Asosiy mavzular
24 may 2023

Rossiyaga sodiqlik, provakator hujumi, umra va qimor – 600’46

Kuni kecha Andijonda o‘zlarini «To‘maris izdoshlari» deb atagan guruh parkda o‘z partiyasi uchun imzo yig‘ayotgan Xidirnazar Olloqulovga tashlandi va uni kaltakladi. Bunday xujumchilarni ilgari Toshkent va Urganchda ham ko‘rganmiz. 

 2019 yil yozida esa artistlar haqida yozadigan sariq matbuot «Sayyod» shotiri Sardor Komilov hujumchi provakator o‘laroq mehmonxonaga bostirib kirgan? Xyuman Rayts Uotch vakili Stiv Sverdlov yashaydigan joyga bostirib kirib xalqaro tashkilot vakilini haqorat qilgan edi.

+++

Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat filiali rahbari Aybek Ro‘ziev va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi vrachi Narzillaev Mahmud G‘ijduvoniy ko‘chasida yashaydigan Qilichevadan hamshiralikka ishga qabul qilish uchun 300 dollar olayotgan paytda ushlandi. Poraxo‘rlar qamoqda. 

+++

Toshkentda 200 kishining 15 milliard so‘mini  o‘margan din tujjori 9 yilga qamaldi 

Toshkent shahar sudining ma'lum qilishicha,  sudlanuvchi jinoiy sheriklari bilan 200 dan ziyod kishini «diniy rivoyat bilan aldab», ishonchiga kirib, avtomashina va turar joylar olib beramiz deb, o‘zlari tuzgan MChJ hisob raqamiga katta miqdordagi pullarni tushirib olgan va o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatib yuborgan.  

Jabrlanuvchilarning bildirishicha, bu hojakaning firmasi “penya” yo‘qligi, foiz stavkalari deyarli mavjud emasligi to‘g‘risidagi haqiqatga zid bo‘lgan ma'lumotlarni tarqatib, aholining diniy e'tiqodidan foydalanib, ularni aldagan. Ribo yo‘qligini aytib, islomiy tarafdan ishonchiga kirib olgan.

Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi jinoiy sherigi bilan oldindan til biriktirib, 2022 yilning 10 yanvar kuni Chilonzor tumanida MChJ tashkil etgan. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, ushbu jamiyatni  pulga o‘ch taniqli blogerlar yordamida reklama qilib, ijtimoiy tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firma sifatida ko‘rsatishga erishgan.

Keltirilishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar miqdori 15 milliard so‘mni tashkil etadi. Jinoiy guruhning bir nafari jazo tayinlash uchun sudga olib kelingan. Uning jinoiy sheriklaridan biri qidiruvga berilib, qolganlariga nisbatan ish alohida yuritish uchun ajratilgan.

Sudlanuvchi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Aprslar qamoqda…

+++

22-may kuni “Putinning g‘amgin  qirchang‘isi” nomini olgan Lavrov Moskvada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokara o‘tkazdi. 

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, “ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sanksiya cheklovlariga qaramay, barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanmoqda”. 

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlik kasofati bois g‘arb sanktsiyalari ostida qolishi kutilayogan Markaziy Osiyo davlatlaridan biridir. 

Ënginagizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan habar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuz kanaliga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2021
Turkmanistonda 14 yoshli dzyudochi Sulaymon Tursunboev jangda prezidentning qarindoshiga «yutqazib berish»dan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Fojea fevral oyining boshlarida ...
12 fevral 2019
Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan Lolazor mahallasidagi tarixiy binolarning yiqilishi va ular o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurilishi haqida uy egalariga ...
6 aprel 2020
Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida “Otarchilar, yo‘taling”, “Ozodbek, day million” degan chellenjlarga javoban “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati bildirgi chiqardi. ...
10 oktyabr 2016
Bosh vazir va vaqtinchalik prezident Shavkat Mirziyoevning kelishi oldidan uning yo‘llariga yangi asfalt solinib, gullar o‘tqazilishidan tashqari bozordagi narxlar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...