Asosiy mavzular
24 noyabr 2024

Allamjonovga suiqasdda gumonlangan shaxs Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi

Eltuz sal ilgari xabar qilganidek,  Komil Allamjonovga qilingan suiqasd va hukumat tarkibidagi «tozalashlar» hali ham davom etmoqda.

Xususan suiqasdda gumonlangan Javlon Yunusov Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, qidiruvda bo‘lgan Qozog‘istondagi yana bir shaxsning manzili aniqlandi.

Bosh prokuratura tomonidan Qibray tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari jadal olib borilmoqda.

Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, ushbu jinoyatga aloqador ayblanuvchilardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan yana bir ayblanuvchi K.S. Qozog‘iston Respublikasida yashiringan manzili aniqlanib, uning bilan ham tergov jarayonlari davom ettirilgan.

Hodisa doirasida olib borilgan tergov ishlari jarayonida hodisa sodir bo‘lgan joy hamda ayblanuvchilar boshqaruvida bo‘lgan avtomashinalar ko‘zdan kechirilgan. Shuningdek, ular istiqomat qilgan xonadonlarda tintuv o‘tkazilib, ishga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar aniqlanib olingan.

Tezkor qidiruv natijasida jinoyatga aloqador bo‘lgan 7 nafar shaxs aniqlangan bo‘lib, ulardan 5 nafari qamoqqa olingan Yana 2 nafarga nisbatan qidiruv e'lon qilingan edi.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari hozirda ham davom etmoqda.

Eltuz O‘zbekiston oliy hokimiyati bo‘g‘inlaridagi o‘zgarishlarga doir voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring.

Tag‘in o‘qing
8 fevral 2022
2022 yil 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi mahalliy bloger Sobirjon Boboniyozovni O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda ...
1 iyun 2022
ACCA.media yozishicha, “Ochiq chiziq” tashabbus guruhi huquq himoyachilari mahbuslar uchun posilkalarda mahsulotlar noqonuniy olib qo‘yilishi va ma'naviy kamsitilishi bilan ...
18 yanvar 2016
Toshkent hukumati AQSh va Yevropa huquq tizimlari Gulnora Karimovaning korruptsiya va pul yuvish jinoyatlariga aloqadorlik gumoni bilan muzlatib qo‘yilgan ...
7 iyul 2019
«Ozodlik ohanglari» audiokitobi o‘zbek modern she'riyatining asoschisi Rauf Parfi she'rlari bilan ochiladi. «Eltuz» nashri bu kitobdan o‘rin olgan she'rlarni ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...