb maqtaydilar, Xotin kal bo‘lsa oxiyr zamon bo‘lodi.

Erkakni jilovlab qalbini zabt qilish yo‘li uning oshqozoni orqali o‘tadi. Erkak xuddi egasi suyak bergan it kabi uning qornini to‘ydirgan xotin ortidan dumni likkillatib ketadi.

Xotin qalbiga esa guldasta va sevgi ila termilgan ko‘z va sevgi izxor qilgan bir qarich til bilan kiriladi.

Xotini bilan ajrashgan erkakni ozod, erkin, bo‘ydoq  deyishadi (Turkiyada bekor ham deydi)

Ajrashgan xotinga  yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan, beva va tul kabi yoqimsiz tamg‘a yopishtiriladi.

Ajrashgan xotin machitga borayotgan bo‘lsa ham yo‘biriga berib kelyapti deb g‘iybat qilinadi.

Xotini bor erkak qatortoldagi jalapxonaga borib, g‘arlarni sug‘orib uyiga qaytganda «jumadan» keldim, «nafl nomoz o‘qib qopketdim» deb fortochka qiladi.

MS: Hamma arkakam vundinmas. Xotinquli bo‘lib sarasopinda yuriydonlo ko‘p. Siz oytqon arkakla afrikada moymillo bilan gazib yuribdi. Qo‘yonjiqni qo‘rqizdim, moymiljiqni urkizdim dap…

O‘zbekiston Afrikaga aylandimi?

RT: Ba'zi o‘zbek blogerlar Afrikaga borib, bitlagan habash bachalar yonida turib shukr qilishga targ‘ib qilyapti.

Qachondan beri, O‘zbekiston och Afrika bilan muqoyasa qilinadigan bo‘ldi?

O‘zbekiston atigi 33 yil oldin xozir Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lgan, farovon Litva, Latviya va Estoniya bilan bir xil start chizig‘ida edi.

Toshkent xozirgi kabi o‘g‘ri qaroqchi mulozimlar emas, balki oyda yurishi uchun traktor yasalgan ilm irfon markazi edi.

O‘zbekistonni Afrika bilan qiyoslaganlar ich burg‘idan o‘lsin. Tillari tanglayiga yopishib, ikki ko‘zi oqib tushsin. Ularni ilon chaqsin, tok ursin, quturgan it tishlasin, turgan joyida tarashaday qotib qosin.

O‘zbekistondagilar esa, bersang yeyman ursang o‘laman, deb ayog‘ni antenna qilib yalpayib yoki to‘rt oyoqda to‘nqaymasdan harakat qilsin.

Mana, saylov bor oldinda. Kim nima bo‘q yedi deb so‘rasin.

Yurgan odamgina manzilga yetadi

Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib, vohay o‘ldim deb zorlanayotganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar.

«Bundan ham yomon bo‘lsa nima qilamiz» deb o‘ylashadi va o‘tirishaveradi ox voh qilib.

Jek Londonning «Uch qalb» asarida harakatsiz turgan odamni yutadigan dahshatli qum sahrosining tasviri bor.

O‘zbekiston rejimi ham shunday sahro.

Odamlar harakatsiz bo‘lgani sayin ko‘proq yerga kirmoqda.

Kecha tizzalarigacha kirgan bo‘lsalar, bugun bellarigacha, vallahi a'lam ertaga bo‘yinlarigacha jimgina yerga kirishga tayyorlar.

Ex, Konfutsiy, Konfutsiy seni o‘qigan sayin ko‘p narsani tushuna boshlayman.

«Eng muhimi bir joyda turmaslik, ilk qadamni tashlashga jur'at topish.» deya yozganingda naqadar haq eding sen.

Men Qoraqum va Qizilqum yoqasidagi Xorazmda ulg‘aydim.

Qumda yo‘ldan adashishning badali o‘lim ekanini har bir xorazmlik biladi.

Lekin hadaf aniq bo‘lsa, qumda ham sahroda ham uzoq manzilga yetish mumkin.

Xuddi ingliz maqoli kabi »A journey of a thousand miles begins with a single step»

Ming mayl masofa ham ilk qadamdan boshlanadi, deb tarjima qilsak bu maqolni.

Yana ne deyin. Nega jim bu xalq. Nog‘orani urmaguncha ovozi chiqmaydi desak to‘g‘ri emas. Urish, so‘kish, kamsitish bo‘lsa shunchalik bo‘lar.

Bundan atigi 33  yil burun bu millatning o‘zgarish ishtiyoqi Boltiqbo‘yi ellari bilan bellashgan ediku.

1989 yilning avgust oyida taqdir taqozosi bilan Urganchdagi Spartak stadionida ilk mustaqil miting tashkilotchilaridan biri edim.

»Erk va mustaqillik» degan shior ostidagi bu mitingda nutq so‘zlamog‘im kerak edi.

Ammo tashkiliy ishlar bilan bo‘lib nutq yozishga ulgurmadim.

 Rassom o‘laroq nutq yozishga no‘noq edim. Bu nutqni do‘stimiz¸ xozirda taniqli islomshunos olim Abdurashid Zohidov yozib berganligini minnatdorlik bilan eslayman.

 Nutq «YuRAYLIK» deb atalgan edi.

Bu nutq nima haqda ekani aniq esimda yo‘q, lekin so‘nggi jumla esimda.

Bu so‘z «yuraylik« degan so‘z edi. Biz bu so‘z qanotida maydonlarni to‘ldirdik.

Farg‘ona vodiysi, Toshkent va Qashqadaryo maydonlarida yurishlar boshlandi.

Millat yura boshlagan edi. Ammo sal o‘tmay, harakat sardorlari TV ga chiqib «yurishni to‘xtatinglar» deb amr qilishdi.

Balki, taktik jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan bu qarorning strategik hato bo‘lganiga so‘nggi 33 yil guvohlik beradi.

Yurmay qo‘ygan odamni yer yutgani kabi bizni ham yer yutdi.

Mana 33 yildirki karimovlar va ularning shogirdlari  ustimizni tepkilashadi.

Balkim yetar.

Balkim o‘rnimizdan g‘oz turib ilk qadamni qo‘yarmiz.

Balki biz ham yurib yo‘qotgan yo‘limizni topib olarmiz.

Bormi shunday istak?

Matchon suqilish:

Oynak og‘o,

Nera getdi?

Duzo getdi!

Qochon galar?

Ëzz galar!

Pirlompis

Go‘ttingni qis!

RT: Matchonboy seni aytimingni tarjima qilsam.

Ko‘zoynakli mulozim qaerga ketdi? Tuzga (Tuz konida ko‘milib salt therapy olib davolanishga) ketdi.

Qachon keladi?

Ëzda keladi!

Oltinchi qator tarjima qilinmaydi. Faqat xonqaliklar tushunar ekan.

Oxirgi jumla esa hech narsaga aralashmay, neytral yurish talabini bildiradi.

Bu rebusni rasshifrovkasi: Krutoy aka, Myunxendagi «Mandarin» mehmonxonasida.

MS: Og‘o, baribir hech narsa chushunmadim. Izi yoxshiliq bo‘lavargiy. Oyni 15 i yoxti 15 qorongi. Uring potiyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2017
Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va ...
4 dekabr 2016
4 dekabr kungi saylovda qatnashgan Xalq Demokratik Partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov saylovda qatnashib o‘ziga ovoz berganini matbuotga aytdi. «Adolat» ...
8 aprel 2022
Mana, g‘ir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qonxo‘r rus bosqinchilarining yosh go‘daklar, qizlarni zo‘rlab o‘ldirgani, ayollar, keksalar ...
10 avgust 2022
Eltuz portaliga kelib tushayotgan murojaatlar oqimini kuzatishda davom etamiz. Bugun ham muhokama uchun 5 ta xatni tanladik. Ular institutlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...