O‘lim o‘lponi – tadbirkorlarga osh tarqatish buyurildi
Dunyodan o‘tgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov xotirasiga butun mamlakat bo‘ylab osh tarqatish buyurilgan.
Imomlar va mahalla faollari boshchiligidagi osh harajatlari kichik va o‘rta tadbirkorlar zimmasiga yuklangan.
Eltuz.comga bu haqda ma'lumot yetkazgan, o‘z ismini aytishni istamagan, qashqadaryolik tadbirkor, odamlarga tirikligida hayri tegmagan prezidentning o‘ligi ham og‘ir tushayotganini aytadi.
«Ertalabdan ishdan kuchdan qolib osh qilish harakatidamiz. Yuqorining buyrug‘i shu bo‘ldi».
Fuqarolarga sochilgan o‘lim o‘lponi, indinga hammani paxtaga safarbar etish bilan davom etishini aytadi u nadomat bilan.
Aksariyat mahallalarda osh harajatini ko‘tarish mahalliy restoran va to‘y egalariga buyurilgan.
Osh belgilangan vaqt idish tavoq ko‘targan tumonot odam navbatga turishi, ba'zan esa yetmay qolishidan shikoyatlar ko‘zga tashlanadi.
Eltuz.com