Asosiy mavzular
13 noyabr 2024

Tezak janggi va ketmon bilan o‘ldirilgan o‘zbek

Rossiyada portlatilgan harbiy ombor. Nigeriyada isyon. Pokistonda hudkush hujumi, Hindistonda tezak jangi. Xotinini ketmon bilan chopib o‘ldirgan o‘zbek va BU 600 SYeKUND

Hindistonda an'anaviy tezak jangi bo‘lib o‘tdi. Pidakala urushi deb nomlangan festivalda odamlar bir-biriga mol tezaklarini otadi. Mahalliy aholining fikriga ko‘ra, bunday urf-odatlarda qatnashish insonni salomat qiladi, boylik va seryomg‘ir fasl olib keladi. Hindiston nisbatan issiq mamlakat, agar qish fasli O‘zbekistondagidek bo‘lganida edi hindilar mol bo‘qini bunchalik uvol qilmas edi deyishmoqda internetning o‘zbek foydalanuvchilari. 

***

Kursk viloyati urushning hal qiluvchi nuqtasiga aylanishi mumkin. AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp hali hukumat boshiga kelmadi. Kreml esa Oq uydagi shu noaniqlik davridan maksimal darajada foydalanib qolmoqchi. Bir tomondan Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini ta'kidlasa, boshqa tomondan muzokarada o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. Rossiya Kursk viloyatini egallash uchun hatto Shimoliy Koreyalik askarlarni taklif qildi. Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatini zabt etgan edi, bu esa Kremlni g‘azablantiruvchi uyatli faktga aylandi. 

***

O‘z navbatida Ukraina ham Rossiya hududiga hujumlarni davom ettirmoqda. Podmoskovega 22 dona dron hujum qildi. Hujum natijasida ikki ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqan. Ayni paytda g‘arb Ukraninaga o‘z qurollari orqali Rossiya hududlariga hujum qilishga izn bermayapti. 

***

Ukraina ayni paytda o‘z harbiy qurol ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirmoqda. Mamlakat 2024 yilda yuzdan ortiq raketa ishlab chiqardi. Prezident Zelenskiy harbiy sanoatning bu yo‘nalishini rivojlantirish davom etishini ta'kidladi. Bugungi kunga kelib mamlakatda 800 ta shirkat Ukraina mudofaasi uchun qurol ishlab chiqarmoqda. 

***

Ukraina mudofaa kuchlari Bryansk viloyatidagi qurol Zahira omborini portlatdi. Rossiyaning Bryansk viloyatidagi ombor 1060-raqam bilan tartiblangan edi. Zahira omborida kamida 8 marta portlash bo‘lgan. 

***

Rossiyaliklar urushni yomonlagan vatandoshlarini politsiyaga chaqib berishmoqda. Moskvada urushga qarshi fikr bildirgan 68 yashar shifokor Buyanova Ukrainaning bosib olinishini qoralagan, ruslar qardosh ukrainlarga qarshi kurashayotganidan noroziligini bildirgan edi. Bu fikrni eshitgan shifokorning mijozlari politsiyaga shikoyat qilishgan. Natijada 68 yashar shifokor urushga qarshi fikr bildirgani uchun 5 yarim yilga qamaldi.

***

Pokistonda yirik terakt sodir bo‘ldi. Kamida 24 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilinmoqda. Tan jarohati olganlar soni 46 kishi. Xudkush terrorchi Kvetta shahridagi vokzal bekatida o‘zini portlatgan. Portlash uchun javobgarlikni “Belujistonnni ozod qilish armiyasi” nomli separatist guruh bo‘yniga oldi. 

***

60 million nafar aholisi musulmon bo‘lgan Nigeriyada sud namoyishlarda ishtirok etgan 29 nafar bolani ozod qildi. Narxlarning keskin oshgani va ocharchilik avgust oyida isyonga sabab bo‘lgan edi. Natijada 20 nafar fuqaro qurbon bo‘ldi. Namoyishlarda qatnashgan 29 nafar yosh bola avgustdan beri o‘lim jazosini kutayotgan edi. Sud zaliga olib kirilgan 29 boladan 4 nafari ochlik va holsizlik sabab sudya qarshisida hushidan ketgan. Dunyo ommaviy axborot vositalari bizning muammolarni yoritmaydi deydi Abubakir ismli faol.

***

AQSh Somali davlatiga bergan 1,1 milliard dollar miqdoridagi qarzidan kechdi. Bu mablag‘ mamlakat umumiy qarzining to‘rtdan bir ulushini tashkil etadi. Qarzning asosiy qismi 1990 yillarda prezident Siad Barre diktaturasi davrida to‘plangan edi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Hassan Shayx Mahmud davlat qarz yuki haddan ziyod ortgani, foizlarni to‘lash imkonsizligi haqida bayonet berdi. Bu holatga javoban AQSh Somalining qarzlaridan kechishga qaror qildi. O‘zbekistonning tashqi qarzi esa shu yilning yozidagi ayrim hisob kitoblarga ko‘ra 37 milliard dollardan oshgan. 

***

Janubiy Koreya prezidenti Yon Suk Yeol AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun golf o‘yinini mashq qilmoqda. Buni prezident administratsiyasi vakillari tasdiqladi. Yon Suk Yeol oxirgi marta golf maydoniga 2016 yilda borib shug‘ullangan. Trampning g‘alabasidan keyin Janubiy Koreya prezidenti u bilan uchrashuvga astoyidil tayyorlanmoqda. Bu uchrashuv Vashington va Seul munosabatlarini yanada mustahkamlashi kutilmoqda. 

***

Janubiy Osiyoda Myanmaning Rakhin shtati aholisi ochlik yoqasida qoldi. Mamlakatdagi keskin diniy nizolar va savdo blokadalari sabab butkul iqtisodiy inqiroz yuzaga keldi. Bangladeshga chegaradosh Rakhin shtatida sholi yetishtirish hosildorligi tushib ketdi, harbiylar savdo-sotiqni cheklamoqda, giperinflyatsiya avjida. Ayni damda 2 million aholi oziq-ovqat taqchilligini boshdan kechirmoqda. 

***

Samarqandda xotinini ketmon bilan chopib tashlagan er 19 yilga qamaldi. Shu yilning 14 iyul kuni Urgut tumanida sodir oilaviy kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjal o‘lim bilan yakunlangan. Marhuma 23 yoshda edi, u 2 nafar farzaning onasi bo‘lgan. «Bilmay, bexosdan qilgan jinoyatim uchun hammadan uzr so‘rayman. Kechiringlar», – degan sudlanuvchi cud zalida yig‘lab yubordi. Ammo odil sud uning ko‘z yoshlarga ishonmadi. Erkak JKning 97-modda 2-qismi «j» bandi bilan aybdor deb topilib, 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

***

Farg‘ona «hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»ning Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr idorasi bosh muhandisidan, 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan haydalmaslik evaziga, 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekanligi aniqlandi. Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

***

Noyabr oyi boshida BMBA rahbarligida o‘tgan O‘zbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari chog‘ida, imtixondan o‘tishning «X variant» biznesi avj oldi. Katta summa badaliga tayyor javoblarni yodlagan talabgorlar, o‘z bilimi orqali testga tayyorlanganlarni ortda qoldirib, imtihonda ham «yaxshi» natija olib chiqishdi. Suratda ko‘rayotganingiz 28-30 oktyabr kunlarida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan nusxalar. Imtihonga kim kirib chiqqan bo‘lsa, shu savollardan tushganini tasdiqladi. 

***

Toshkent shahar sudi jihodchi Abdullohni uzil-kesil 21 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud majlisida ayblanuvchi ikki voyaga yetmagan bolasi borligini aytib yengilroq jazo so‘radi. Toshkentlik 26 yashar Shokirjonov Abdulloh Zokir o‘g‘li radikal g‘oyalardan ilhomlanib, shar'iy tuzum jihodchisiga aylangan. Uylangan va ikki bolaning otasi bo‘lgan Abdulloh 2021 yil Qirg‘iziston orqali Turkiyaga borib «mushkiambar sotish bilan shug‘ullanuvchi» aslida esa Tavxid va Jihod katibasi xalqaro terroristik tashkiloti a'zosi Abu Muhammad bilan ishladi. So‘ng Turkiya orqali Suriyaga o‘tib, Tavxid va jihod katibasi tashkilotida 40 kun davomida jangovor tayyorgarlikdan o‘tgan. Tayyorlov mobaynida portlovchi qurilmalarni ishlatish, qurol-yaroqdan foydalanish, zaxarlovchi moddalarni qo‘llashni o‘rgangan. Ushbu «tinchlikparvar ilmlar»ni egallagach bir hafta davomida katiba tashkilotining qo‘riqchisi bo‘lib xizmat qilgan Shokirjonov 2024 yil 13 mart kuni u qo‘lga olinib O‘zbekistonga deport qilingandi.

…va bu uning sekund edi.  Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 692 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, sponsorlik tugmalarini bosing. Sog‘ bo‘ling! 

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2020
Koronavirus xabarlari berib boriladigan telegram kanalida 11 sentbyar soat 17:00 da bunday xabar berildi: Respublikada so‘nggi soatlarda 233 kishida ...
30 may 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
16 aprel 2020
Rahmatli otam Madaminbeg Begjonbeg o‘g‘lining Ikkinchi jahon urushida olgan besh-oltita nishoni bor edi. Ulardan ikkitasi – katta kumush tanga ...
14 yanvar 2022
Bormisiz zukko, aqlli va samimiy do‘stim! O‘tgan hafta men ham siz kabi butun e'tiborimni O‘zekiston qo‘shnisi – Qozog‘istonga qaratdim. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...