Asosiy mavzular
25 iyul 2016

Alvido, videomagnitofon

Shu tariqa yigirmanchi asrda boshlanib yigirma birinchi asrda ham 15 yil yashagan video-vasvasaga nuqta qo‘yiladigan bo‘ldi.
Yaponiyaning Sony shirkati videomagnitofonlarni ishlab chiqarishdan 2002 yilda, JVC esa 2008 yilda voz kechgandi.
Funai hali ham videomagnitofonlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi so‘nggi shirkat.

Pirovardida bu shirkat vakillari ham videomagnitofonlarga qiziqishi batamom yo‘qolganini ta'kidlab dunyodagi oxirgi videomagnitofon ishlab chiqarib bu sanoatga nuqta qo‘yilishini bildirishdi.

Videomagnitofon tarix sahifalaridan o‘rin olar ekan bu uskuna bilan bog‘liq muhtasham xotiralar esdan chiqmaydi.
Eltuz.com muxbirlari va muxlislari VHS formatidagi videomagnitofon bilan bog‘liq xotiralarini sizga taqdim qilishadi.

rasm1687Ikki «Jiguli» avtomobili narhida

Birinchi marta videomagnitofonni 1983 yili Moskvada Tamaraxonimni qizi rassom Vantsettaxanumni uyida ko‘rgandim. Moskva zooparki yonidagi Visotskiy istiqomat qilgan bu uyda ko‘rganim videokasseta va videomagnitofon menga mo‘jiza kabi tuyulgan edi. VHC formatidagi videokamerani ham o‘sha yili Moskavadagi komission magazinda ko‘ruvdim. Narxi 14 ming so‘m edi. (Ikkita jiguli avtomobilini narhi) Videomagnitofon haqidagi shov shuvlarni 1981 yili Toshkentda o‘qiganimda eshitgandim. Xonadonlarda odam boshiga 10 so‘m to‘lab porno kino namoyish qilinardi. Militsiya oblava qilib videomagnitofonchilar haqida Mushtumda feletonlar chop qilinardi.

Abdujamil Do‘stmuhammad, Eltuz.com muxbiri

Farovonlik ramzi edi

Biznikida ilk bor videomagnitofon adashmasam, «Elektronika» 1983 yoki 84 chi yili paydo bo‘lgan edi. Otam rahmatli Moskvadan ikkita kassetasi bilan olib kelgan edi. O‘sha ikkita kassetani kamida yuz marta ko‘rgan bo‘lsam kerak.)))) Uni ko‘rgani qo‘ni qo‘shnilar, do‘stlarimiz kirar edi. O‘sha paytda video kasseta juda defitsit edi. Ammo videomagnitofonning o‘zi ham defitsit edi. 1986-88 yilari RAYPO larda bitta ikkita paydo bo‘lib, uniyam faqat «RAYPO»ga go‘sht, asal topshirgan dehqon va chorvadorlarga topshirgan maxsuloti haqida olib kelgan spravkasini ko‘rsatgach sotilar edi. Yana Obkom, Gorkom, Raykom boshliqlari va xizmatchilari olar edi. Chel el videomagnitofonini fakat tushda kurish mumkin edi. )))))

Izzatilla Rahmatillaev, o‘shlik o‘zbek faoli

rasm1688Mustaqil videojurnalistikaning paydo bo‘lishi

1986 yilning mash'um dekabrida, Olmaota voqealari chog‘i yotoqxonamizga bir kasseta olib kelishdi. Bunda 50 ming nafar sovet desantining sapyor belkuraklari yordamida, qonli tarzda bostirilgan talabalarning norozilik chiqishi aks etgandi.
Bu tasvirlar hozirda bor-yo‘qligini bilmayman, ammo bu tasvirlar mening bizga o‘sha paytgacha o‘rgatib kelingan sovet jurnalistikasiga bo‘lgan munosabatimni mutlaq o‘zgartirdi.
Shu asosda yozgan mening «Harakatchan daraxtlar» nomli maqolam uchun meni komsomoldan haydashdi. So‘z erkinligi va millat mustaqilligi kun tartibiga chiqdi. Keyinchalik aka ukalarimiz bilan Xorazmda tashkil etganimiz «Ey El Si» kanali ko‘rsatuvlarida ham VHC kassetalari ishlatilgan. 90 yillar oxiriga borib ancha arzonlab qolgandi videokasseta.

Qudrat Bobojon, eltuz.com muharriri

Kinoplenkalardan kechish davri

Birinchi marta, adashmasam 1989 yilda biz ham “Panasonik” videomagnitafoniga erishdik. Shu vaqtlarda turmush o‘rtog‘im videoprokat bilan shug‘ullanishni boshlagan edi. Ko‘pchilik o‘ylaganidek, bu biz uchun hasham emasdi, balki ish yuritish uchun kerakli buyum edi xolos. Ungacha turmush o‘rtog‘im do‘sti bilan reklamalar suratga olish uchun studiya ochish niyatida Ukrainaga borib, kinoplyonka olib kelgandi. Kinoplyona olib kelindi ammo ish yurishmadi. Bir kuni plyonkaga pul bergan kishi uyimizga keldi. U yerto‘ladagi 16 millimetrli kinoplyonkalar bilan to‘la qutilarni ko‘rib “Endi ularni nima qilamiz” deb so‘radi. Qolgani juda dramatik tarzda kechdi. U bizning bo‘m-bo‘sh xonamizda videomagnitafonni ko‘rib qoldi. Nima bo‘ldi?! “A, mening pullarimni mana nimaga ishlatibsizlar?” dedi u jahl bilan. “Ota-onamiz yordam berdi” degan gaplarni eshitishni xohlamadi. “Gap shu, tezda kinoplyonkalarni sotib, mening pulimni qaytaringlar” deya eshikni qattiq yopib chiqib ketdi. Bizni kinosevuvchilar jamiyati bu muammodan qutqardi. Mana shunaqa gaplar, hatto ba'zi odamlar o‘z kvartirasini videomagnitafon uchun sotgan ham.

Umida Ahmedova, fotograf dokumentalist, Toshkent

Tag‘in o‘qing
6 mart 2020
O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi (MMA) Andijon viloyati bo‘limining navbatdagi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.  Konferentsiyada assotsiatsiyaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari ...
4 iyul 2019
Shifokorlar dalalarda ishlashga majbur etilarkan, shifoxonalarda bemorlar hayoti uchun tahlikali vaziyat yuzaga keladi. 2018 yilning 28 iyun kuni Bryussel ...
15 may 2019
Bir paytlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga o‘qishga kirayotganimda, hozirgi paytda Feysbukda ham ancha tanilib qolgan amaldorlardan ...
10 yanvar 2023
Rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, yetti yarim yilga yilga qamalgan Jizzax zamhokimi va sheriklari muddatidan oldin shartli ozod qilingan. (Agar ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...