«Duo olma – oltin ol!» RTdan va'z
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon ko‘zi qora qoshi qora yurtdoshlarim mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz betma bet suhbatga musharraf bo‘lganimdan shodman.
MS: Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oybika, xo‘shshi qizlo, birtli birtsiz doyilo yoshulli yoshi kichchila!
Ko‘p jaxongir ko‘rgan bu dunyo
Barchasiga guvoh yer osti
Lekin do‘stlar shou biznesning
Jahongiri kam bo‘lar rosti
MS: Jaxongir og‘a yurtni umum saviyasinnan o‘sib uloyib getdi. Bu noymitla chushunmidi san'at novviliqini. Yurivaradila o‘risni shangilini urib, poxtoli ishton tikib. Og‘o, ishitdingizmi Manzurani ara baripitila…
Teshik munchoq yerda qolmas. Yerda qolsa kimlar olmas.
RT: Manzuraniyam erga berdik. Borgan joyida qumga ko‘milgan toshday qotsin. Soplangan bolta kabi o‘tkir bo‘lsin.
MS: Yegani qo‘y, go‘rgani to‘y, topqoni pil, ari vungo qul bo‘lsin. Og‘o ishitdingizmi provo olish qimmotlopdi.
RT: Amerikada prava olish uchun pullik o‘qish yo‘q. Kompda imtixon topshirib, mashina haydab ko‘rsatilsa prava beradi. Prava olish uchun 40 dollar to‘lanadi. Bu 40 dollar ichiga o‘n martalab imtixon topshirish imkoni, ko‘z duxtri tekshiruvidan o‘tish, hamda plastik kart shaklidagi pravani print qilib berish xizmati kiradi. O‘zlari rasmga oladi. Bu 40 dollarni to‘lab prava olgan odam oyiga besh ming dollardan to 20 ming dollargacha ishlab topishi mumkin.
(Bu kartina «Uber drayver» deb ataladi va xozir Pittsburgdagi Bahodir Fayzi uyida saqlanadi)
MS: Mut bo‘lsa adi amdolli. Chizg‘onip ikki qo‘llab olar adik pravani. Og‘o shu amerikadagi o‘zbekla o‘yyon tarapa galasi galami?
Antiutopiya
Absattor AQShning San Fransisko shaxrida kur'erlik qiladi. Uber it aplikatsiyasi orqali restoranlardan klientlarga ovqat tashiydi.
O‘sha kuni to‘rt quti pitstsani shahar chetidagi skladga o‘xshash angarga obordi. Eshik qo‘ng‘irog‘ini bosgani hamono eshik ochildi. Eshikni ochgan ko‘zoynakli habash Abdusattor qo‘lidan ikkita pitstsa qutisini olib “orqamdan yur” dedi. Absattor qolgan ikki qutini qo‘lida tutib uzun koridordan ketayotgan habash ortidan yurdi. Ular liftga kirib pastga tushishdi. Absattor choychaqani olib cho‘ntagiga joyladi. Habash uni yana eshikkacha kuzatib qo‘yishi kerak edi. Ammo xabashning siygisi qistab, koridor chetidagi tualetga kirib ketdi. Absattorning kutishga vaqti yo‘q edi. Yana ashincha klient kutyapti. Absusattor koridordagi lift deb o‘ylagani eshik yonidagi tugmani bosdi. Eshik ochildi. Abdusattor kirdi. Ammo bu kapsula kulba liftga o‘xshamadi. Hamma yog‘ida tugmalar, knopkayu diot miodlar. Chap tarafida 189 ta davlat nomi yozilgan bo‘lib, har mamlakat to‘g‘risida raqam va tugma bor edi. Abssattor “O‘zbekiston 2030 degan” yozuvni ko‘rib negadir avtomatik tarzda knopkani bosdi.
Birdan chirag‘lar yonib o‘chib, kapsula qaltir-qultur qila boshladi. Keyin eshik ochildi. Tashqaridagi nurdan Absattorning ko‘zi qamashsa ham, ilgari bir qadam qo‘yib kapsuladan chiqdi. Birdan taqir-tuqir qilib kapsula yana yer tagiga kirib ketdi. Absattor tap taqir cho‘lda turardi. Sal narida “Qiziltepa” degan joyni ko‘rdi. Absattor qo‘rqib qaltirab ketdi. U O‘zbekistonning Navoiy viloyatiga kelib qolgandi. Mana hali amerikaga kelmasdan oldin xizbga a'zoligi uchun o‘tirgan Qizil tepa qamag‘i va uning g‘isht xumdonlari.
Absattor dod solib baqirdi. 35 ming dollar to‘lab, Meksika orqali zo‘rg‘a jamoliga yetishgan Amerikadan ketish Absattorning planida ham yo‘q edi. Kreditga olgani moshin ham qolib ketgan edi
Absattor to‘rt tarafga zir yugurib AQShga qaytib ketish yo‘lini qidirardi. Yo‘lda bir boboyni ko‘rib “Otaxon qaer bu?” deb so‘radi.
“Qiziltepa bu. Oldin bu yerga qamag‘ bor edi, ammo xozir yo‘q. Qamag‘ uchinchi renesansda qop ketkan…” dedi boboy.
Xozir nechanchi renesans deb so‘radi Absattor.
Chol qo‘lidagi ayfon 30 ni olib Absattorga ko‘rsatdi. Absattor 2030 yilgi O‘zbekistonga keb qogandi. Absattor qo‘lidagi ayfon 14 ishlamay qolgandi.
“Qanday qilib, 2025 yil yanvarida AQShda yurgan odam 2030 yilga borib qoladi”
Shu payt bitta maybax kelib to‘xtab eshikni ochdi. “Yuring obketaman Tashkanga” dedi.
Absattar moshnga o‘tirdi. Sho‘pr vozz etib moshndi 300 ga chig‘ordi.
“Moshn zo‘r ekan, lekin radarga tushmaysizmi” deb so‘radi Absattor.
“Radar taqiqlangan. Sho‘prlar qancha tez yursa yurouradi. Moshndi Germaniyadan oldirdim. Rastamojka yo‘q bo‘lib ketgan” dedi sho‘pr va bardachokdan viski olib ichdi. “Oldin ichib haydaganga jarima bor edi. Xozir atmen” dedi sho‘pr.
Toshkent markazida ikkala qo‘liga yirtiq shippak ushagan damaschi haykali turardi. Absattor shu yerda tushib qoldi. Yo‘ldagi zaprapka ustida “Metan gaz tekin, kevuring sekin” deb yozib qo‘yilgandi.
Absattor zaprapka egasidan “rostdan ham metan gaz tekinmi “deb so‘radi.
“tekin” dedi zaprapkachi va polniy bak quydirganga tekin kofeyam berilishini aytdi.
Zaprapkachiga ko‘ra, mamlakatda gazam, elektram tekin bo‘lgan. Banklar kredit berar ekanu hech qaytar demas ekan.
Mamlakatning yarmi temir daptardan, yarmi esa xotin daptardan ta'minlanar ekan.
Absattorni yoniga bir milisa keldi. Qo‘lida uzun qora tayoq.
Absattor qora tayoq deb o‘ylagan narsa bu qazi edi.
Militsioner pichog‘ini olib qazidan kesib Absattorga berdi. “Oka yevoling baquvvat yurasiz” dedi ment.
Qaziyam tekin edi.
Mamlakatda alimet bekor qilingan, xoxlagancha xotin osa bo‘lardi. Hokimiyatdagilar qo‘lida shoda shoda kalit ko‘tarib yurishibdi.
Absattor yoniga kelgan xokim yordamchisi “Aka mashi uchta kalitni oling, baraka topasiz” dedi.
Kalitning bittasi BMV X 30 degan moshnniki, bittasi esa Sitidagi uch xammom, o‘n xonali uyniki.
“Uchinchi kalit nimaniki” deb so‘radi Absattor.
“uchinchi kalit Qatortoldagi dachaniki. Ichida ikkinchi xotin vazifasini bajaradigan sohibjamol norin to‘g‘rab o‘tiribdi. Kalitlar tekin. Agar uchchala kalitniyam olsangiz, Kusherbaev kontsertiga bitta biletam beramiz” dedi hokim zami.
“Kusherbaev arts bo‘p ketdi, oldin populist edi” deb qo‘shib qo‘ydi zam.
“Oldingi prezident qani?” deb so‘radi Absattor sekin qo‘rqa pisa.
“Rassom Tuz nomidagi uchinchi son namunali qamag‘da yotibdi oldingi prezident butun qarindoshlari bilan” deb javob qildi zam.
Xozir kim prezident deb so‘radi yanayam ovozini past qigan Absattor.
“Jaxongir Otajonov xurmatli prezidentimiz!” dedi zam va yo‘l bo‘yidagi katta billbordga ishora qildi.
“Bo‘yi 7 metrlik bilbordda Jahongirning rasmi va shior bor edi. “Yo‘llar ravon, hayot farovon, turmush mohitobon!”
Absattorning AQShga qaytib ketgisi kelmay qoldi. U barcha orzu qilgan buyuk kelajak ichra edi.
MS: G‘urbatta g‘orip shodmon bo‘lmas amish. O‘zga yurtni bog‘i bilan boqchosinnon o‘z yurtimni yontoqi yoxshi. Boy o‘ldim, pl topdm dap asiravarmaslik garak. Ina qomishni qorong asirip dik o‘sadi. Oxiyri na o‘ldi. Bo‘yro atip ustinda o‘li yuvdilo. Iloyim so‘ngini vargiy. Novvi davadi Navaoiy otets…
AQShga borganda ishi yurishgan o‘zbeklar ko‘p uchradi menga. Masalan Ravshan degan yigit cho‘ntagida 20 dollar bilan AQShga kelgan va bu 20 dollarni yarmi kelgan minutning o‘zida Kennedi aeroportidayoq sarf bo‘gan. Bu yigit avvaliga rasmlarga romka yasaydigan firmada ishchi bo‘lib ishladi, keyinroq o‘zi romka qiladigan shirkat ochdi. Bu shirkatni sotib ikkita yuk moshin bilan trak shirkati ochdi.
Bugunga kelib uning 200 dan ziyod yuk mashinasini o‘z ichiga olgan va Kanadadan tortib Meksikagacha bo‘lgan hududlarda yuk tashaydigan mega shirkati bor.
Furalar uchun katta garaj va aviobaza qurgan, bundan tashqari Oxayoda amerika futboli uchun xususiy stadion qurgan.
Ravshan «Amerika orzusi» degan afsun ijobati.
Eltuz bu ishi yurishgan biznesmen haqida kino qilishni rejalagan.
Lekin AQShga kelib, ishi yurishmay o‘zini ko‘prikka osgan, jinni bo‘lib aqldan ozgan, yoki diniy radikalizmga berilib qamoqqa tushgan baxti qarolardan ham ashinchasi bor.
Qiyinchilik boshiga tushsa yengib o‘tkanlarni ham ko‘rdim.
Men gaplashgan qiz O‘zbeekistonning Qorako‘l tumanidan AQShga kelgan. Qimmat restoranda ofitsiant bo‘lib ishlagan.
Mijoz bir butilka qizil sharob buyurgan. Restoran tuzugiga ko‘ra, ofitsiant butilkani klientning yonida ochib qadahga quyib berishi kerak.
Qizgina butilkadan po‘kak qopqoqni sug‘urayotganida bilmay shishaning og‘zini salgina sindirib qo‘ygan.
Klient sharobdan voz kechgan. Restoran boshlig‘i esa bir shisha sharobni ofitsiant oyligidan tutib qoladigan bo‘ldi.
Bu sharobning xos produkt ekani, Toskaniyaning tog‘i tepasidagi gilamday joyda to‘rtta tok hosilidan olingani va faqat yiliga 20 shisha chiqishini hisobga olsak, ofitsiant qizga havas qila olmaysiz.
Bir shisha qizil sharob narxi besh ming dollar edi. Bu qiz bu summani bo‘lib-bo‘lib o‘n oyda to‘ladi.
Amerika ko‘z yoshlarga ishonmaydi.
Aziz o‘quvchim. Sizga nima qiziq? Amerikada boyib-bitib pul xididan yota olmayotganlarni yoki amerikaga kelibam dardisar bo‘lib biri ikki bo‘lmayotgan baxti qarolar hikoyasimi?
MS: Aprisla yo‘qmi Amerikada?
Amerikadagi o‘zbek firibgarlar haqida gapirib bersam.
Afusuki amerikada «o‘zbek» va «aprs» tushunchasi bitta bo‘lib ketgan. O‘zbek desang darrov qochishadi. Floridada bitta o‘zbek rassom «atay o‘zbek yo‘q yerni qidirib topib yashab yuribman. Ularning aprsligidan charchadim» dedi.
Amerikaga kelgan o‘zbek prava olishi kerak. Drayver laysenz. Sho‘prlik guvohnomasi.
AQShda jamoat transporti yaxshi bo‘lmagani uchun deyarli hamma moshnda yuradi. Shu bois AQSh dunyoda prava olish eng oson bo‘lgan davlat.
O‘qish shart emas. Yo‘l harakatidan kompyuterda imtixon topshirasiz. Shundan o‘tsangiz mashinani haydab ko‘rsatsangiz shu yerning o‘zida 30 minutda pravangizni print qilib qo‘lingizga beradi.
Prava ikki xil bo‘ladi. Oddiy va komertsial. Komertsial prava katta yuk mashina trak haydash uchun kerak.
Yuk mashinasi uchun komertsial prava olishda yo‘l harakati bo‘yicha savollar soni ko‘proq bo‘ladi.
Bu savol javobda o‘zbeklarning ko‘pi qulaydi. (Ko‘p o‘zbeklar hech bir tilda o‘qish va yozishni bilmasligini ham hisobga oling. Ular O‘zbekiston degan maktab o‘ldirilgan yurtdan kelgan)
Xullas 150 dollarni Absamat tog‘a deganga berasiz. U sizga bitta quloqchin beradi. Mayda naushnik. Quloqni ichiga tiqib qo‘yiladi. Kompyuterdagi savol ovoz tarzida ham yangraydi. Imtixon bo‘ladigan joydan uzoqda o‘tirgan odam sizga quloqchin orqali «uchdi bos» deydi. Siz uchni bosasiz. Keyin «ikkini bos» deydi. Ashnaqa qilib savollarga javob berasiz. Keyin imtixon ofitseri kelib sizni tabriklab «bittada o‘tdingiz. Qoyil ta'lim bergan ota enangizga» deydi.
Bu ofitser sizni aprslar avlodi ekanligingizni qag‘danam bilsin.
AQSh yo‘llarida tirbandlik bo‘lmasligi uchun moshinada ikki va undan ko‘p odam o‘tirganlarga imtiyozli yo‘l bor. Bu yo‘ldan yurish uchun sho‘prdi yonida kamida yana bir odam bo‘lishi kerak.
Buni yo‘ldagi to‘rtko‘zli robot nazorat qiladi.
O‘zbeklar yoniga bitta o‘yinchoq ayiqni o‘tqazib qo‘yib ashi yo‘ldan yurouradi.
Robotni ko‘zi to‘rt bo‘g‘ani bilan ayiq bilan odamdi parqiga borourmaydi. Rulda o‘zbek o‘tirganini esa umuman bilmaydi. Bilganida batareyasi kuyib qolardi.
MS: Lekin shu amerikaga borg‘on o‘zbekni tutqoni oltin karvuch bo‘ldiyov. Ëmon boyib getti xoroplo…
RT: Turklar g‘isht shaklida quyilib ustiga kleymo urilgan oltinni kulcha oltin deydi. Kulcha oltin so‘zining tarixi o‘n beshinchi asrdagi Samarqandga borib taqaladi. Amir Temur bosib olgan yerlaridagi oltinlarni Samarqandga tashmalagan. Oltinlarning ko‘pi har xil mayda xonu amirlar ismi sikka urilgan tangalar shaklida bo‘lgan. Amir Temir bularning hammasini eritib odam ko‘tara oladigan predmet xoliga keltiring. Bu mayda xonlarnigsh ismi yo‘q bo‘lib ketsin deb buyuradi.
Mulozimlar Amir Temurga mo‘ltirab qaraydi. «Qanday shaklga keltiraylik. To‘rt burchakmi, soqqa zo‘ldirmi yoki g‘oz yumurtosi shaklidami»
Amir Temur dasturxondagi kulcha nondi olib «kulchaday bo‘lsin» deydi.
O‘sha paytdagi samarqand noni to‘nkarilgan kosa shaklida bo‘lgan. Ko‘p xolda tandirda emas, kosa shaklidagi temir qolip ichida ochiq olovda pishirilgan. Safardagi askarlar ham nonni o‘zlari temir kosa shaklidagi qolip ichida pishirib yegan.
Shundan keyin, butun oltinlar eritilib to‘nkarilgan kosa shaklidagi forma ichiga quyilib ustiga Amir Temur muxri urildi.
Bu kulcha oltin nomini oldi.
Amir Temur o‘lgani ortidan uning nevarasi Ulug‘bek yurt so‘radi, bobosidan farqli o‘laroq qon to‘kib, o‘zgalar yurtini g‘orat qilish o‘rniga, aniq ilm fan, astronomiya bilan shug‘ullandi.
Mamlakatdagi diniy zombilarga bu yoqmadi. Ulug‘bekni so‘yib ketishdi. U qurgan rasadxonani mullalar buzdirib tashadi.
Aniq ilmga fokuslangan olimlar Samarqanddan qochdi. Shulardan biri Ali qushchi edi. U Rum eli (xozirgi Turkiya)ga bordi. Usmonli hukmdorlari Ali Qushchining ilmiy faoliyatiga sharoit qilib berishdi.
Ali Qushchi Samarqanddan qochayotganida hali Ulug‘bek tirik edi. Zaril bo‘ladi deya Ali Qushchiga biror o‘nta kulcha oltin sovg‘a qilgandi.
Turkiyadagi quyumchi (oltin bezak yassovchilar) bu nima deb so‘raganda Ali Qushchi «kulcha oltin» deb javob berdi. Mana shundan beri turklar quyma oltin g‘ishtni kulcha oltin deb ataydi.
O‘zbekiston ham nihoyat oltinni kichikroq g‘isht shaklida quyib, el yurtga sotishni yo‘lga qo‘yibdi. Olqishlasa arziydigan ish.
Birinchi marta muomalaga chiqarilgan 100 gr oltin quymaning narxi 116 million 603 ming so‘m qilib belgilandi.
Duo olma oltin ol!!!
MS: Oltinnon qimmot narsa salomatlik.
Turkiyada to‘rt oyoq uch qo‘lli bola tug‘ildi. Turkiya farovonlik partiyasi raisi Fotih Erboqan parlamentda chiqish qilib quyruqli va jun bosgan bolalar tug‘ilishi Turkiyada ko‘payib ketganligini aytdi.
Olimlar yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermaslik keraklgini uqtirib keladi.
MS: Ibi boxtim sho‘r. Shyonnan gamasin biza yoqa biniyn gaplar. Og‘o uring potyani!
RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!