15 iyun – O‘zbekiston o‘z eshiklarini yopmoqda
15 iyundan 25 iyungacha, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan O‘zbekistonga odamlar, yuklar va transport vositalarining o‘tishi to‘xtatiladi.
O‘sh viloyatining Barak eksklavi Qorasuv tumani fuqarolarigina bu cheklovdan istisno qilingan.
Bu haqda xabar bergan mamlakat chegara xizmatlarining matbuot bo‘limlari yangi cheklovlar sababini ochiqlamagan.
Biroq O‘zbekiston chegaralarining piyodalar va mashinalar uchun yopilishini 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan ShHT sammitiga aloqador deya hisoblash mumkin.
Bundan ilgari 16 iyundan boshlab O‘zbekiston poytaxti Toshkentga avtomobil transportlarining kirishi cheklanishi haqida xabar berilgan, biroq mamlakatning davlat chegaralaridan o‘tishning taqiqlanishi haqida gap bo‘lmagandi.
Eltuz.com