A'zam Farmonovning onasi vafot etdi
O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi bo‘lgan, Jasliq lagerida 10 yildan beri jazo muddatini o‘tayotgan A'zam Farmonovning onasi Ra'no Farmonovaning dafn marosimi 1 iyunga belgilandi.
Shu munosabat bilan «Ezgulik» jamiyati tarqatgan matbuot bildirishiga ko‘ra, tashkilot O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi ma'muriyatiga murojaat qilib, jazo muddatini o‘tayotgan A'zam Farmonovga onasining ma'rakalarida ishtirok etish imkonini berishini so‘ragan.
Huquq himoyachisi A'zam Farmonov 2006 yilning 29 aprelida hibsga olingan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Yangier tumani sudining 16 iyunda chiqargan hukmi bilan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
O‘zbek sudi uni 300 dollar miqdorida tovlamachilikda ayblagan, bu ayblov ortidan A'zam Farmonov o‘n yildan ortiq panjara ortida qolmoqda.
Jazo muddatini to‘liq o‘tagan Farmonovga 2015 yilning 1 mayida Qo‘ng‘irot tumani sudi yana 5 yilu 26 kun muddat qo‘shib berilgan edi.
Eltuz.com nashri ushbu musibatli kunlarda A'zam Farmonovga va uning yaqinlariga chuqur ta'ziya bildiradi.
Eltuz.com