IShID Markaziy Osiyodan tayanch qidirmoqda
Britaniyaning Times gazetasi, Istambuldagi qonli voqealarni tahlil qilarkan, jihodchilar safidagi markaziy osiyoliklarga e'tibor qaratdi.
Turk nashrlari, jumladan hujumchining Markaziy Osiyo respublikalaridan biri yoki Xitoyning Shinjon viloyatidan chiqqan uyg‘ur ekanini iddao qilmoqda.
Umumiy hisobda „Islomiy davlat“ terroristik tashkiloti safiga 2 mingdan 4 mingacha Markaziy Osiyodan kelganlar qo‘shilgan. Ular orasida qozoqlar, qirg‘izlar, o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar va uyg‘urlar bor.
London Qirollik kolleji xodimi Charli Uinterga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi ID ichidagi elita kuchlari obro‘siga ega, ularning ko‘pchiligidan xudkush-bombachilar sifatida foydalanishadi.
SSSR parchalanganidan keyin Markaziy Osiyo respublikalariga, etnik to‘qnashuvlardan tortib, Qirg‘izistonda ikkinchi Shveytsariyaning paydo bo‘lishi kabi, turli istiqbollar nasib etdi.
Biroq avtoritar rahbarlar iqtidori va Rossiyaning o‘z ta'sirini kuchaytirishga bo‘lgan urinishlari oqibatida, mamlakat mintaqalarining ko‘plab aholisi uchinchi yo‘lni – islomizmga ergashishni ma'qul ko‘rdi. Afg‘onistonga yaqinlik bu yerda qo‘l keldi.
«Markaziy Osiyo ID uchun strategik yo‘nalishga aylandi, bu yerdan u o‘zining yangi rekrutlarini topishga intilmoqda», deya yozadi Britaniyaning Times gazetasi Gulf State Analytics tadqiqot tashkiloti katta maslahatchisi Teodor Krasikning fikridan iqtibos keltirib.
Eltuz.com