Asosiy mavzular
28 yanvar 2025

15 gektar qulupnazor buzib tashlanmoqda!

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qo‘chqorovning buyrug‘i bilan tumanning Qodirobod hududining qirliklariga ekilgan 15 gektar qulupnayzor buzib tashlanish arafasida.

Bu yerlarga egalik qiladigan fermer Ilhomjon Mirzaolimovning aytishicha, 2024 yilning boshida sobiq tuman hokimi, (hozirda Mingbuloq tumani hokimi) Ahror Mansurov fermerga eksportbop mahsulot yetishtirish topshirig‘ini bergan. Fermer suv chiqmaydigan, ball boniteti 40 dan kam bo‘lgan yerlari borligini, agar o‘sha yerda qulupnay yetishtirsa, uni ichki bozordan tashqari chetga eksport qilish mumkinligini, qulupnayni murabbo qilib qayta ishlasa ham tumanning eksport salohiyati oshishi mumkinligini aytadi. Hokim qodirobodliklarning qulupnay yetishtirishdagi tajribasi yuqoriligi uchun fermerga ishchilar bilan shartnoma tuzib, qulupnay yetishtirishni ma'qullaydi.

Hokim topshirig‘idan so‘ng, fermer va qishloq odamlari maslahatlashib, og‘zaki kelishuv asosida biri 1 gektar, biri 30 sotix, yana biri 50 sotixdan bo‘lib olib, qulupnay yetishtirishga kirishadi. 2024 yilning iyun oyida hokimning topshirig‘i bilan fermer va dehqonlar Zangiota tumanidan eng sara, eksportbop qulupnay olib kelib ekishadi. Yozi bo‘yi qulupnayni parvarish qilishadi, oila a'zolari bilan birgalikda tagini chopib, o‘g‘it solib, suv qo‘yib mehnat qilishadi.

Dekabr oyida esa ba'zi dehqonlar bozorga ertaroq qulupnay olib chiqish uchun ekinni plyonkalab qo‘yishadi.

Nimadir bo‘ladiyu tumanning yangi hokimi to‘nini teskari kiyib oladi.

“Muhammadzohid Munira” fermer xo‘jaligi rahbariga 15 gektar qulupnayzorni buzib, yerni tekislash haqida buyruq beradi.

Bu yerda 30 kishining qulupnayi bor. Ular mol holini sotib, qarz havola qilib, mening va eski hokimning lafvziga ishonib qulupnay ekkan. Butun yoz bo‘yi oilasi bilan shu yerda ishlab, qulupnay pishig‘ida qo‘lim pul ko‘rarmikan, degan niyatda mehnat qilayotgan edi. Shu yer 30 kishini bandligini ta'minlagandi. Otalar Rossiya, qo‘shni davlatlarga ish izlab ketmay, oilasi bag‘rida dehqonchilik qilayotgan edi, – deydi fermer.

Fermerning aytishicha, qulupnaylar ertapishar nav. Agar hokim aprelgacha sabr qilsa, mart oxiri, aprel boshida qulupnaylar pishadi, uni ekkanlar ham sotib, sarflagan pulini chiqarib oladi. Oilasiga besh – olti so‘m olib kiradi.

Bitta fermerga achchiq qilib hokim bobo 30 oilani bor umidini so‘ndiryapti, – deydi dehqonlardan biri.

O‘tgan yilning may oylarida eski hokim tuman qishloq xo‘jaligi va kadastr bo‘limiga fermerning 15 gektar yeri qulupnay uchun ajratib berilganligi to‘g‘risida hujjatlar tayyorlash haqida og‘zaki topshiriq bergan. Ammo mas'ullar fermer va dehqonlarga “hokim aytdiku, qilaveringlar ishni, hujjatlarni to‘g‘rilab beramiz” degan, deb arizasini davom ettiradi fermer Ilhomjon Mirzaolimov.

Bizni bir narsa o‘ylantiryapti. To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov osmondan tushmaganmi?

15 gektar yerdagi qulupnay sotilsa 30 oila kambag‘allikdan chiqib, To‘raqo‘rg‘on tumani eksport salohiyatini oshirishiga katta hissa qo‘shishini nahotki bilmayotgan bo‘lsa.

Mayli yerning hujjatlarini qilish kechikkandir. Ammo insoniylik nuqtai nazaridan qulupnay daromadiga ko‘z tikib turgan dehqonlarga aprelgacha imkon berishning nahotki iloji bo‘lmasa???

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2020
Andijon viloyatining Andijon tumanida uchastka nozirlari va mahalla faollari yangi tuzilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobiga aholidan uyma-uy yurib ...
14 fevral 2019
12 fevral kuni tarmoqda Sankt-Peterburgda qor kurayotgan o‘zbeklar videosi tarqaldi. «Pul topish juda oson. Qorlarning tagidan pul chiqadi. Necha ...
19 oktyabr 2022
«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan. Lolazor MFYda yashovchi aholi ...
3 may 2019
O‘zbekistonda Moskva rasmiy nuqtai nazarini targ‘ib qiluvchi Vesti.uz sayti  30 aprel kuni 18 nafar madaniyat arbobi imzosi ostidagi rus ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...