Asosiy mavzular
20 fevral 2024

Zam-zam turmi yoki sarson tur?

Minglab o‘zbeklarni arabistonda sarson qilib qoldirib ketgan «Ummat uchun» firmasi doxil 42 shirkat ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida o‘nlab mullakrat tujjorlar qamoqqa olinib tergov qilinmoqda.

Eltuz tasarrufida mavjud bo‘lgan O‘zbekiston transport prokuraturasining joriy yil 6 fevral sanasi bitilgan hujjatida qayd qilnishicha «Panorama Airways» MChJ va boshqa shirkatlar 3931 nafar vatandoshni  aldov va firib yo‘li bilan «Umra» uchun Saudiyaga oborib tashab qaytib olib kelmagan.»

Eltuzda mavjud  video va yozma shikoyatlarga ko‘ra, ziyoratchilar mexmonxonadan chiqarib yuborilgani uchun ko‘cha ko‘y yoki terminallarda bomj kabi sargardon bo‘lgan. Dorisi tugagan kasal xojilar, bo‘g‘oz kelinlar va naqd puli kam bo‘lgan ziyoratchilar oshig‘ich qiynalgan. Qonunga zid o‘laroq, Umra safariga olib kelingan bolalar maktabdagi o‘qishidan qolib ketgan.

Rasmiy hujjatga ko‘ra, 42 shirkat tarafidan aldangan, o‘zbekistonlik 4  mingga yaqin  ziyoratchi, 27 yanvardan beri Umra safaridan qayta olmagan.

O‘z haqini talab qilgan ziyoratchilar tur firma rijollari tarafidan qo‘rqitilib, tahdid qilingani haqida guvohliklar Eltuzda bor.

Eltuzdagi  mavjud hujjatda ziyoratchilarning vaqtida qaytolmagani uchun mas'uliyat Umra ziyoratini tashkil etish tartibini buzgan xususiy kompaniyalarga yuklanadi.

Atayin diniy hissiyotga hitob qilib nomlangan shirkatlar aslida ziyoratchilarni aldash qopqoni bo‘lgan.

Gulbahor Airways, Mabrur Tur, Ravza Tur, Ramazon Travel, Fayz Turizm, Hizmat travel,  Toyib Tur,  Ark Tur, Zaytun travel, Mahbub Travel,  Exrom Tur, Madinax, Muhtasham travel, Zam zam travel, Di travel, Marjon Tur, Ixan travel, Tur, Marokand, Hiro Na’ot tur, labbaik travel,  City Cloud, Ajva, Global Tur, Osiyo Tur, Brend Tur, Sulton Travel, Musafirun,  Air Fayz. Mubin tur,  Road silk,  Ziyo Tur, Makon Yanayted, Mahdiy Tur kabi shirkatlar ziyoratchilarni muntazam aldab pulini uxlatishgan.

Joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Umra ziyoratini tashkil qilish tartibini buzgan xususiy shirkat rahbari ushlanganini ma'lum qilgan edi.

Eltuz gaplashgan ziyoratchilarga ko‘ra, sarson bo‘lganlarning aksari Panorama airways shirkati bilan uchganligini aytishdi.

Ayni firibgar shirkatlar to‘riga ilingan loxlarning  O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga uchishi ham yo‘qqa chiqqan.

Safarga chiqqanlar aeroportdan ucha olmay, bir necha kunlab Toshkentda qolishgan.

Bu xolatni  taftish qilgan O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi xususiy aviakompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib bormoqda..

Bosh prokuraturaga ko‘ra  umra firibgarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 192−11-moddalari (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Saudiyada sarson bo‘lgan yoki O‘zbekistondan ketolmayotgan Umra ziyoratchilari mojarosi markazidagi Panorama Airways shirkati 2021 yilda tashkil etilgan.

Ilk parvozini esa 2022 yilning 22 dekabrida Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishidan boshlagan edi.

6 fevral kuni O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi O‘zbekistondan Umra safarini tashkil qilayotgan qator xususiy shirkatlar ogohlantirilgani haqida bayonot berdi.

Bayonotda, joriy yil avgust oyida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qaror tilga olingan.

Ushbu qaror bilan Umraga ziyoratchi yuborayotgan shirkatlardan 100 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan mablag‘ni Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish talab qilingan edi.

“Afsuski xozirgi paytda ayrim “tadbirkorlar” tomonidan Umra tadbirlarini amalga oshirishda yetarli tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lmay, “Umra” litsenziyasini olmasdan fuqarolarimizning ishonchiga kirib, noqonuniy ravishda ishlab kelishi uchramoqda. Turizm qo‘mitasi tomonidan bunday ma'lumotlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilmoqda”, deya ogohlantirdi Turizm qo‘mitasi.

Turizm qo‘mitasi qator xususiy shirkatlar – Fayz tour travel, Maryam travel-agency, Mahbub tour, Ramazan travel sayohat kabi sayyohlik shirkatlarini ogohlantirgani, Xurmo travel umra shirkati faoliyatini to‘xtatganini ma'lum qildi.

Tag‘in o‘qing
17 dekabr 2020
Rassom Elsevar karikaturasi
20 oktyabr 2023
Dunyoda eng qimmat narsa – bu odamga bo‘lgan ishonch krediti. Bankdan qarz olmoqchi bo‘lsangiz sizni tekshirib taftish qilishadi, muammoli ...
3 avgust 2021
Camarqandning Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida 21 iyul kuni boshlangan norozilik g‘alayoni 4 kun davom etdi, avtomatlar bilan qurollangan kuchishlatar ...
23 fevral 2017
23 fevral kuni bir biriga tutash ko‘p qavatli binolarda yirik yong‘in yuz berdi. Yong‘in Chilonzor tumanidagi, «Mirzo Ulug‘bek» metro ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...