Peterburg va Moskvada yong‘in, Qozog‘istonda aviahalokat – 600’82
Sankt-peterburg va Moskva bank va pochta bo‘linmalariga o‘t qo‘yishmoqda. Gruziyada namoyishlar. Germaniyadagi terror akti ortidan migrantlarni tutish reydlari boshlandi.
BU 600 SYeKUND
32 yashar Rossiya fuqarosi Leningrad viloyatidagi pochta bo‘linmalarining biriga qo‘lbola Molotov kokteyli otib yong‘in chiqardi. Erkakning ta'kidlashicha uni bu harakatga Ukrainalik kuratorlari undagan. Yana bir Rossiya fuqarosi Moskva viloyatining Ximki shaharchasida joylashgan pochta bo‘linmasini yoqib yubordi.
Moskva viloyati Korolyov shaharchasidagi Gelios savdo markazida ham yong‘in chiqdi. Feyerverk vositasida yong‘in chiqargan kimsa voqea joyidan qochishga ulgurgan. Savdo markazida joylashgan MFTs ofisida derazalar sinib shift qismida yong‘in boshlangan.
Sankt-Peterburgdagi Sberbank bo‘linmalarining birida ham portlash sodir bo‘ldi. Kuzatuv kamerasida yozib olingan videoda bir ayol dastlab bankomatni rasmga olgani, keyin esa gugurt chaqib bankomatga tashlagani, shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgani aks etgan. Ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, portlashni sodir etgan ayol 68 yoshdagi Rossiyalik pensioner bo‘lgan. Yana bir nafaqadagi Rossiya fuqarosi Moskvadagi Fort savdo markazida petarda portlatdi. Rossiya propagandasi fuqarolarni Ukraina manipulyatsiyasiga e'tibor bermaslikka chorladi.
Kazan shahrida joylashgan porox zavodi hududida ham portlashlar yuz berdi. Mahalliy hokimiyat vakillari bu portlashlar zavodda oldindan rejalashtirilan sinovlar ekanini ma'lum qilgan. Biroq Kazanda hokimiyat vakillari va MChS uchun favqulodda holat e'lon qilingani, portlashlar rejalashtirilmaganiga ishora qilmoqda. Tatarstonda barcha ommaviy tadbirlar bekor qilingan. Mahalliy aholining ta'kidlashicha kamida sakkiz dron uchib o‘tgan, ularning oltitasi ko‘p qavatli uylarda, bittasi esa zavod hududida portlagan. Eng kamida uch kishi jarohatlangan. Saratov, Kazan va Ijevsk aeroportlari faoliyati to‘xtatildi.
Rossiya ma'orif vaziri o‘rinbosari Denis Gribov Moskva aeroportlarining birida qo‘lga olindi. Falsafa fanlari nomzodi Denis Gribov o‘z lavozimini suiste'mol qilib kasb-hunar ta'limini rivojlantirish dasturlariga katta mablag‘ ajratgan va mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan. Firibgarlik va yirik miqdordagi mablag‘ talon tarojida ayblangan Denis Gribov shu yilning avgust oyida lavozimidan ozod qilingan edi.
Gruziyada parlament saylov natijalari soxtalashtirilgani ortidan namoyishlar davom etmoqda. Xalq saylov jarayonida yuz bergan falsifikatsiya va hukumatning Yevropa ittifoqiga kirishdan bosh tortganidan norozi bo‘lib namoyishga chiqqan. Gruziya va Yevropa Ittifoqi bayrog‘ini ko‘targan Gruziya vatandoshlari Tbilisi markazini egallab, mashinalar harakatini to‘xtatib qo‘yishdi.
Germaniyaning Makdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida uyuщtirilgan terror ortidan Angliyada migrantlarni tutish bo‘yicha reydlar boshlandi. Terror qurbonlari soni 4 kishiga yetdi, turli jarohat olganlar soni 200 dan ortiq. Hujumni uyushtirgan shaxs Saudiya Arabistonidan kelgan 50 yoshdagi psixiatr ekani ma'lum bo‘ldi. Rijdestvo yarmarkasidagi odamlar ustiga katta tezlikda mashinasini bostirib haydagan Saudiyalik psixiatr 2019 yilda Faz nashriga intervyu berib o‘zini “islomning eng agressiv tanqidchisi” deb atagan. Doktort Yevropaning islomlashuviga qarshi keskin fikr bildirib kelgan. Germaniya kantsleri Olaf Sholts va ichki ishlar vaziri Nensi Fazer Makdeburg shaharchasiga kelib qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirishdi. Rojdestvo yarmarkasi yopildi, shaharda motam e'lon qilindi.
Rossiya bosqinchi armiyasi asirga olingan 5 nafar Ukraina fuqarosini o‘ldirdi. Ukraina harbiy kuchlari qurbonlar aks etgan videoni e'lon qildi. Ukraina ombudsmani bu haqida BMT va qizil hoch tashkilotiga bayonot berishni rejalashtirgan.
Suriyadan qochib, Rossiyaga kelgan Bashar Asadning xotini Asma Asad ajralish uchun Rossiya sudiga ariza berdi. Asma Asadga «ontarilgan prezident xotini» bo‘lish va sanktsiya ostidagi Rossiyada yashash yoqmayapti. Asma Asad eridan ajrasa, Londonga ketishi mumkin, chunki Asmada Britaniya fuqaroligi bor.
Ontarilgan va Putinga sig‘ingan Bashar Asadning hozirgi ahvoli yaxshi emas. U deyarli asir maqomida qolmoqda. Bashar Asad Rossiyada qochqin sifatida qabul qilingan bo‘lsa-da, unga nisbatan jiddiy cheklovlar qo‘yilgan:
1. Asadga Moskvani tark etish va har qanday siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish qat'iyan man etilgan.
2. Bashar Asadning o‘z yurtidan o‘marib kelgan puli, bank aktivlari va moliyaviy manbalariga kirish huquqi Putin buyrug‘i bilan muzlatib qo‘yilgan. Putin uning pulini Ukrainadagi bosqinchilik urushiga sarflab yuborishi mumkin.
3.Kreml Bashar Asadga asir muomalasi qilgan. Uning ukasi Maher Asadning boshpana so‘rovi rad qilingan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumanida Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan diktatori Bashar Asad bilan uchrashmaganini ma'lum qilgan.
++
Boku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilgan, bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a'zosi bo‘lgan samalyot Qozog‘istonda xalokatga uchradi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan samolyotda omon qolganlar bor, deb xabar qildi respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Xozirda omon qolganlarning soni 28 nafarga yetdi, ulardan 3 nafari bolalar ekanligi aytilmoqda.
+++
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning nabirasi, qizi Parvina Rahmonovaning o‘g‘li Erajjon Gulov to‘qqiz yoshida Dubaydagi Palm-Jumeyra arxipelagidagi hashamatli kvartira egasiga aylandi. “Dubai Unlocked” tergovi doirasida Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiya haqida hisobot berish loyihasi xabariga ko‘ra, uch xonali mulk hozirda 1,3 million dollarga baholangan va yiliga 55 ming dollar ijara daromadi keltiradi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovni O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari savdo va iqtisodiy masalalarida qo‘shgan xizmatlari uchun “Dank” ordeni bilan taqdirladi. Mukofotni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov topshirdi.
Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi (DXMQ) Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahrida mamlakatda taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilot «Hizb ut-Tahrir» bilan aloqador bo‘lishda gumon qilingan 22 kishini qo‘lga olgani haqida xabar berdi. Idora xabarida ta'kidlanishicha, shu tariqa «Hizb ut-Tahrir»ning bir necha yillar davomida shahar aholisi o‘rtasida «vayronkor ideologiyani targ‘ib qilish» va yangi a'zolarni jalb etish bilan shug‘ullangan eng yirik tuzilmaviy tarmog‘i «neytrallashtirilgan». Tintuv jarayonida huquq-tartibot organlari ko‘p miqdorda ekstremistik adabiyotlar, kompyuter va ko‘paytirish texnikasi, shuningdek kvadrokopter (dron)ni musodara qilgan. Maxsus xizmat ma'lumotiga ko‘ra, dron huquq-tartibot organlarining «kontrko‘zatuvini aniqlash» uchun ishlatilgan.
Namangan viloyati Norin tumanining Uchqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh hududda joylashgan g‘isht zavodi qorovulining jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Jabrlanuvchi avval o‘ldirilib, keyin yoqib yuborilgan. Voqea 19 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Jinoyatni kim sodir etgani hozircha noma'lum. Hodisa joyiga viloyat IIB boshlig‘i ham tashrif buyurgan va jinoyatni fosh etish yuzasidan ish olib borilmoqda.
21 dekabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida omonat o‘rnatilgan bayram archasi ontarildi. Archa ostida bir kishi qolib ketgan, u hozir bannisada davolanyapti. Archa tiklandi. Lekin Chortoq tuman rahbariyati tumanning obro‘si tushadi degan vaj bilan jabrlangan shaxs haqida xabar bermadi.
…va bu uning sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 707 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, sponsorlik tugmalarini bosing. Sog‘ bo‘ling!