Asosiy mavzular
28 mart 2024

Xurosondan Mavorunnahrga balo kelmasin

Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu «Kelayotgan mehmonga halaqit bermaslik» deb ataladi.

Salom qadrli muhlislar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini Krokusdagi terakt tahlili bilan davom ettiradi.

Rossiyadagi portillashning Ishid Xuroson tashkilotiga borib taqalishida Rossiya maxsus kuchlari aynan mehmonga halaqit bermaslik pozitsiyasini tanlashgan.  Toshkentdagi 1999 yil fevralidagi po‘rtillashlar ha shu tryukning klassik namunasi edi.

Tohir Yo‘ldosh buni qilmoqchi bo‘lgani haqida keyin qamoqda o‘lgan uning voizi Zayniddin Asqarov aytgani kabi «Toshkent v kurse» bo‘lgan va «yo‘l qo‘yib berilgan». Po‘rtillashni Tohir qildi, lekin benefitsiar Karimov rejimi bo‘ldi.

IShID Xuroson gruppirovkasi Tolibon bilan apoq chapoq bo‘lgan Rossiya va Kreml tashqi siyosatining ko‘zgudagi aksi O‘zbekistonni yoqtirmaydi. IShID Xuroson o‘zini Tolibonga muxolif deb biladi. IShID Xurosonning maqsadi mana 8 yildan beri O‘zbekistondagi rijollar bemalol aytib yurgan «Dunyoviy davlat tizimini ontarib, o‘rniga shariat o‘rnatish».

Hozir o‘zbek rijollari Misr, Turkiya va Qatarda «o‘zbek segmenti miyasini yuvib shariatga moyil qilish» bilan shug‘ullanmoqda.  O‘zbekiston davlat idoralari o‘rta bo‘g‘in (ayniqsa IIV tizimida) shariat davlatiga moyilligini yashirayotgan minglab xodimlar mavjud.

Gumanitar Oliy Ta'lim Maskanlari, ayniqsa, filologiya «shariat davlatiga qanday o‘tish bo‘yicha instruktsiya beradigan» miya yuvish markazlariga aylantirgan.

O‘zbekiston hukumati «otam derman» deb, Putin oyog‘i tagiga o‘zini bir necha marta tashab, yo‘q obro‘sini yana to‘kish o‘rniga saboq chiqarishi lozim.  “Krokus” terror hujumi dars bo‘lib, manavi shariatga mukkasidan ketgan mulozimlarning yog‘ bosgan ko‘zini ochishi kerak.

O‘zbekiston Yaqin sharqdagi har kuni terrorist smertnik va shaxidkalar o‘zlarini po‘rtillatadigan too dangerous zonaga aylanmasligini hammamiz chin dildan istashimiz kerak.

Bunday too dangerous zonadan investitsiya ham, turist ham, baraka ham qochadi. Oddiy odamlar esa shundog‘am qochmoqda. O‘zbekiston dunyoviy demokratik davlatdir. Din davlatdan va ta'lim tizimidan mutlaqo ajratib tashlanishi kerak. Toki dars berayotgan zombi mudarris o‘zining ko‘r muridiga X minutda senatni po‘rtillat demasin.

Mandan oytsh. O‘ylash sizdan. Eltuz radikal diniy ekstremistik kuchlar va ularning hukumatdagi gumashtalari faoliyatiga oid tahlilini davom ettiradi. Kanalimizga obuna bo‘ling, layk bosing, raxmat tugmachasini bosib qo‘llab quvvatlang.

Tag‘in o‘qing
30 sentyabr 2024
Shu yilning 31 avgustida Peshku tumani Chakalon qishlog‘i Hurram mahallasida fuqaro Sherali Jo‘raevni 15 kishi urib o‘ldirdi. Voqea to‘yxonada ...
16 aprel 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobining, 2-qismi audioversiyasini taqdim etadi. Kitobning bu qismida muallif Koson ...
5 mart 2018
O‘zbekistonda “Damas” va “Spark” rusumli avtomobillarga ehtiyoj juda katta. Ammo mamlakat avtosalonlaridan ularni topish ancha mushkul. Shuning uchun hozir ...
4 mart 2019
22 fevral kuni telegra.ph internet sahifasida rus tilida «Teni kuklovodov» («Qo‘g‘irchoqbozlar soyasi») sarlavhasi ostidagi maqola paydo bo‘ldi. Bunda O‘zbekistondagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...