Asosiy mavzular
20 oktyabr 2016

“Adolat himoyachisi”ga minnatdorlik xatlari ko‘paymoqda

Oldin ham yozgandik, Bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat qilayotganlar o‘z muammolariga tez yechim topayotganidan minnatdor bo‘layotgani haqida so‘nggi vaqtlarda ko‘p gapirilyapti.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari bu haqda to‘lib-toshib yozyapti. Ana shunday minnatdorlik maktublari haqida O‘zA tayyorlagan material “O‘zbekiston ovozi” gazetasida (18.10) ham e'lon qilindi.

“Birinchi prezidentimiz boshlagan buyuk islohotlar g‘ayrat va shijoat bilan izchil davom ettirilmoqda” degan dabdabali sarlavha ostida bosilgan maqola boshdan oxir bosh vazirning “adolati”ga hamdu sanolarga to‘la.

“O‘zbekiston bosh vazirining vitrual qabulxonasiga muammolari tezda hal qilinayotgani uchun yurtdoshlarimiz minnatdorlik xatlari jo‘natmoqda”, deb boshlanadi maqola.

“Qishloqda yashayotgan bizdek oddiy fuqarolarning dardiga quloq tutib, masalalarimizni hal etib berayotganingiz misolida sizning birinchi prezidentimiz g‘oyalariga naqadar sodiq ekaningizga amin bo‘ldik”, deydi qishlog‘idagi mobil aloqa sifatidan shikoyat qilgan bir fuqaro bosh vazirga minnatdorlik maktubida.

Bundan tashqari, maqolada arizachilar bu masalalar “bosh vazir darajasida ko‘rilayotganini chuqur anglab yetish”ga chaqiriladi va ayrim murojaatlarda noto‘g‘ri ma'lumotlar ham uchrayotgani aytib o‘tiladi.

Maqolada ana shunday arizachilarning bosh vazirga uzrxonlik tilab yo‘llagan maktublaridan misollar ham keltirilgan.

Masalan, bir fuqaro o‘zi Toshkentda yashashi tufayli qishlog‘ida gaz ta'minoti yomonligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma'lumotga asoslanib bosh vazirga noo‘rin murojaat qilganidan uzr so‘ragan.

Maqolaning e'tiborni tortadigan jihati uning Xalq demokratik partiyasi nashri bo‘lmish gazetada e'lon qilinganidir.

Bilasiz, bosh vazir O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatilgan. “O‘zbekiston ovozi” esa XDPning o‘z nomzodi qolib, boshqa partiya vakili ko‘klarga ko‘tarilgan maqolani chop etishi sal g‘alatiroq tuyulmayaptimi?!

Qolaversa, bu gazeta XDPdan prezidentlikka nomzodning “olamshumul ishlari” to‘g‘risida hali bir og‘iz ham gapirgani yo‘q. Hatto undagi partiya qurultoyiga bag‘ishlangan maqolalarda ham nomzodning ismi ba'zi joylarda eslatib o‘tilgan, xolos.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 iyul 2019
Gulchehra Nurillaeva 1938 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 15 dan ...
20 dekabr 2020
Biz ayollarda o‘z «men»ini erkak fikri, mavqei bilan tasdiqlatib olish instinkti bor ekan, buni hozir o‘ylab qoldim. Aslida bu ...
5 iyun 2020
Oh yoz, qanday soz! Mana, o‘lmagan qul siz bilan yana bir yozning boshida gaplashib turibmiz. Ëzni yaxshi ko‘raman. Shu ...
19 aprel 2019
Raccom TuzEltuz.com
Bloglar
27 yanvar 2021
Darvozani tambalamagan ekanman. Chiroq yo‘q edi. O‘rnimda cho‘zilib, ko‘zimni yumib yotgandim. To‘satdan hovlimdan ayollarning bir-biri ...
27 yanvar 2021
“Eltuz” qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi filmda buldozer daraxtzorni surib tashlaydi va ...
18 yanvar 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq ...