Asosiy mavzular
22 noyabr 2024

Putinning mo‘ylovli Troya oti

RT: Xafta Teslaning g‘ildiragi kabi zuv etib aylandi.

MS: Bugun ina beshlangji gun. Ullini ulli guni. Nichiksizla, mo‘chchi apika, opobiyi¸ yoshi ulli yoshi kichchi xo‘jik brrilo!

RT: Matchonboy yaxshi gapdan boshlaylik. O‘zbekiston prezidenti parlamentning  ilk yig‘inida gurung qilib muxolifat kerak dedi.

MS: Og‘o novvi diyani vu muxolipat? Oylonib durg‘on diljaka xodo diqodo‘n mongloyi qorolami? Ë kadila bilan atshib durg‘ondo ongib, xotin tarapa oytib, kipni buzodon chug‘ullomi. Ëshulli poro oljoq voxtindo, videog‘o olib esinbig‘o oytodo‘n boxillomi? Bomi o‘zi muxolipat deyan narsa. Lagan qoqodon ko‘p lekin yurtda.

RT: O‘zbekistonda muxolifat bor va u:

1.       Ko‘chada qarg‘anib o‘tirgan semichkachi xolalar.

2.       Kreditni olib qo‘yib, to‘lashga kelganda bonkani so‘kadigan tog‘alar.

3.       Qaynonasini so‘kadigan kelinlar va buning teskarisi.

4.       Qachon xalifat quramiz, deb, kutayotgan «Malika»dagi soqoltoylar.

5.       Sovet davrida gugurt bir tiyin edi, deydigan boboylar. 

Siz nima deb o‘ylaysiz O‘zbekistonda muxolifat bormi? Kim anavi deputatlarga  siyosiy dars berib muxolifat nimaligini tushuntirib qo‘yadi? Bormi bir o‘qituvchi?

MS: Novvi davadi Navoiy otes O‘zbekistondayi muxolipat do‘g‘risindo…

Troya oti

MS Og‘o . Doyingizni shogirti Bosh vazir bo‘ldi O‘ng vo‘sin damisizmi?

Prezident Mirziyoev Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi va bir ovozdan qarsaklar bilan qabul qilindi. To‘g‘ri Aripov marhum tog‘am, O‘zbekistonning birinchi aloqa vaziri Komiljon og‘amning shogirdi. Lekin o‘ng bo‘lsin deb aytmayman. Chunki vatan va millat taqdiriga befarq emasman. Bosh vazir qilib tayinlangan Aripovning Karimov darvridan boshlab korruptsiyaga aralashgani va ochiqdan ochiq Rossiya manfaatlarini ilgari surib Putinning O‘zbekiston ichidagi Troya otiga aylanganini yomon ish deb bilaman  va qoralayman.

MS: Troya oti novvi

Qadim yunon afsonasidagi obraz. Ichimizdagi dushman degan ma'noni bildiradi. Dushmanlar Troya shahrini qamal bilan zabt qila olmaydi. Shunda ular endi do‘st bo‘lamiz, deb Troya shahriga yog‘ochdan yasalgan katta bir ot yuborishadi. Troya shoxi bu otni qabul qiladi. Shahar xushyorlikni unutib, ziyofat qilib, yeb ichib uxlab qoladi. Ëg‘ochdan bo‘lgan ot ichida esa 50 ta askar yashiringan edi. Ular tunda ot ichidan chiqib, Troyani qonga botirishadi. 

MS: Bizani davlat ichina giritilgan Troya otini birti bor akan.

Kulgi jingl

Matchonboy mo‘ylovli bosh vazir haqida Avtobus degan serial olgandik. Shundan parcha ko‘rsak

MS: Xursand bo‘ldi Ma'rp va Sharip

Ish joyida qoldi Abdlla G‘arip…

Oldingi zamonlardayam O‘zbekistondagi rahbarni kreml tayinlardi. Moskvadagi katta aka O‘zbekistondagi o‘z odamini birovlarga talatib qo‘ymasdi. Bugun ham shu davom etmoqda. «Oldin Lenin yo‘lidan kommunizmga qarab, og‘ishmay boryapmiz» deyilardi. Bugun Putin yo‘lidan debilizmga qarab og‘ishmay ketyapsizlar. Partbiletlaringiz va SSSR pasportini ishkobda saqlab qo‘yganingizni bilaman.

MS: Qissadan xissa oyting.

Bugungi kunni anglash uchun tarix ilmini bilish kerak. Tarix bu o‘liklar haqidagi ilm. O‘lganlarni tinch qo‘ying deydigan oshqovoq kallalarga quloq solinsa tarix fani yo‘q bo‘lishi kerak.

Tarixni cho‘pchaklar yordamida emas, balki hujjatlar asosida o‘rganish to‘g‘ri yo‘l.

Mana xujjat. Rus va turk tilida yozilgan. Gandimiyon  kelishuvi. 1873 yili Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlog‘ida 1873 yilning  12 avgustida Turkiston general gubernatori Kaufman va Xiva xoni Muxammad Raxim xon ikkinchi tarafidan imzolangan.

Gandimiyon  kelishuvi Xivaning ruslar tarafidan bosib olinganidan keyingi kapitulyatsiya, ya'ni taslim bo‘lish xujjatidir. 

Hujjatda Xiva xoni bundan buyon o‘zini Rossiyaning vassali deb aytilishiga iqror bo‘ladi.

Xiva xoni istagi bilan hujjatda u o‘zini Rossiya imperatorining sodiq quli deb atagan. Ruscha «pokornыm slugoy imperatora vserossiyskogo» (Buni xatto Kaufman ham ortiqcha deb bilgan) 

Hujjatda Xiva xonligi tashqi siyosatdan mahrum qilinishi va xonlikdagi  Bosh vazir dohil muhim lavozimlarga tayinlovlar Rossiya ruxsati bilan amalga oshirilishi alohida ko‘rsatilgan.

Tarix ulug‘ murabbiy ajdodlar yodi muqaddas!

MS: Og‘o uring potyani

MS: Og‘o uring potyani!

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
12 may 2021
Yoshlikdan kitob o‘qishga o‘ch bo‘lganman. Ko‘chada yurib ketayotib ham kitob o‘qigan paytlarim bo‘lgan. Kutubxona eng sevimli maskanim edi. Shaharga ...
26 avgust 2020
O‘limidan bir-ikki yil burun ham Karimovning o‘lgani haqida har xil xabarlar tarqalgan. Jumladan, 2015 yili 17 noyabrga o‘tar kechasi ...
23 iyul 2016
O‘tgan hafta Eltuz.com nashri Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari paxta dalalarini qurt bosgani va uni qo‘lda terib olishga odatdagidek, Xalq ...
19 mart 2019
Prezident Mirziyoev 15 mart kungi farmoni bilan prokuratura idoralaridagi 1 198 shtatni qisqartirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...