Asosiy mavzular
5 yanvar 2025

Teshik krossovka yoki Xalqning o‘g‘irlangan gazi

Bugungi maqolamiz O‘zbekistondagi energetika inqirozi, Rossiyaga qaramlik va o‘tgan yilga yakun yasagan bechora o‘zbek damaschisining bir juft teshik kavushi haqida.

G‘ayrat Do‘stov ishi, ayrim hamkasblarimiz ta'biri bilan “G‘ayratgeyt”, o‘zbek jamoatchiligida katta muhokama va noroziliklarga sabab bo‘ldi, chunki u bugungi kunda barchaga taaluqli bo‘lgan gaz tanqisligi bilan bog‘liq qiyinchilik va tizimli muammolarni ochiq ko‘rsatdi. 42 yashar damaschi hibsga olinishi bilan bir zumda ijtimoiy adolat va xalqning ovozi eshitilishi uchun kurash qahramoniga aylandi.

To‘g‘ri ko‘p o‘tmay “qahramon sohta ekan”, “xotini bilan ajrashganligi”, “nogiron onasi” ikki yil burur o‘lgani bilan bog‘liq bir biriga qarama-qarshi fikrlar ham tarmoqda tarqaldi. Bu haqda ko‘pirtirishni bas qilaylik, metan ekologik toza yonilg‘i emas, degan fikrlar ham yangray boshladi.

Lekin mohiyatga diqqat qilaylik, Do‘stov metan gaz tanqisligi gapira turib hukumatni ochiq tanqid qilgani ortidan hibsga olindi. U mamlakatda qazib olingan gaz qaerga ketayotganiga, nega oddiy xalq bundan benasib qolayotganiga hukumatdan izoh talab qildi. O‘zining teshik krasovkasini ko‘rsatdi va bu mayda bezorilik deya malakalandi.  

O‘tkan 2024 yilda O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 milliarddan oshgani, gaz qazib chiqarish sur'ati to‘xtamagani fonida, mamlakatdagi tabiiy gaz zahiralariga  Rossiyaning “Gazprom” shirkati to‘liq xo‘jayinlik qilayotgani o‘rtaga chiqdi. 

Ma'lum bo‘lishicha Rossiyaning O‘zbekistonga gaz eksporti qariyb uch baravar ortgan, ya'ni Rossiya o‘zimizning gazimizni o‘zimizga eksport qilmoqda. Shuningdek, Moskva va Toshkent nihoyat kichik AES qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Jurnalist Kris Rikltonga bashoratlariga ko‘ra, kirib kelgan 2025 yilda O‘zbekiston yana ham ko‘proq Rossiyaga qaram bo‘ladi. 

Uning noroziligi, bir kecha-kunduz navbat kutishdan so‘ng, yoqilg‘i tugaganidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda ko‘pchilikda to‘planib kelayotgan ijtimoiy adolatsizlik hissini o‘zida mujassam etgan edi.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda G‘ayratning eski-teshilgan krossovkasini ko‘rsatishi ko‘pchilik uchun energetika tanqisligi va ijtimoiy muammolarning ramziga aylandi.

Hukumat tomonidan uning «mayda bezorilik»da ayblanib hibsga olinishi muammolarni hal qilish o‘rniga, haqiqatni yashirish va tanqidchilarning og‘zini yopishga qaratilgan harakat sifatida qabul qilindi.

Bu ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Faollar va oddiy foydalanuvchilar «G‘ayratga_ozodlik» kabi chellenjlar va uning oilasiga yordam kampaniyalari orqali inson huquqlari va so‘z erkinligini himoya qilishga chaqirdilar.

Ayni paytda G‘ayrat Do‘stovning Vatanga hiyonat qilmadim degan iqrori sudda yangradi.

«Nima bo‘lganda ham, Vatanga xiyonat qilmadim, xiyonatchi emasman», — dedi cudda tobi qochgan G‘ayrat Do‘stov o‘zining ahvoli haqida gapirar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuch ishlatar tizim xodimlari tomonidan qiynoqqa solinmagani ma'lum qilindi.

G‘ayrat Do‘stovning ushbu bayonoti uning atrofida yuzaga kelgan turli mish-mishlarga javob bo‘ldi.  

U Vatanga sadoqatli ekanini yana bir bor ta'kidladi. Bu esa yana bir bor vatanga kimlar hiyonat qildi degan ritorik savolni paydo qildi.

Mamlakat tabiiy boyliklarini mamlakat xalqiga sotish huquqini Rossiyaga berib qo‘ygan va o‘z xalqini qarz botqog‘iga botirgan hukumat raxbarlarimi? Yoki Damasiga yonilg‘i quya olmagan kirakashmi?  

E'tibor bering, voqealar O‘zbekiston  Moskvaning rus tili bo‘yicha qopqoniga allaqachon tushgani.  Bu yil esa kremlni pushtipanox deb bilgan O‘zbekistondagi oila boshqaruvi yanada avtoritarlashadi degan prognoz chuqur ildiz otgan pallada yuz bermoqda.

Sud jarayonining shaffof bo‘lmagani va Do‘stovning hibsda ekan sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik g‘azabini kuchaytirdi. Sud jarayonini yoritgan jurnalistlar sud majlislaridagi kechikishlar va to‘sqinliklarni qayd etdilar, bu esa adliya tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada zaiflashtirdi. Bu orada ko‘pchilik rahbarlarning jinoyatlari kechirilayotgani, lekin oddiy fuqarolarga jazo muqarrar bo‘layotganini tanqid qildi.

Albatta, Do‘stovning qamoqdan ozod etilishi jamoatchilik bosimining yutug‘i sifatida ko‘rildi, ammo bu O‘zbekistondagi adolat, shaffoflik va inson huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida tizimli o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyojni yanada yaqqol ko‘rsatdi.

Uning tarixi nafaqat energetika inqirozini, balki adolat va huquqiy tenglikka bo‘lgan umumiy talablarni ham o‘zida aks ettiradi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, hukumat G‘ayrat Do‘stov ishidan jamiyatning adolat va so‘z erkinligiga bo‘lgan talabini anglab, tizimli islohotlar o‘tkazish shartligini tushunib yetishi lozim.

Bunday voqealar muammolarni jazolash yo‘li bilan emas, ularga shaffof yechim topish orqali yechish zarurligini ko‘rsatadi. Energetika muammolarini hal qilish bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya qilish, sud-huquq tizimida adolatni ta'minlash va tanqidga nisbatan toqatli yondashuvni rivojlantirish hukumatning asosiy vazifasiga aylanishi kerak.

Eltuz O‘zbekistondagi energetika inqirozi va so‘z erkinligi bilan bog‘liq voqealarni yortishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. 

Tag‘in o‘qing
14 avgust 2020
Yana hafta aylanib siz bilan yuz ko‘rishib turibman. Mag‘rursiz, masrursiz  va orangizda sevgidan majnun, hayotga maftun kishilar bor. Faqat ...
4 aprel 2023
Yuzuk Art yozadi: Bugungi surat! Postament ta'mirlangan. Byust taqdiridan xavotir olgan va befarq bo‘lmagan barchaga rahmat! Shu kunlarda ko‘plab ...
5 sentyabr 2018
Rustam Inoyatov oilasi Rossiyaning Tula viloyatida 5,3 mlrd rubllik ($80 mln. dollar) parranda yetishtiruvchi sanoatga egalik qiladi. Ular, shuningdek, ...
23 mart 2017
Prezidentning topshirig‘iga labbay deb javob berayotgan partiyalar deputatlari shu kunlarda tumanma-tuman chopib yuribdi. Bu partiyalarning nashrlari ham mazkur safarlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...