Rossiya o‘zbeklarni quvmoqda, amerkalik erkak o‘zbek ayoli deya o‘zini o‘ldiga chiqardi – 600
Frantsiya Ukrainaga uzoq masofa raketalar yetkazib berishga qaror qildi. Amerikalik erkak o‘zbek sevgilisi deya, o‘zini o‘ldiga chiqardi, Rossiya o‘zbek migrantlarini quvmoqda. Rossiyaga olis masofali raketa zarbalari belgilandi va bu 600 sekund
+++
Moskvadagi Islom Karimov haykali poyiga cho‘chqa kallasi qo‘yib ketildi.
Bu harakat migrantlarga nisbatan norozilik kayfiyatini ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan.
Cho‘chqa kallasi yonida yozuv ham bor. «Bu poytaxtmizni to‘ldirib uni chiqindixonaga aylantirgan g‘ayridinlarga ogohlantirish. Ruslarning sabr kosasi to‘lyapti. Moskvada o‘z qonun-qoidalaringizni o‘rnatib rus ayollari bilan munosabat qurishingizga yo‘l qo‘ymaymiz! Rossiya ruslar uchun», deyiladi murojaatda. Rossiya va O‘zbekiston rasmiylari bu voqeani hali izohlamadi.
+++
Rojat – poka rojalka rabotaet. Hisob kitoblarga ko‘ra, Rossiyada 70 million aholi qolgan. Bu barchaga ma'lum ko‘rsatkich 140 milliondan ikki barobar kam. Ukrainaga bosqin davom etar ekan urushga zambarak yemi yetkazib berish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Putin “chayldfri” g‘oyasi targ‘ibotini taqiqlovchi qonunni imzoladi.
+++
AQSh sanktsiyalari Rossiyaning Gazprombankini tang ahvolda qoldirdi. Turkiya, Germaniya, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, Vengriya va Vetnamda ham Gazprombank kartalari bloklangan edi. Endi esa Xitoy ushbu bankning kartalaridan unionpay orqali pul yechib olishni taqiqladi. Gazprombank kartalarini taqiqlagan davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor.
+++
Iordaniyadagi Isroil elchixonasi oldida otishma bo‘ldi. Natijada uch politsiya xodimi jarohatlangan, otishmani uyushtirgan terrorchi o‘ldirildi.
+++
Yana bir otishma Kievdagi mehmonxonada yuz berdi. Otishma ikki guruh mehmonlar orasidagi nizodan kelib chiqqani aytilmoqda. Natijada bir kishi o‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.
+++
Amerika vatandoshi O‘zbekistonlik ayol bilan birga bo‘lish maqsadida o‘zini o‘ldiga chiqardi. Rayan Borgvardt baliq ovidan so‘ng uyga qaytmagan. Ko‘l bo‘yidan uning mashinasi, ko‘ldan esa ag‘darilgan qayiq va shaxsiy buyumlari chiqqan. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, Rayan Borgvardt o‘zi qayiqni ag‘darib telefonini suvga tashlagan. Qirg‘oqqacha shishirilgan qayiqchada yetib olgan va 110 kilometr masofani velosipedda bosib o‘tgan. Shundan so‘ng, avtobusga o‘tirib Kanadaga yetib olgan va Kanadadan Yevropaga uchib kelgan. Politsiya uning qidiruvi uchun 35 ming dollar sarfladi. Borvardt o‘zi yaqinlariga video jo‘natib tirikligi va ortga qaytmasligini ma'lum qildi. Yo‘qolishidan u O‘zbekistonlik ayol bilan muntazam yozishib aloqada bo‘lgan.
+++
Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan innoguratsiyadan keyin muzokaralar olib borishini bildirdi. Ukraina urushni yakunlash bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etadi. Zelenskiy 2025 yilda urushni yakunlash mumkinligini ta'kidlamoqda.
+++
Frantsiya Ukrainani qo‘llab quvvatlashda davom etadi. Tashqi ishlar vaziri Jan Noel Barro Frantsiya Ukrainaga uzoq masofali raketalarni berishini ma'lum qildi. Ukraina bu raketalar bilan Rossiya hududiga zarba berishi mumkin dedi u.
+++
Gruziya poytaxti Tbilisida namoyishchilar Qahramonlar maydonini egallab, asosiy yo‘llardan birini yopib qo‘yishdi. Namoyishchilar parlament saylovini soxtaliklarsiz, shaffof tarzda qayta o‘tkazishni talab qilishmoqda.
+++
Bloomberg nashri Putin fitnalariga oid hujjatlarni qisman oshkor qildi. 2006 yildan beri Rossiya diktatori amalga oshirgan suiqasdlarning barchasi ham muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Bu suiqasdlar biror aniq maqsadni ko‘zda tutmagan va jabrlanganlar, o‘lganlar aslida Putinga hech qanday jiddiy xavf solmagan. Hujjatlarga ko‘ra qotilliklar shunchaki diktatorni xursand qilish uchun bajarilgan. Suiqasd nishonlari orasida Litvinenko, Yushenko, Skripaley kabi siyosatchilar bo‘lgan.
+++
Rossiya harbiy kuchlarining “Janub” yo‘nalishi qo‘mondoni Gennadiy Anashkin vazifasidan ozod qilindi. Gennadiy Anashkin dezinformatsiya bilan tarkibni chalg‘itib kelgani uchun bo‘shatildi.
+++
AQSh hukumati ATAKMS raketalari Rossiyaning qaysi hududlariga zarba berishi mumkinligini belgiladi. Raketa zarbasi uchun nishon sifatida Rostovdagi aerodromlar ko‘rsatilgan.
+++
Al Qoida bilan bog‘liq guruh Malida Vagner yollanma askarlarini tuzoqqa tushirdi. Rossiya yollanma armiyasi Afrikaning Mali davlatiga 2021 yilda harbiy to‘narilishdan keyin kirib borgan. Bugunga qadar tarkibdagi 54 askar Tuareg qabilasi tomonidan o‘ldirilgan. 21 noyabr kuni esa 6 askarni Al Qoidaga aloqador guruh o‘ldirgan. Vagner armiyasi Malida reydlar o‘tkazilishi, dron zarbalariga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu reydlar va zarbalar natijasida tinch aholi qurbon bo‘lgan.
+++
19 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi majburiy mehnat yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotuvini Yevropada taqiqlovchi qonunni ma'qulladi. Majburiy mehnat nizomi (FLR) YeIga a'zo barcha davlatlar rasmiylaridan majburiy mehnatdan foydalangan holda qisman yoki to‘liq ishlab chiqarilgan har qanday mahsulotlar yoki tarkibiy qismlarni Yevropa Ittifoqi bozoriga kirishini taqiqlashni talab qiladi. Bu nizom kompaniyalarga o‘z ta'minot zanjirlarida majburiy mehnat ortidan foyda olish imkonini beruvchi noto‘g‘ri tizimlarning oldini olishga qaratilgan.
+++
Iroq parlamenti 9 yoshli qizlar bilan nikohni qonuniylashtirdi. Qonun voyaga yetgan erkaklarning voyaga yetmagan qizlarga uylanishiga izn beradi. Bundan tashqari, yangi qonun ayollarni ajrashish, bolalar vasiyligi va meros olish huquqidan mahrum qiladi. Hukmron koalitsiya bu tuzatish islom normalariga mos kelishi va qizlarni “axloqsiz munosabatlar”dan himoya qilishga qaratilganini da'vo qilmoqda.
+++
Turkiyaning Samsun viloyati Bofra tumanida itga nisbatan jinsiy tajovuz qilgan 76 yoshli shaxs qamoqqa olindi. Samsun viloyati jandarmeriyasi va Bofra Respublika prokuraturasi sa'y harakatlari bilan, hayvonlarga zo‘ravonlik va aziyat yetkazgan shaxs jazoga tortildi.
+++
Navoiy shahridagi Nogironlarni reabilitatsiya qilish shifoxonasida 38 yashar hamshira ayovsiz kaltaklandi. Jinoyatni bosh shifokor vazifasini bajaruvchi Bobojonov Iskandar qilgani iddao qilinmoqda. 25 noyabrda do‘pposlangan jabrlanuvchi Norqulova Muqaddas behush holatda Nevroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Bobojonov Iskandar hamshira bilan ish o‘rni masalasida tortishib qolgan. Janjal, ayolning oyligini qisqatirib, bu stavkani o‘ziga yaqin bo‘lgan hamshiralarga taqsimlamoqchi bo‘lgani bois kelib chiqqan. Jabrlanuvchi fuqarolik sudiga murojaat qilgan. Kaltak oqibatida uning boshi yorilgan, ichki a'zolari shikastlangan.
+++
Bo‘kada tug‘ruqxona shifokorlari aybi bilan ona-bola o‘ldi 19 yashar homilador kelinchak o‘z oyog‘i bilan tug‘ruqxonaga kirib borgan. Uning salomatligi, holati yaxshi bo‘lgan. Vrachlar tomchi dori quygach, dorining ikki-uch kubik hajmi organizmga ketib ayolning ahvoli og‘irlashgan. Undan qon keta boshlagan. Soat 15:00 da shoshilinch operatsiya paytida ona-bola o‘lgan. Qarindoshlarining ta'kidlashicha do‘xtirlar o‘lgan ayolni kech soat 23:44 gacha kushetkada yonboshlatib yotkizib qo‘yishgan.
+++
25-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman «Oktepa» hududida «Zang» Kanali hamda avto magistral muhofaza zonasidagi ko‘p yillik 100 tub dan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ayovsiz kesib, texnika yordamida tag-tomiri bilan qo‘porib tashlandi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu holatga Jarqo‘rg‘on tumani hokimining chiqargan qarori asos bulgan.
+++
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Oqsuv MFYda mudxish voqea yuz berdi. 26 yashar yigit ikki oylik beshikdagi chaqalog‘i va qo‘shni qishloqdan kelin bo‘lib tushgan xotinini bolta bilan chopib tashlagan, so‘ngra o‘zini osgan. Chaqaloq va ayol, qizning o‘zi tug‘ilgan Sariosiyo tumanida, yigit esa Kitob tumanida dafn etildi.
Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib, Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 695 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan biroq siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, sponsorlik, superchat, super raxmat tugmalarini bosing. Sog‘ bo‘ling!