Asosiy mavzular
21 oktyabr 2024

Prokuraturaning islovot tuzog‘i

Bundan 25 yil oldin  Urganchda mustaqil televidenie tashkil qilib ishlagan paytlarimiz bitta katta jurnalistik surishtiruv boshlagan, biroq ko‘plab sabablarga ko‘ra bu surishtiruv nihoyasiga yetmagan, aksincha, harakatlarimiz Xorazmda besh yil faoliyat olib borgan televideniening yopilishi bilan yakun topgan edi.

1999 yilning sentyabr oyi edi. O‘sha paytda Ey El Si kanali raxbari bo‘lgan akam Shuhrat Bobojon Toshkentdan Xorazmga qaytayotgan edi. Samarqanddan chiqqan joyda bir qiz qo‘l ko‘taradi. Akam uni mashinaga oladi.

«Televideniyada ishlashingizni bilib, to‘xtatdim» deydi bu yo‘lovchi.

Moshina lobovoyida Pressa. Ey El Si TI VI degan yozuv bor edi. 

Bu qiz o‘shanda katta bir jinoiy gruppirovka haqida bilgi beradi.

O‘sha paytda Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlaydigan Qodirov Rashid Hamidovich Samarqand atrofi va Toshkent viloyatida  tuzoq foxishaxonalar tarmog‘i ochgani haqidagi ma'lumot edi bu.

Bu foxishaxonalardagi qizlar 17 yosh atrofida bo‘lishgan. De yure balog‘atga yetmagan qizlar. Fohishaxona furachi, tujjor va mayda mulozimlar uchun oddiy rejimda ishlagan.

Pulni sutenyorga beradi bir soat paqillatib chiqib ketadi. Sen sog‘, men salomat. Ammo ba'zan boy odamlar bu xizmatdan foydalanadi. 

Ana shu paytda fohishaxona asosiy daromadni qilib olgan. Boy odam fohisha bilan yotayotgan paytda o‘zini SNB deb tanishtirgan odamlar jalapxonani bosadi. (Rashid Hamidovich oldin o‘zi SNBda ishlagan) Hujjat tekshiriladi. 

Qizlar 17 yoshda. Bu qizlar darrov meni manov amaki zo‘rladi deb zayava yozadi. Balog‘atga yetmagan qizni zo‘rlash Karimov davrida mavjud bo‘lgan o‘lim jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Zapal bo‘lib qo‘lga tushgan boy otaga summa aytiladi. Bir soat ichida shuni to‘lasang, shu narx. Ikki soatdan oshsa narx ikki marta ko‘payadi.

Boy ota rozi bo‘ladi. O‘sha yerda tayyor turgan notariuslar uning hovlisi, biznesi va qimmat mashinalarini uchinchi shaxsga rasmiylashtiradi va hokazo.

Pul pechat qiladigan moshina ham bundan yaxshi ishlamasa kerak.

Ey El Si jurnalistlariga bu ma'lumotlarni yetkazgan bu qiz o‘sha jalapxonalardan birida ishlagan va tasodifan onasining akasi, ya'ni tog‘asi bu tuzoq qurboni bo‘lgan va aytilgan  summani bermagani uchun o‘ldirilgan.

Bu mavzuni o‘rganib boshladik. O‘sha paytda prokuraturada ishlagan va el orasida jalapxonalar krishasi deb bilingan xodim Ulug‘bek Sobirovning  ikkinchi xotini bilan gaplashib, bunday tuzoqning Xorazmda ham borligini aniqladik.

Bu endi 1999 yilning sentyabr oyida bo‘lyapti. U paytda men ayni telekanalning Bosh muharriri edim. Orada Toshkentga borib Internyus xalqaro tashkilotining «Zamon» va «Ochiq osiyo» dasturida bu haqdagi surishtiruvni rejaga ham kiritdik. 

1999 yilning dekabrida o‘sha paytda Xorazm viloyati zam hokimi bo‘lib ishlaydigan va aynan o‘sha prokuratura xodimi Sobirov krishovat qiladigan jalabxonalarning kunda shundasi, tug‘ma ovsar Botir Raximov men rahbarlik qiladigan televizion kanalni yopish tashabbusi bilan chiqdi.

Xozir Bosh vazir bo‘lgan Abdulla Aripov o‘shanda televizion kanallarga litsenziya berish bo‘yicha idoralararo komissiyaning muvofiqlashtiruvchi qo‘mita kengashi raisi edi.

Aripov buyrug‘i bilan Ey El Si televideniesi yo‘q qilindi. Biz esa haqimizni tiklash uchun sud mojarolariga kirishdik.

Hukumat komissiyasini sudga berdik. Asnoda, 2000 yilning avgust oyida Shuhrat Bobojonovni yo‘qlab prokuratura xodimlari kelishdi. 

Respublika prokuraturasi yo‘llanmasi bilan kelgan Toshkent shahar prokuratura tergovchisi Abror Sayatov va Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi Erdon Vohidov qo‘lida qog‘oz bilan turardi.

Ular  akamga qarshi jinoyat ishi ochilganini ma'lum qilishdi. 

Ularga viloyat prokuraura xodimi Ulug‘bek Sobirov yo‘l ko‘rsatib kelgandi.

O‘sha kuni Shuhrat Bobojonovni so‘roq qilib uyiga qo‘yib yuborishdi.

Bundan sal oldin 2000 yilning fevral oyida Rashid Qodirov Respublika Bosh prokurori bo‘lib tayinlangan edi. 

Bularning Ey El Si televideniesi raxbarini qamash haqidagi sxemasidan o‘sha paytda Xorazm viloyat IIB boshlig‘i bo‘lgan Tursunxon Aydarovich Xudoyberganov uni ogohlanirgan edi.

Shuhrat Bobojon oldin Toshkent, keyin esa Qozog‘iston orqali Germaniyaga uchib ketdi. (Bu endi alohida hikoya)

Rashid Kadirov 2018  yil poraxo‘rlik¸ korruptsiya kabi jinoyatlar zanjirida ayblanib qo‘lga olindi.

2019 yil 29 iyun kuni sud qarori bilan 10 yilga ozodlikdan maxrum qilindi. 

Uning qamoqda ishton tikib o‘tirgan surati tarmoqda tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning may oyida Ulug‘nor tumanida Andijon viloyati faollari ishtirokida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sobiq Bosh prokuror haqida keskin gapirgandi.

«Mana, Bosh prokuror (sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda – tahr.) butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televidenie orqali o‘zini gapirtiraman. Negaki, korruptsiyalashtirib yuborgandi, har bir tuman prokuroridan 30-40 ming dollar olgan. Hammasini qaytarib beryapti. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder! Va boshqa tashkilot rahbarlari ham, MXXning sobiq besh nafar muovini ham qamalib yotibdi. Hammasi o‘g‘ri, qip-qizil o‘g‘ri. Qanday og‘ir bo‘lmasin, men baribir hammasini joyiga qo‘yaman».

Shavkat Mirziyoev qamoqqa olinganlarning hammasi Boltiqbo‘yi davlatlaridan uy qurib olganini ham aytgan.

«Hammasi borib, Boltiqbo‘yida uy qurib olgan. Suratlarini ko‘rsangiz, kechirasiz, Amir Temur bobomiz shuncha millatning rahbari bo‘lib ham, unday joylarda yashamagan. Amirlikning shayxlari ham bunaqa joyda yashamaydi. Kimning puli bular – xalqniki. Qodirov kim o‘zi? Qip-qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan. Shuning uchun, prokuraturada 70 foiz odam almashdi, halol odamlarni qo‘ydim. Kim xiyonat qilsa, shunday yo‘ldan boradi», degan edi Mirziyoev.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘sha yig‘ilishdayoq hammani kechirishi mumkinligini aytgandi.

«Hammani kechiraman, faqat o‘g‘irlik qilmay, xiyonat qilmasa, u mening do‘stim bo‘ladi. Ana shuni xalqim bilishi kerak», degan edi Prezident.

Qodirovning jinoyatlari haqida O‘zbekiston davlat telekanali  fosh qiluvchi ko‘rsatuv efirga uzatishi haqida joriy prezident va'da berdi. Ammo ko‘rsatuv tasvirga olingan bo‘lsa ham efirga chiqmadi. 

2022 yilning 29 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent valoyati Zangiota tumani sudida Rashid Qodirovga oid ishni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Sudning hukmiga ko‘ra, Rashid Qodirov Jinoyat kodeksining 73-moddasi (Jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilish) bilan ozodlikka chiqarildi.

U bugungacha Zangiota tumani 22-sonli jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan edi.

Urganchdagi ALS TVni yoptirgan zamxokim Botir Rahimov bir muddat Xazoraspda tuman hokimi bo‘lgani ortidan maishiy buzuqlik sabab ishdan olindi. 

Xozir uning o‘ta og‘ir kasaldan Toshkentda davolana olmayotgani aytiladi. 

Toshkent shahar prokuraturasi tergovchisi Abror Sayatov  va Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimi Erdon Vohidovning keyingi taqdiri haqtja esa kim bilsa bizga yozib yuborsin.

Ikki minginchi yilning avgustida  Xorazmdagi mustaqil telekanalni yoptirish uchun kelganlarga olaquloq bo‘lgan Ulugbek Sobirov prokuraturadagi ishidan iste'fo berib Abdulla Aripov qarori bilan yopilgan Urganchdagagi TV ALSning xususiy mulki bo‘lgan sakkizinchi raqamli efir kanali va chastotalarini qo‘lga kiritdi.

Qissadan xissa o‘laroq  Xorazm xoni Abulg‘ozi Bahodirxon(1603 yil 23 avgust, Urganch – 1663 yil aprel, Xiva) kitobidagi mana bu misrani keltirsam. 

«Daraxtning baland shoxidagi eng shirin mevani qarg‘a yeydi». Eltuz O‘zbekistonda korruptsiya, nepotizm va so‘z erkinligining bo‘g‘ilishiga oid voqea va surishtiruvlarni yoritishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk qoldiring.

Eltuz – O‘zbekiston va o‘zbeklarning siyosiy kayfiyatini aks ettiradigan erkin maydon. Kanal homiysi bo’ling va siz eksklyuziv bonuslarga ega bo’lasiz. Batafsil ma’lumot: https://www.youtube.com/channel/UCdYKPbb-1ZiaTyaBaNpTEHg/join

Tag‘in o‘qing
20 fevral 2024
Minglab o‘zbeklarni arabistonda sarson qilib qoldirib ketgan «Ummat uchun» firmasi doxil 42 shirkat ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida o‘nlab ...
24 aprel 2016
Bundan 5 yil oldin Toshkent shahar xokimligi Chexiyadan 20 ta tramvayni donasiga bir million AQSh dollari to‘lab sotib olgan ...
13 aprel 2016
eltuz.com saytiga, IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 7 yil ozodlikdan maxrum qilingan Jizzaxlik fermer, armani millatli Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov ...
2 sentyabr 2022
Bundan 31 yil oldin O‘zbekistonning oz sonli intelegentsiyasi mustaqillik tarafdori edi. Aksar avom esa, qachon aroq yana arzon bo‘lar, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...