Multimedia
4 dekabr 2016

Ketmonov o‘ziga ovoz berdi

4 dekabr kungi saylovda qatnashgan Xalq Demokratik Partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov saylovda qatnashib o‘ziga ovoz berganini matbuotga aytdi.

rasm2063
Salim Abduvaliev Mirziyoevni «Moy prezident» demoqda

«Adolat» partiyasining vakili Narimon Umarov ham o‘ziga ovoz berganini bildirdi.

Faqat Milliy Tiklanish partiyasining nomzodi bu savolni ochiq qoldirdi.

Saylovda Bosh vazir nomzodi uchun kurashayotgan O‘zLiDYeP partiyasi faollaridan tashqari, unga muqobil nomzodni ilgari surgan boshqa partiya vakillari ham Shavkat Mirziyoev nomzodi targ‘iboti bilan shug‘ullanishgani ma'lum bo‘ldi.

 

«Milliy tiklanish» partiyasining faollaridan biri shoira Salomat Vafo ham Shavkat Mirzieevga ovoz berganini oshkora qildi.

Ijtimoiy tarmoqda saylov kuni xitga aylangan videotasvirlar paydo bo‘ldi. Bunda bir gurux ayollar, jo‘shqin bir qo‘shiq motiviga raqsga tushishadi. Bu video qaerda va qachon olingani bizga ma'lum emas, biroq bayram qilayotgan ayollar raqsi fonida kuylayotgan o‘zbek xonandasi qo‘shig‘i satrlari juda ta'sirli.

rasm2064
«Milliy Tiklanish» partiyasidan Salomat Vafo ham UzLiDep partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoevga ovoz berishga chaqirdi

Ochilar ekan tosh, yorilar ekan bosh
Yolg‘iz hiyonatning dastidan
Yolg‘oni bo‘lib fosh, ko‘zimdan oqar yosh
Yolg‘iz hiyonatning dastidan
Faqat uni saylab, hammadan avaylab
Juda-juda qattiq adashdim
Oqardi sochim, yorildi boshim
Juda-juda qattiq adash-di-im!

Ijtimoiy tarmoqda shuningdek, xalq orasida kriminal avtoritet sifatida tanilgan O‘zbekiston Milliy sport kurashi federatsiyasi prezidenti  Salim Abduvalievning Shavkat Mirziyoev aksi tushirilgan futbolka kiygan rasmlari paydo bo‘ldi.

Saylov uchastkalari yaqinida Shavkat Mirziyoev rasmi va uning tagida qora harflar bilan «Moy prezident» degan yozuv yozilgan oq futbolkalar sotilgan.

Uchastkalarda, saylovchilarga shuningdek gul va konstitutsiya tarqatilgani ham Shavkat Mirziyoevning qay yo‘l bilan hukumat tepasiga kelganini esga soladi.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro tamoyillarga ko‘ra, mamlakatda erkin matbuot va real siyosiy muxolifat bo‘lgan taqdirdagina saylovlar erkin va adolatli o‘tgan hisoblanadi…

Videoning Youtube kanalidagi linki: https://youtu.be/TcTiAIeuS9I
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 iyun 2020
Oh yoz, qanday soz! Mana, o‘lmagan qul siz bilan yana bir yozning boshida gaplashib turibmiz. Ëzni yaxshi ko‘raman. Shu ...
16 avgust 2017
Shoir Maqsud Bekjon 1961 yil Xorazmda tug‘ilgan. Moskvadagi Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutini tamomlagan. Uchta she'riy kitob va ikkita ...
9 fevral 2022
2021 yil 3 fevral kuni toshkentlik faol Aleksey Garshin Samarqand shahri yaqinidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasining yopiq bo‘limida majburiy davolanayotgan ...
20 yanvar 2021
Shariat taqiqlagani bois qo‘shiqchilikni tark qilgan Jahongir Otajonov joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini ma'lum ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...